796
dengizi sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismgacha
bo’lgan yerlardan iborat edi.
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi davlat boshqaruv tizimini
mustahkamlash ayniqsa pul islohati o’tkazish yo’lidagi faoliyati natijalari,
keyingi
davrlarda ham saqlanib qolgan. U ko’plab turli inshoatlar quddirgan. Hozirgacha u xalq
orasida u yoki bu inshoat qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxonga nisbatan beriladi.
71
Abdullaxon II hokimiyatni to‘la qo‘liga olib markazlashgan davlat tuzganidan
keyin, 1584-yilda Badaxshonni va 1588-yilda Hirotni 1593-1594yillarda uch bor
yurish qilib Xorazmni, 1595-1596-yillarda Xazoraspni bo‘ysundirib o‘z davlatiga
qo‘shib oldi. Shu bnlan qudratli markazlashgan davlat vujudga keldi. Bu davr
O‘zbekiston tarixida iqtisod, siyosat va siyosiy aloqalar rivojlangan bir davrni tashkil
qiladi.
Abdullaxon II ning shaxsiga kelsak, eng avvalo shuni ta’kidlash lozimki, o‘rta
asr sharq hukmdorlariga qanday xislatlar xos bo‘lsa, unga ham ana shularning barchasi
xos edi. Abdullaxon II so‘nggi yigirma yil davomida siyosiy boshboshdoqlik natijasida
parchalangan mamlakat va mintaqani birlashtirishni bosh maqsad qilib bu yo‘lda ko‘p
va
muvaffaqiyatli, shu bilan birga mashaqqatli harakatlarni amalga oshirgan buyuk
davlat arbobi edi. U mohir siyosatchi, jasur askarboshi, o‘zining shaxsiy mablag‘iga
juda ko‘plab ijtimoiy qurilishlar, 1001 ta rabot va sardobalar (usti berk suv ombori)
qurdirgan davlat boshlig‘i edi. Shu bilan birga poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan
markazlashgan
davlat barpo etgan, qahri qattiq hukmdor edi. Uning 40 yillik
hukmronligi davri, akademik V.V.Bartold ta’kidlaganidek, O‘rta Osiyo tarixida tartib
va intizom ta’minlangan davr bo‘lib, o‘zbek xalqi tarixiga esa u turli qabila va
urug‘larni birlashtirish ramzi sifatida kirdi. Uning butun umri ana shu markazlashgan
davlatni tuzish uchun bo‘lgan jang maydonlarida o‘tdiki, Hofiz Tanish Buxoriyning
“Sharafnomayi shohiy” kitobini haqli ravishda “Abdullaxon jangnomasi”
deb atash
71
Maradjabova F. E. «К историй Ташкентского Восстачния 1558 года» Markaziy Osiyo tarixi:
manbashunoslik va tarixshunoslik izlanishlar. I ilmiy to’plam T. 2009. 179. b.
797
ham mumkin. Markazlashgan davlat tuzish g‘oyasi umuminsoniy qadriyatlarga kirib,
siyosiy tarixda qadrlanib keladi.
Abdullaxon II davlat ishlarini yo‘lga qo‘yish, shariat qoidalarining bajarilishi,
huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha bir necha islohotlar o‘tkazib keng faoliyat
olib borgan. Manbalarda ularning ba’zilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchraydi.
Jumladan 1581-yilda u «Tangri tomonidan omonat berilgan raiyatga xayri-xoh
bo‘lganidan» pul islohoti o‘tkazgan hamda «Tillaga boshqa narsani aralashtirmasdan
tozalasinlar va pulni bir misqol
72
vaznda zarb qilib, qalloblik asosini tub tomiri bilan
qo‘porsinlar» deb farmon bergan.
73
Oltin o‘lchaydigan tarozi egalarini shaxsan o‘zi
chaqirib taftish qilib o‘lchamda tafovutga yo‘l qo‘yganlarni jazolagan.
U
Samarqand, Shahrisabz,
Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Termiz kabi
viloyatlarni poytaxt Buxoro atrofida birlashtirish yo‘lida ko‘plab harbiy-siyosiy
tadbirlarni ro‘yobga chiqaradi. Bu siyosatning murakkabligi nechog‘lik bo‘lganini
shundan ham ko‘rsa bo‘ladiki, 1578-yili, ya’ni faol siyosat yurgiza boshlaganidan
yigirma yil o‘tgandan keyin ham, Samarqand, Xorazmni poytaxt ixtiyorida saqlab
qolishdek yumushlarni bajarishga majbur bo‘lgan. Xorazmni markaziy hokimiyat
doirasiga kiritish uchun uch marotaba uringani va axiyri maqsadiga 1596-yili,
o‘limidan ikki yil burungina erishganini olaylik. Xullas, mamlakat siyosiy yaxlitligiga
erishish oson kechmagan.
74
Muxtasar qilib aytaganimizda, shayboniyzoda Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka
qarshi kurash olib borib, mamlakatda nisbatan tinchlik va osoyishtalik o‘rnatib, Buxoro
xonligini markazlashgan davlatga aylantirdi. Abdullaxon II o‘zbek davlatchiligi
tarixida munosib o‘rin egalladi.
72
Misqol – og‘irlik o‘lchovi 1,37 dirhamga teng oltin pul. 1 misqol XVI-XIX asrlarda Buxoro
xonligida 4,8 ba’zan 5 gram bo‘lib, 6 tangaga teng bo‘lgan.
73
Abdullanoma, 2-jild. 52-bet.
74
Abdullanoma, 2-jild, 201-207; Shajarayi turk, 143,147,150-157-betlar