Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

2.
 
INGLIZ TILINI FILMLAR ORQALI O’RGANISH USULLAR 
Umuman olganda, ingliz tilini filmlar orqali o’rganishda ham ma’lum qoidalar 
mavjud, lekin ko’pchilik til o’rganuvchilari bu qoidalardan bexabarligi sababli ham 
ular tilni ingliz filmlari orqali o’rganishda ham ma’lum xatoliklarga yo’l qo’yishadi. 
Ayrim o’rganuvchilar esa qanday qilib ingliz tilini ingliz tilidagi filmlar orqali 
o’rganishning to’g’ri yo’llarini bilmaganliklari sababli bu borada muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashadi va tilni filmlar orqali o’rganish samarasiz usul deb hisoblashadi. Ammo 
aslida tilni filmlar orqali o’rganish eng samarali, eng oson va zamonaviy usullardan 
biri hisoblanadi.
Ingliz tilining mohir o’qituvchisi, “Learn English with Let’s Talk” YouTube 
kanalining vlogeri Niharikaning 2019-yildagi ma’lumotlariga ko’ra quyidagi 5 usul 
ingliz tilini filmlar orqali o’rganishda keng qo’llanilsa o’rganuvchilarda ingliz tilini 
o’rganishda muvaffaqiyatli natijalarga olib keladi:

“Qiziqarli film tanlash; 


276 

Hozirgi til bilish darajasiga mos keladigan filmni tanlash; 

Taglavhali filmlarni tanlash; 

Filmlardagi qisqa iboralarni muntazam takrorlash; 

Filmdagi so’zlarni bilmay qolishdan va o’tkazib yuborishdan 
qo’rqmaslik;” 
[4;1]: 
Bu usullardan to’g’ri foydalanilsa ingliz tilini filmlar orqali tez va oson o’rganish 
mumkin. Masalan, 1-usulga diqqat qaratsak, qiziqarli filmni tanlash orqali o’rganuvchi 
o’sha filmni oxirigacha ko’rishi yoxud undan kerakli ma’lumotlarni o’rgana oladimi 
yo’qmi, shuni hal qilishi mumkin. 2-usulda esa til bilish darajasiga qarab film tanlash 
kerakligi haqida gap ketmoqda. Sababi, agar o’rganuvchi o’zi ucun qiyin bo’lgan 
filmni tanlasa, tabiiyki, u bu filmdan deyarli hech narsani o’rgana olmaydi. Masalan, 
“beginner” darajasidagi o’rganuvchilar uchun, asosan, animatsion filmlar tavsiya 
etiladi. 3-usulda esa taglavhali filmlar tanlash lozimligi haqida aytilgan. Taglavhali 
filmlarni tanlash orqali o’rganuvchilar o’zlarining yozish qobiliyatlarini rivojlantira 
olishadi hamda avval o’zlari e’tibor bermagan yangi so’zlarning yozilishini 
o’rganishadi. Bilamizki, takrorlash eski usullardan biri bo’lsa ham, lug’at boyligini 
oshirish uchun juda foydali usul. Aynan 4-usulda takrorlashga e’tibor 
qaratilganligining sababi ham shundadir. Qisqa iboralarni yozib olib, ularni bir hafta 
davomida muntazam takrorlab yurish inson miyasida o’sha so’zlarning kundalik 
so’zlardek inson xotirasida o’rnashib qolishiga sabab bo’ladi.
Har bir insondagi eng katta kamchilik qo’rquv bo’lganidek, til o’rganuvchilar 
orasida ham avval o’zlari qilolmagan va mashq qilmagan narsalarni bajarishdan 
qo’rquv bo’ladi. Ammo 5-usulda yozilganidek, agar til o’rganuvchi o’rganayotgan 
filmida katta e’tiborini o’zining bilmay qolgan so’zlarini o’tkazib yuborishi haqida 
o’ylash o’rniga, o’zi biladigan so’zlarni tarjimasini bilganidan mamnun bo’lishga 
sarflasa va o’sha biladigan so’zlari orqali bilmay qolayotgan so’zlarini bashorat 
qilishga sarflasa, o’rganish jarayoni yanada samarali va stressdan holi bo’ladi. 
Ko’pchilik insonlarning fikricha, ingliz tilidagi filmlarni ko’rish faqatgina 
ularning tinglab tushunish qobiliyatini o’stirishgagina yordam berishi mumkin. Lekin 
o’tkazilgan tajribalar va ingliz tilini kinofilmlar orqali o’rgangan insonlarning 
fikrlariga quloq soladigan bo’lsak, ingliz tilidagi filmlarni ko’rish orqali barcha til 
bilish qobiliyatlari, jumladan, tinglab tushunish, o’qish, yozish, gapirish, grammatika, 
barcha-barchasini rivojlantirish, yaxshilash mumkin. O’qish va tinglab tushunish qabul 
qilinuvchi qobiliyatlar hisoblansa, gapirish va yozish ishlab chiqariluvchi 
qobiliyatlardir. Tabiiyki, ingliz tilidagi kinofilmlar ko’rish orqali biz katta ehtimol 
bilan, asosan, qabul qilinuvchi qobiliyatlarni rivojlantiramiz. Shunday ekan, juda 
ko’plab insonlarda ingliz tilidagi filmlarni tomosha qilish gapirish va yozish 
mahoratiga qanday foydasi tegishi mumkin degan savol paydo bo’lishi muqarrar.


277 
Aslida esa, o’rganuvchilar kinofilmlarni ko’rishganda ular ingliz tili aksentini, 
inglizlarning qanday gapirishlarini o’rganishlari, ular gapirayotgan ayrim kichik-
kichik jumlalarni o’zlari muntazam takrorlab yurishlari va uni kundalik suhbat 
davomida qo’llashlari orqali gapirish mahoratini oshirishlari mumkin. Yozish 
mahoratini o’stirish uchun eng katta foydasi esa bu filmlar orqali o’quvchilarning 
yangidan-yangi g’oyalar olishlari mumkinligidadir. Ko’plab talabalarning chet tillarini 
bilish imtihonlaridan past bal olishlarining asosiy sababi shundaki, imtihon 
topshiruvchilar ko’pincha insho yoki xat yozayotgan paytida ularga g’oyalar 
yetishmaydi va bu ularning ijodiy ishining sifati buzilishiga, fikrlarini aniq yorita 
olmasligiga olib keladi. Ingliz tilidagi fimlarni ko’rish orqali esa ular o’z 
dunyoqarashlarini yanada kengaytira olishadi, undan tashqari, ular turli xil fraza va 
o’zlariga kerakli o’zbek tilida muqobili kamdan-kam uchraydigan so’zlarni 
o’rganishlari mumkin.
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda ingliz tilini har tomonlama rivojlantirgan 
holda o’rganishning eng ajoyib usuli bu tilni kinofilmlar, videofilmlar orqali muntazam 
ravishda o’rganib borishdir. Albatta, har bir ishda qiyinchiliklar bo’lganidek, ingliz 
tilini filmlar orqali o’rganishningoz bo’lsada o’ziga yarasha mashaqqati bor, ammo bu 
usul til o’rganuvchilarda barcha til bilish qobiliyatlarini bir xil darajada, oz fursatda 
o’rganishda juda katta ahamiyatga ega.
Ingliz tilini filmlar orqali o’rganishning maqolada keltirib o’tilgan usullari 
mavjud va qaysi bir usulni tanlab o’rganish, albatta, o’rganuvchining o’ziga bog’liq.

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish