Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/402
Sana11.07.2022
Hajmi20,94 Mb.
#774459
TuriСборник
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   402
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Ноябрь 2021. Том 5

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Jalolov J. Chet tili oqitish metodikasi.-T. 1996 
2.
Tursunov I.Y. Xalq pedagogikasing dolzarb muammolari. T.: Oqituvchi, 
1990 
3.
N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “HORIJIY TILLAR DARSLARIDA
QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 
2006, 40 bet 


656 
ФИО автора:
Davurboyeva Dilfuza Davron qizi 
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi, 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi tarix mutaxassisligi
2-kurs magistranti
Название публикации:
«QOVUNCHI MADANIYATI VA UNING O’ZBEK 
XALQI SHAKLLANISHIDAGI O’RNI» 
Annotasiya: 
Maqolada “Qovunchi madaniyati”ning shakllanishi hamda uning 
o’zbek xalqining shakllanishidagi tutgan o’rni, Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati 
shakllanishining asosiy markazi boʻlganligi hamda qovunchiliklarning mashg’ulotlari 
haqida ma’lumotlar berilgan.
Tayanch so’zlar: 
“Qovunchi madaniyati, Qovunchi II, Qovunchi II, Qovunchi 
III, Jetiasar madaniyati, Burg’uluk madaniyati, Qovunchitepa.
O‘rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko‘chib kelgan turli 
elat va qabilalar ham ma’lum ma’noda ishtirok etganlar. Yuechjilar, xioniylar, 
kidariylar, eftaliylar shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi 
Sirdaryoning o‘rta havzasida aniq antropologik tip bo‘lib shakllangan davrda bu 
hududlarda “Qovunchi madaniyati” shakllanadi. So‘nggi arxeologik tadqiqotlar 
natijalariga ko‘ra milodiy II-III asrlardan boshlab Farg‘ona vodiysi, Samarqand 
hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida 
Qovunchi madaniyatining ta’siri seziladi.
Qovunchi madaniyati - mil. av II-asr — milodiy VI-asrga oid arxeologik 
madaniyat. oʻrganilgan joy dastlab qovunchitepa xarobasi boʻlgani uchun nomi 
shundan olingan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning oʻrta oqimi va 
Fargʻonaning shimoliy-gʻarbiy qismida tarqalgan. arxeolog G.V.Grigoryev 1934—37 
yillarda Qovunchi madaniyati majmualarida qazish ishlari olib borgan. Shoshtepani 
oʻrganish natijasida 1-marta madaniy qatlamlarning aniq stratigrafiyasi belgilandi. Bu 
esa Qovunchi madaniyatining aniq davrini (Qovunchi I miloddan avvalgi II—I-asrlar: 


657 
Qovunchi II 2 bosqichga boʻlinib, uning 1-bosqichi milodiy I-IV-asrlarlar, 2-bosqichi 
V-VI-asrlar) belgilashga asos boʻlgan. 
Qovunchi madaniyati Toshkent vohasidagi qadimgi dehqonchilik bilan 
shugʻullangan tub aholi madaniyati asosida "xalqlarning buyuk koʻchishi" davrida 
Toshkent vohasiga kirib kelgan sarmatlar. xunnlar va boshqa xalqlarning etnik 
madaniyati taʼsirida rivojlangan. Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati 
shakllanishining asosiy markazi boʻlgan. Majmualarda meʼmorlik maktabining 
mahalliy anʼanalariga asoslangan, yuksak mudofaa inshootlariga ega boʻlgan 
shaharsozlik, sopol idishlar va haykalchalar shaklining oʻziga xos xususiyatlari tarkib 
topgan.
Qovunchiliklar dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shugʻullanishgan. 
Ular dehqonchilik maʼbudalari, olov va ajdodlarga sig’inishgan. Milodning dastlabki 
asrlarida Qovunchi madaniyati janubga tomon tarqalib, Sug’d, Qashqadaryo 
hududidagi mahalliy madaniy majmualarga taʼsir eta boshlagan. VI-asrga kelib, O’rta 
Osiyoning markazidagi vohalar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarining kuchayishi 
hamda umumsugʻd madaniyati taʼsirida Toshkent vohasida Qovunchi madaniyati 
oʻziga xos alomatlarini yoʻqotgan, sekin-asta butun Movarounnahrga xos yagona 
madaniyat vujudga kela boshlagan.[A. Muhammadjonov] 
Milod boshlarida qang‘uy
 
