Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

ФИО авторов
JDPU maxsus pedagogika kafedrasi o`qituvchisi
Aralova Iroda 
meliqo`zi qizi
JDPU Pedagogika –psixologiya fakulteti Maxsus pedagogika (logopediy)yo`nalishi 2-
bosqich magestri
 Bozorboyev Javlon 
Название 
публикации:
«MAKTABGACHA 
YOSHDAGI 
FONETIK-
FONEMANIK 
NUTQ 
BUZILISHIGA 
EGA 
BO’LGAN 
BOLALARNI 
NUQSONLARNI 
BARTARAF 
ETISHDA 
ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAZMUN MOHIYATI» 
Anatatsiya: 
Korreksion ta’limning so‘nggi davrining maqsadi nutqiy muloqot 
sharoitida fonematik idrok 
va to‘g’ri tovush talaffuzi ko‘nikmalarini 
mustahkamlashdir. Korreksion ta’limning muhim vazifalaridan biri oppozitsion va 
to‘g’ri talaffuziga erishilgan tovushlar differensiatsiyasiga oid mashg’ulotlar 
hisoblanadi. 
Abstract:
The goal of the last period of remedial education is to strengthen the skills 
of phonemic perception and correct sound pronunciation in the context of speech 
communication. One of the important tasks of remedial education is training on the 
differentiation of oppositional and correctly pronounced sounds. 
Аннотация:
Целью последнего периода коррекционного обучения является 
закрепление навыков фонематического восприятия и правильного 
звукопроизношения в условиях речевого общения. Одной из важных задач 
коррекционного обучения является обучение различению противоречащих и 
правильно произносимых звуков. 
Maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarni 
tarbiyalash bolalar bog’chasi tarbiya dasturiga muvofiq tashkil qilinadi Fonetik- 
fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar ommaviy turdagi maktabgacha 
tarbiya muassasalarning maktabga tayyorlov guruhlariga mo‘ljallangan bilim, 
ko‘nikma va malakalar hajmini o‘zlashtirishlari kerak. 
Fonetik-fonematik jihatdan nutq rivojlanmagan bolalar guruhlariga olib kelingan 
bolalar 10 oy ichida umumta’lim maktabida muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur 
bo‘lgan asosiy topshiriqlar, ko‘nikma va malakalar xajmini o‘zlashtirib olishlari lozim. 
Nutq faoliyatining ayrim tomonlarini rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarni 
aniqlash maqsadida quyidagi maxsus ishlar amalga oshiriladi:


120 
– talaffuz malakalarini shakllantirish; 
– fonematik idrokni rivojlantirish; 
– tovush analiz va sintezi ko‘nikmalarini rivojlantirish 
Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo'nalishlaridan biri - bu 
bolaning o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari, qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
shaxs sifatida mukammal rivojlanishiga qaratilgan ta'limdir. 
Fonetik- fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo‘yicha olib 
boriladigan korreksion ish tizimi shartli ravishda 3 davrga bo‘linadi. Ularning har 
birining mazmuni va hajmi jihatidan farq qilgan holda bir-biriga bog’liq hamdir. 
Korreksion logopedik ishning oldingi davri keyingi davrdagi ish mazmunini 
o‘zlashtirib olishga bolalarni tayyorlaydi. 
Korreksion ta’limning so‘nggi davrining maqsadi nutqiy muloqot sharoitida 
fonematik idrok 
va to‘g’ri tovush talaffuzi ko‘nikmalarini mustahkamlashdir. Bu ishda 
mustaqil nutqda faqatgina tovushlarni to‘g’ri talaffuzini shakllantiribgina qolmay
balki bolalarning lug’atini boyitish, nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirish, 
nutqning tempi va melodikintatsion tomonini rivojlantirish, takomillashtirishga oid 
mashg’ulotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Korreksion ta’limning uchinchi 
davrida bolalarda tovush analizi malakalarini shakllantirishga oid korreksion ishlar 
davom ettiriladi. Bunda ish harakatning quyidagi algoritmidan foydalaniladi: so‘zdagi 
tovushlarni baland ovozda takrorlab, to‘g’ri talaffuz qilish; so‘zdagi har bir tovushni 
eshitish va uni qo‘shni tovushdan ajrata bilish; so‘zdagi tovushlarni navbat bilan aytish, 
fiksatsiya yo‘li bilan so‘zlardagi tovushlarning soni va ketma- ketligini aniqlash. 
So‘zning tovush tarkibiga oid analiz ishlari har bir bolaga individual yondoshilgan 
holda olib boriladi. Logopedik mashg’ulotlarda alohida operatsiyalarni bajarish bilan 
birga nutqiy materialning analiz va sintezi bilan bog’liq hamma aqliy ish harakatlar 
tizimi qayta ishlanadi. Bolalarda bajarilgan ish harakatlar algoritmining asta sekin 
shakllantirib va mustahkamlab borib, avval logoped rahbarligida so‘ngra bolaning 
o‘zini so‘z, bo‘g’in, tovushning analiz- sintez qila olishini mustaqil nazorat qilishga va 
o‘z ishini baholashga o‘rgatiladi. Korreksion ta’limning muhim vazifalaridan biri 
oppozitsion va to‘g’ri talaffuziga erishilgan tovushlar differensiatsiyasiga oid 


121 
mashg’ulotlar hisoblanadi. Ushbu mashg’ulotlarda artikulyatsion va akustik belgilari 
jihatidan o‘xshash tovushlar differensiatsiyasiga oid turli usullar qo‘llaniladi. 
Mashg’ulotlarda bolalar diqqati, xotira, tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, 
solishtirish, umumlashtirish), nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqillikni 
rivojlantiruvchi ishlar olib boriladi. Tarbiyachi bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda 
bolalarning atrofdagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlar hosil qilish va ularni 
bir tizimga solish, tabiiy va ijtimoiy hodisalar bilan tanishtirish bilan bir vaqtda 
bolalarning lug’at boyligi kengaytiriladi, so‘zlashuv va xikoya nutqi rivojlantiriladi. 
Shunday qilib, bolalar nutqi turli yo‘llar bilan rivojlantirib boriladi, lekin bir maqsadni- 
ta’lim va tarbiya berish jarayonida bolalarning nutqiy taraqqiyotidan kamchiliklarni 
yo‘qotish va uni maktabda ko‘nikma va malakalar olishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish