Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xalq so’zi gazetasi №267 18. 12. 2020
2.
F. Muxiddinova TDYU Professori
3.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 3-moddasi
4.
“Ayollar huquqlarini isbotlash kitobi” Mari Vullstonekraft
5.
Haydarali Muhammedov “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” T,.
“Adolat” 1999
6.
Farobiy “Fozil odamlar shahri”
7.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1-moddasi
470
ФИО автора:
Alimov Quwanishbay
Nukus Davlat pedagogika instituti
Название
публикации:
«MARKAZIY
OSIYO
XALQINING
MA’NAVIYATINING TARIXIY MANBALARI VA UNING MILLIY
G’OYADAGI O’RNI»
Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy g’oyaning markaziy Osiyo xalqining
tarixiy manbalrdagi o’rni borasidagi fikr mulohazalar keltirib o’tilgan.
Kalit so’z: Milliy ma’naviyat,
manbalar,
ma'naviy qadriyatlar, milliy istiqlol
g’oyasi,
davr
,
xalq, millat, jamiyat
HISTORICAL SOURCES OF THE SPIRITUALITY OF THE
CENTRAL ASIAN PEOPLE AND ITS PLACE IN THE NATIONAL IDEA
Alimov Quwanishbay
Nukus State Pedagogical Institute
Lecturer at the Department of National Ideology,
Fundamentals of Spirituality and Legal Education
Annotation: This article discusses the role of the national idea in the historical
sources of the people of Central Asia.
Keywords: National spirituality, resources, spiritual values, the idea of national
independence, period, people, nation, society
Milliy ma’naviyat avvalo tarixiy hodisadir. Milliy ma’naviy rivojlanish
millatning butun tarixi davomida yuz beradi, ba’zan u shiddat bilan yuksalib borsa,
ba’zan esa ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi mumkin. Millatning aksariyati
ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeali sharoitlardan ham milliy ma’naviyat
yo’qolmaydi, buning uchun ajdodlar yaratgan barcha ma’naviy merosni mavh qilish,
insonlar xotirasini tamomila o’chirib tashlash va hatto irsin xotirani ham barbod qilish
kerak bo’ladi.
Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o’ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil
etib o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ushbu murakkab va ko’p ming
471
yillik ma’naviy rivojlanishimiz jarayonlaridan asosiy bo’g’inlarni ajratib olish lozim.
Bu siz milliy ma’naviyatimiz rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritib bo’lmaydi.
Milliy ma’naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini uch yirik davrga ajratish
mumkin:
1.Islomgacha bo’lgan davr.
2.Islom davri.
3.Yangi jaxon madaniyatida milliy ma’naviyatimiz rivoji.
Ushbu davrlar o’z ichiga olgan muddatlariga ko’ra aslo teng emas. Birinchi
davr o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni,
uchinchi davr esa 1-1,5 asrni oladi.
Islomgacha bo’lgan milliy ma’naviyatimiz va uning rivojlanishi haqidagi
manbalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin:
1.Avesto va turkiy toshbitiklar
2.Qadimgi Shumer, Ashshur, Bobil, Misr, Yunon, Xind, Xitoy manbalari va Eron
shohlarining toshbitiklari.
3.Arxeologik yodgorliklar ya’ni Samarqanddagi Siyovush qal’asi, qadimgi Xorazm,
Buxoro eski shaharlari xarobalaridan topilgan ashyolar va inshootlar.
4.Xalq og’zaki va yozma adabiyoti namunalari, urf-odat va marosimlar, o’yinlar va
bayramlar.
Eng qadimgi ma’naviyat inson asosan tosh qurollardan foydalangan ilk ibtidoiy
jamoa davri bo’lib – bu davr insonning rivojida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda
inson ongida juda muhim bo’lgan tabiatga mehr, er, suv, olovni e’zozlash, mehnatni
ulug’lash kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishi kuzatiladi. Ajdodlarimiz haqidagi eng
qadimiy ma’lumotlar afsonalar, dostonlar va toshbitiklar shaklida hozirgi kungacha
saqlanib kelmoqda.
Islom davri ma’naviyati asosan mintaqaga islom dinining kirib kelishi bilan
boshlanadi. O’rta Osiyodagi birinchi va ikkinchi uyg’onish davrlari aynan ushbu
davrga to’g’ri keladi. Garchand islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo’lsada, uning
rivojlanishida O’rta Osiyodan etishib chiqqan mutaffakkirlarning ahamiyati beqiyos.
472
Aynan islom davrida O’rta Osiyo xalqlari o’zlarining ma’naviy kamolotining eng
yuksak cho’qqilariga erishganlar.
Ma’naviyat rivojining uchinchi davri asosan milliy ozodlik kurashi natijasida
shakllangan jadidchilik harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bevosita
aloqador. Ma’lumki jadidchilik harakatining aksariyat tarafdorlari Chor Rossiyasi,
keyinchalik qizil imperiya tomonidan yo’q qilindi. Jadidlarning aksariyati ayniqsa
ittifoq davrida kuchli ta’qib ostiga olindi, ular haqidagi ayrim ma’lumotlar umuman
yo’q qilib yuborilgan.
Milliy g`oya xalqning ko`nglidagi orzu-umidlarni, maqsad va intilishlarni
nazariy tarzda ifoda etadi. Milliy g`oya mavzusi va baland-parvoz mavhum orzular
emas. U har bir inson, jamiyat oldida turgan maqsadlardir.
Millatning tub manfaatlari, uning o`z o`tmishiga bеrgan bahosi va kеlajakka
ishonchi milliy g`oyada o`z aksini topadi. Yuksak ma'naviyatga, pokiza axloqqa,
dеmokratiya tamoyillariga tayangan milliy g`oyalar jamiyatni rivojlanishga еtaklaydi.
O`zbеkiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi, tеran zaminga, tarixiy ildizlarga
ega bo`lsa ham, tizim sifatida mustaqillik sharoitida shakllandi va rivojlanmoqda.
Binobarin, milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili
va mеzonidir.
Milliy istiqlol g`oyasi yangi davr qadriyatlarini, erkin jamiyat axloqini
yaratishga nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Ma'lumki, axloqiy fazilatlar xalqning o`z-
o`zini idora qilish, jamiyatning yuksalishini ta'minlash, barkamol shaxsni voyaga
еtkazish omili sifatida shikllangan va avloddan-avlodga o`tib kеlmoqda.
Vatanga va millatga, o`z madaniyati va mеntalitеtiga, o`ziga va atrofdagilarga
munosabatlar axloq doirasiga kiradi. Vatanparvarlik va xalqparvarlik - eng yuksak
ma'naviy-axloqiy qadriyatlardandir. Milliy g`oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-
yashnashi, ozod va obod bo`lishiga ustuvorlik bеrilgan. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik
hissi madaniy mеrosimizda salmoqli o`rin egallaydi. Qay bir buyuk mutafakkir va
shoirni olmaylik, uning ijodida Ona-yurt, jonajon o`lka, qadrdon go`sha faxr bilan
kuylangan. Alishеr Navoiyning quyidagi satrlari Vatanga bo`lgan bеqiyos
muhabbatning yorqin ifodasidir:
473
Do'stlaringiz bilan baham: |