qabilalari Qovunchi madaniyati soxiblari zomorf 
tutqichli sopol idishlardan ko‘p foydalanishgan. Qovunchitepada olib borilgan 
arxeologik qazishmalar Qang‘ davlati aholisining turmush tarzini o‘rganishda muhim
 
o‘rin tutadi. Qovunchi manzilgohi qatlamlaridan me’morchilik qoldiqlari, suyak va 
metalldan yasalgan buyumlar va ish qurollari (o‘roq, pichoq, motiga), kamon 
o‘qlarining uchlari, matolarning bir necha xil namunalari, shuningdek, turli hajmdagi 
sopol idishlar (ko‘za, xum, xurmacha, kosa, tog‘ora, qo‘ra va boshqalar) topilgan[ 
Литвинский Б.А]. 
 
Ustrushona yodgorliklarida o‘rganilgan kulolchilik buyumlarining asosiy 
qismini o‘troq aholi va ko‘chmanchilar dashtlarida uchraydigan, qo‘lda yasalgan sopol 
idishlar tashkil etadi. Sopol idishlar kulolchilik charxida, toza mayin tuproq loyidan 
yasalgan va sirtiga sarg‘ish-qizil angob berilgan. Qolganlari tarkibida ko‘plab 


658 
aralashmalar mavjud bo‘lib, bo‘z tuproq loyidan qo‘lda yasalgan. Deyarli barcha sopol 
idishlar sirti jigarrang, oq, oq sarg‘ish, sariq va qizil rangdagi suyuq angob bilan 
bo‘yalgan[ Toshboyev F.E.]. 
Uning tag va ust qismlari proporsionalligi, zoomorf tutqichli ekanligi kabilarga 
asoslanib, ko‘chmanchilarning o‘z ustalari tomonidan yasalganligini ta’kidlash 
mumkin. Ehtimol, ushbu ko‘za endi o‘troqlasha boshlagan ko‘chmanchilarning o‘z 
ustalari yoki ularning buyurtmasi asosida, o‘troq aholi hunarmandlari tomonidan 
yasalgan. Ushbu sopol idishlar Qovunchi madaniyati dastlabki bosqichlariga oid 
bo‘lib, bu kulolchilik idishlariga akademik A.A. Asqarov shunday ta’rif berganlar, “... 
yupqa devorli, hajmi kichikroq, asosan kulolsozlikning sekin aylanuvchi charxda 
ishlangan.Bu davr keramikasida – xum va xumchalar hamda xurmachalar sirtida to‘q 
jigarrang oqizma rang taramlarini paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Xumcha va 
xurmachalarning aksariyati qo‘shquloqli, krujkalar dastasi hayvon figurasi 
ko‘rinishida ishlangan. Ko‘za va xurmachalar orasida qator nov shaklli chizgilar bilan 
bezatilgan Jetiasar madaniyatiga xos idishlar, xayvon dastali, jo‘mrakli ko‘zalar 
uchraydi” [S. Axmedov]. 
L.M. Levina xunn qabilalar ittifoqining parchalanishi munosabati bilan 
Sirdaryoning oʻrta va quyi xavzalarida milodiy eraning boshlaridan etnik jixatdan bir-
birlariga yaqin uchta yirik tarixiy-madaniy xo’jalik markazlari va ularga xos arxeologik 
madaniyatlar shakllanganligini eʼtirof etadi. Boʻlar Jetiasar, Oʻtror-Qoratov va 
Qovunchi madaniyatlari boʻlib, ayniqsa ularning soʻnggi ikkitasi xar jixatdan bir-
birlariga juda yaqindir. Qovunchi madaniyatining birinchi bosqichida oʻrta Sirdaryo 
xavzasi qabilalarining (Qovunchi va Oʻtror-Qoratov) quyi Sirdaryo (Jetiasar) 
qabilalariga madaniy-xo’jalik taʼsiri koʻzga tashlanadi. Qovunchi madaniyatining 
Qovunchi II bosqichida uning aksi yuz beradi, yaʼni Toshkent voxasida Jetiasar 
elementlarining faollashganligini kuzatish mumkin. Qovunchi madaniyatining 
uchinchi bosqichida (Qovunchi III) bu arxeologik madaniyatlarning birinchidan, o’z 
xududlari doirasida etnomadaniy lokalizasiyasi kuzatilsa, ikkinchidan, Oʻtror va 
Toshkent voxasi madaniyatlari orasida etnomadaniy genetik birlik kuchli ekanligi 
koʻzga tashlanadi. Darxaqiqat, ilk oʻrta asrlardan eʼtiboran, Oʻtror Choch malikligi 


659 
tarkibida, uning shimoliy chegara hududi hisoblangan. Sirdaryo oʻrta xavzasining 
shimoliy hududlari Turkistondan to Yangikentgacha Qovunchi va Jetiasar 
madaniyatlarining kontakt zonasi rolini o’ynagan. Bu xaqda Maslaxatgepa, 
Shuryuktepa, Suyaktepa, Turkiston Okgepasi, Sodikat va Oʻrdakettepa materiallari 
guvoxlik beradi. Taʼkidlash joizki, qadimgi Toshkent voxasida turkiy etnik qatlam 
aynan Qovunchi madaniyatidan boshlab jonlana boshlaydi, uning aks sadosi sifatida 
turkiy etnosning sezilarli izlari Qovunchi madaniyati yodgorliklarida yaqqol koʻzga 
tashlanadi. Buning boisi, birinchidan, axolisi ikki xil til soxiblari boʻlgan Qang 
davlatining markazi, yadrosi Sirdaryoning oʻrta xavzasi boʻlsa, ikkinchidan, bu 
mintaka qadimdan sug’diy va turkiy tilli qabilalarning muntazam aloqa xududi boʻlib 
kelgan; uchinchidan, yunon mualliflari eʼtirof etganlaridek, Sirdaryoning quyi 
xavzalari ikki til soxiblarinnng chegara rayoni edi. Bularning barchasi Kangkiya 
davlati tarkib topgach, o’z mevasini bera boshladi, yaʼni turkiy etnosning tobora ortib 
borishiga olib keldi. Yangi etnik guruxlarning maxalliy axoli bilan aralashib ketishi 
natijasida Sirdaryoning oʻrta va quyi xavzasi xududlarida turkiy tilning jonli xalq tiliga 
aylanib borishi kuzatiladi. Elshunos K.Shoniyozov taʼbiri bilan aytganda, Kangkiya 
davlati doirasida sug’diy va turkiy tilli etnik birliklar asosida yangi etnos-qang’ar elati 
tarkib topadi [A.Asqarov]. 
M.I. Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepani Burg’uluk madaniyati soxiblari 
tashlab ketgach, uning xarobalarida chorvadorlarga xos oʻzga etnik guruhlarning 
qabrlari paydo boʻladi. Qabr komplekslari sarmatlarning Proxorov madaniyatiga 
tegishli boʻlib, bu madaniyatning tarixiy ildizlari Quyi Sirdaryoning Chirikrabot, 
Jetiasar va sarmat qabilalari madaniyatiga borib taqaladi. Mil. avv. III asrdan boshlab 
ularning bir qismi Sirdaryoning quyi xavzalaridan uning yuqori oqimi tomon, Aris va 
Toshkent voxasi ichki xududlarigacha kirib keladilar. Shoshtepa qabrlarining 
stratigrafiyasiga ko’ra, Shoshtepa xarobalari Burguluk bosqichidan soʻng, kamida 50-
60 yil oʻzga etnik guruxlarning qabristoni boʻlgan. O’zga etnik guruxlar Chochning 
maxalliy axolisi bilan iqtisodiy va etnomadaniy aloqada Qovunchi madaniyatini 
shakllanishida faol ishtirok etganlar. M.I.Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepa 
markazida xoch shaklidagi monumental binoning qad kutarishi aynan Quyi Sirdaryo 


660 
xavzalaridan kirib kelgan sarmat va jetiasar qabilalari meʼmorchiligi bilan bog’liq 
boʻlib, bu Qovunchi madaniyatini boshlanishidan dalolat berar edi [A.Asqarov]. 
Oʻzga etnik guruxdarning ko’chmanchi daxlarga aloqador parf qabilalari mil. 
avv. III asrda Oʻrta Osiyoning janubiy viloyatlarigacha kirib borib, mintakaning 
janubi-gʻarbida Arshak boshliq Parfiya davlatini tashkil etadilar. Bu yuechjilargacha, 
Oʻrta Osiyo etnik xaritasida, yozma manbalarda aks etgan migrasion jarayonlar boʻlib, 
Yunon-Baqtriya davlatining inqirozi mana shu ilk etnik to’lqinlar bilan bog’liq edi, 
deyishga asos beradi. Miloddan avvalgi III—II asrlarda Sirdaryoning quyi-Janadaryo 
va Kuvondaryo tarmoqlarida suv zaxiralarining keskin kamayishi tufayli Jetiasar 
madaniyati axolisining katta qismi Sirdaryo bo’ylab, uning oʻrta xavzalari tomon—
Aris, Keles, Chirchiq va Oxangaron daryolari xavzalariga kirib keladilar. Sirdaryo 
oʻrta havzalarida shakllangan tabiiy landshaftlarni oʻzlashtirishiga qarab, ularni uch 
zonaga, yaʼni togʻlik zonalar, togʻoldi zonalar va tekisliklarga boʻlish mumkin. 
Mintaqaning togʻlik va togʻoldi zonalari asosan chorvachilik xo’jaliklari uchun qulay 
imkoniyatlarga ega boʻlsa, uning suv taʼminotiga boy tekislik zonalari sugʻorma 
dehqonchilik xo’jaligiga asoslangan o’troq axoli madaniyat markazlariga aylangan. 
Shu bois, bu joylarda mudofaa inshootli shaxarmonand qishloqlar va qadimgi
shaxarlar qad kutargan. Ana shunday sugʻorma dexqonchilik markazlari Toshkent va 
Oʻtror voxalari boʻlib, antik davrida bu maskanlar yagona madaniy-xo’jalik va bir 
butun etnik makonni tashkil etgan.
Endi anʼanaviy, sirti tiniq qizil angobli, yupka va nafis sopollar o’rnini, nisbatan 
qalin devorli dag’al va qupol, sirti oqizma rang taramlari bilan qoplangan sopol idishlar 
egallaydi. Kulolchilik maxsuloti kompleksida dastasi turli xil xayvon tumshuqli 
qadaxdar paydo boʻladi. Sopol qozonlarning tag kursisini xayvon figuralari bilan 
rasmiylashtirish anʼanaga aylanadi. Qovunchi madaniyatining muxim xarakterli 
xususiyatlaridan biri, urugʻ jamoalar kultining kulolchilik maxsulotlarini tayyorlashda 
ramziy qo’llanishidir. Bu xolat oshxona ro’zgʻor buyumlari tarkibida sopol qozon 
tagkursilarini yasashda keng qo’llanilgan. Qozon tagkursisi odam oyoqlari va shoxdor 
qo’chqor boshli shaklida yasalib, mazkur urugʻning kelib chiqishi (totemi) shoxdor 
qo’chqor kulti bilan bog’liq ekanligiga ramziy ishoradir. Qovunchi madaniyati 


661 
kulolchiligida turli xil xayvonlarning, birinchi navbatda, mayda shoxli xayvon 
suratlarini krujkalar, bug’zi tor kuza va xurmachalarning dastalarida aks etishida xam 
ramziy maʼno yotadi, yaʼni krujka va xurmachalar mazkur madaniyat axolisi tarkibida 
turkiy etnik qatlamning jamiyatda nufuzli mavqeiga ega ekanligiga ishora qiladi. 
Chunki, kulolchilikda, chilangarlikda, ayniqsa xarbiy qurol-aslahalarni yasashda, 
ularga chizilgan xayvon suratlarini keng qo’llanishi qadim-qadim zamonlardan 
prototurkiy etnik jamoalar sanʼatida xayvoniy uslubda sanʼat asarlari yaratish, ayniqsa 
ilk temir davrida o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan. Xayvon kultini ishlab 
chiqarishning kulolchilik va metallurgiya xunarmandchiligida keng ko’lamda qo’llash 
anʼanasi Qovunchi madaniyatining ilk bosqichlariga (Qovunchi I, Qovunchi II) xos 
boʻlib, keyingi bosqichlarda qo’chqor kulti kulolchilikda deyarli uchramaydi. Chunki, 
antik davrning soʻnggi bosqichlari va ilk oʻrta asrlarga kelganda, Qovunchi madaniyati 
axolisining tarkibidagi uning ilk bosqichlariga xos xo’jalik xarakteri tubdan oʻzgarib, 
ikki til va ikki xil xo’jalik soxiblarining o’zaro qorishuvi asosida tarkib topgan qang’ar 
elati vujudga keladi. Unga xos yagona xududiy, iqtisodiy xujalik, etnomadaniy, xatto 
antropologik tip shakllanadi. Aslida, Qovunchi madaniyatiga xos belgilar Burg’uluk 
madaniyatining soʻnggi bosqichi arxeologik komplekslarida namoyon boʻla boshlaydi. 
Masalan, Qovunchitepa, Quloqchintepa, Shoshtepadagi Burguluk komplekslari 
keramikasi standartlashadi, ularni variantlarga ajratish imkoniyati tug’iladi, sopol 
idishlarga gul solish keskin qisqaradi, yassi tubli miskalar, tovalar paydo boʻladi, 
yarimsferik kosalar trubasimon shaklni oladi, idishlar sirtiga berilgan angob och 
qizillashib, ular yuzasida oqizma rang taramlari paydo boʻladi. Bularning barchasi 
Qovunchi madaniyatiga xos jixatlar boʻlib, ular Burg’uluk madaniyatining 
yakunlovchi bosqichi bag’rida nish ura boshlagan edi [A.Asqarov]. 
Bugungi kunda Toshkent voxasida Qovunchi madaniyatiga tegishli 100 dan 
ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Ular Yu.F. Buryakovning “Toshkent voxasida shaxar 
madaniyatining rivojlanish bosqichlari va genezisi” nomli monografiyasida o’zining 
arxeologik 
tavsifini, 
tizimli 
analizini, 
xronologik 
ketma-ketlikda 
davriy 
klassifikasiyasi va chuqur ilmiy taxlilini topgan. Qovunchi madaniyatini ochgan 
G.V.Grigorevdan keyingi tadqiqotlarda yangi obyektlar asosida uning xronologik 


662 
davriy sanasiga aniqliklar kiritildi va moddiy madaniyat materiallari chuqurroq taxlil 
etildi. Nixoyat, Qovunchi madaniyati tarkibida Qovunchi III bosqichi real tarixiy 
xaqiqat ekanligi tugʻrisida izlanishlar olib borildi. Ammo, uning etnik asoslari, genezisi 
va tarkib topgan markaziy yadrosi xaqidagi masalalarda ilmiy baxslar davom etmoqda. 
Arxeologik komplekslar taxliliga ko’ra, Qovunchi madaniyatining migrasiya 
yo’nalishi Sirdaryoning oʻrta xavzalaridan shimol va shimoli-sharqqa tomon qaratilgan 
boʻlib, uning oqibati ularoq, Jetiasar madaniyatida oʻrta Sirdaryo madaniyatlarining 
elementlari kuzatiladi. Qovunchi II davrida esa uni aksi yuz beradi, yaʼni Jetiasar 
madaniyatining taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi. Qovunchi madaniyatining uchinchi 
bosqichida, uning taʼsir doirasi dastlabki etnomadaniy maydon doirasidan chiqib, 
maxalliy madaniyatlar lokalizasiyasi yuz beradi, yaʼni Toshkent voxasida Jun 
madaniyati, Aris vodiysida Oʻtror-Qoratov, shimoli-gʻarbiy Buxoro voxasida Qizil-qir 
madaniyatlari shakllanadi. Ammo, ular etnik jixatidan Qovunchi madaniyati bilan 
aloqador boʻlib, Qovunchi etnomadaniy jamiyat asosini tashkil etadi. Qovunchi I davri 
sopollari yupqa devorli, xajmi kichikroq, asosan kulolsozlikning sekin aylanuvchi 
charxda ishlangan. Bu davr keramikasi-xum va xumchalar xamda xurmachalar sirtida 
to’q jigarrang oqizma rang taramlarini paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Xumcha va 
xurmachalarning aksariyati qushquloqdi, krujkalar dastasi xayvon figurasi kurinishida 
ishlangan. Ko’za va xurmachalar orasida qator nov shaklli chizgilar bilan bezatilgan 
Jetiasar madaniyatiga xos idishlar, xayvon dastali, jumrakli ko’zalar uchraydi. 
Qovunchi I keramika kompleksi uchun qo’chqor boshli tagkursilar, sopol qopqoqlar, 
tova va flyagalar xam xarakterlidir. Bularning barchasi Qovunchi I bosqichi yil 
sanasini mil. avv. II milodiy II asr boshlari bilan belgilashni taqozo etadi. Qovunchi II 
keramika kompleksida Jetiasar II keramikasi uchun xarakterli idishlar keng tarqalgan. 
Ular jumrakli, gardishli xumcha va xurmachalardan iborat boʻlib, ularning quloqlari 
xayvon figuralari yoki burama arqon ko’rinishida yasalgan. Idishlar orasida ogʻzi keng, 
bug’zi qator nov shaklli taramchalar bilan bezatilgan xurmachalar ko’p boʻlib, ular 
aynan jetiasarliklar taʼsiri Qovunchi madaniyatiga kuchli boʻlganidan guvoxlik beradi. 
Qovunchi II, Qovunchi I davriga nisbatan sopol qopqoqlar ko’payadi, biroq, ular 
soddaroq ishlangan. Qovunchi madaniyatiga Jetiasar taʼsirli idishlar figurali va aram-


663 
taram novli jumraklarni paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Bunday idishlar milodiy 
IV-V asrlarga tegishli. Shunday idishlar Farg’onaning Toshkent voxasi bilan 
chegaradosh xududlarida uchraydi. Qovunchi madaniyatiga xos vergulsimon naqshlar, 
Qadimgi Farg’onaning Fayrattepa keramikasida xam uchraydi. Uning qora va to’q 
jigarrang angobli ilgaksimon dastalarini B.A. Litvinskiy milodiy II-III asrlar uchun 
xarakterli ekanligini taʼkidlaydi. Bularni barchasi Qovunchi II davrini milodiy II-IV 
asrlar bilan belgilashni taqozo etadi. Qovunchi madaniyatining yakunlovchi bosqichi - 
Qovunchi III davrida qizilga bo’yalgan, qisman qoraytirilgan kulrang pardozli sopol 
idishlar, jumladan, yumaloq tubli, ilgak quloqli xurmachalar, disk oyoqli, chekma 
naqshli chiroqdonlar sopol qopqoqdar terrakota xaykalchalar paydo boʻladi. 
Qushquloqli, taram-taram novcha naqshli Jetiasar xumchalarini yasash davom etadi, 
qo’chqor boshli tagkursilar o’rnini xo‘kiz boshli tagkursilar egallaydi. Mozor qurilishi 
amaliyotida yer yuzasida qad kutargan sag’analar paydo boʻladi. Aynan shu davrda 
Toshkent voxasida murdalarni ostadonlarga solib kumish odati boshlanadi. Yuqorida 
keltarilgan fikr muloxazalardan kelib chiqib, taʼkidlash joizki, Qovunchi-I 
keramikasini shakllanishida bir tomondan, Proxorov madaniyati sarmatlarining taʼsiri 
boʻlsa, ikkinchi tomondan, Sirdaryo quyi xavzalarining Jetiasar madaniyati taʼsiri katta 
boʻlgan. Bu tarixiy xaqiqat Oʻtror-Qoratov madaniyatining Oktepa-21 va Shoshtepa-
42 komplekslarida yaxshi kuzatiladi. Shu bois, Qovunchi-I davrining quyi chegarasini 
mil. avv. II asr, yuqori chegarasini esa milodiy II asr boshlari bilan belgilash maqsadga 
muvofiqdir. Qovunchi-II davrida qorni keng, quloqdi sopol qozonlar, Jetiasar 
madaniyatining milodiy III—IV asrlarga xarakterli keramika kompleksi keng yoyiladi. 
Shularni xisobga olib, Qovunchi-II bosqichini milodiy II—IV asrlar bilan belgilash 
mumkin. Qovunchi madaniyati yodgorliklarining Qovunchi-III gorizonta uning 
yakunlovchi bosqichi boʻlib, uning davriy sanasini milodiy IV—VI asrning birinchi 
yarmi bilan belgilash mumkin. Qovunchi-II va Qovunchi-III yodgorliklari Qovunchi-I 
davriga nisbatan juda keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarga kelganda Sirdaryoning oʻrta 
xavzalaridagi axoli maskanlari turkiy tilning mavqei yuqori boʻlgan. [A.Asqarov]. 
Sirdaryoning quyi va oʻrta xavzalarida yuz berdi. Ularning natijasiularos, 
Sirdaryoning quyi xavzalarida Jetiasar, oʻrta xavzalarida esa Qovunchi madaniyatlari 


664 
tarkib topdi. Qovunchi madaniyatining taʼsir doirasi kengayib, dastlab Aris vodiysida 
Oʻtror-Qoratov madaniyati shakllanadi. Turkiy qavmlarning moddiy madaniyati 
(Jetiasar, Qovunchi va Qizilqir madaniyatlari) o’troq sug’diy va xorazmiylar 
madaniyatidan keskin farq qilib, mintaqada turk etnosining keng tarqalayotganidan 
guvoxlik beradi. Demak, oʻzbek xalqi etnik komponentining asosiy o’zagi xisoblangan 
turk etnosi uning ikkinchi etnik qatlami – sug’d, boxtar, xorazmiylar singari, bu 
zaminda qadimiydir. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish