Mehrjon sayli



Download 57,5 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi57,5 Kb.
#11961


Mehrjon sayli.

Maktab sahnasi rang-barang gullar, bir-biridan chiroyli so’zana va kashtalar bilan bezatilgan. Sahna to’rida ,,Mehrjon sayliga xush kelibsiz’’shoir osilgan. Zal mehmonlar bilan gavjum. Hammaning chehrasida tabassum. Mayin musiqa yangrayga o’qituvchi hamda boshlovchi chiqishadi.

O’qituvchi:-Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar hamda ota-onalar! Biz sizlar bilan bu yerda xalqimizning kuzgi bayrami –,, Mehrjon sayli’’ni nishonlash uchun to’planganmiz. Barchangizni mana shu qutlug’ kun bilan qizg’in tabliklayman. Davramizga xush kelibsiz, aziz mehmonlar. Navro’z bilan Mehrjon o’zbeklarning eng go’zal, eng tarovatli, eng sevimli bayramlaridir. Navro’z ilk bahorda nishonlanadi va bunda bobodehqon dalada urug’ sochib, mo’l-ko’l g’alla olishni rizq-ro’zimiz bo’lmish nonni serob bo’lishinni niyat qiladi. Bayram ishtirokchilari yangi kun, yangi yil shodiyonasini o’z harakatlarida jozibali ifoda etsa, Mehrjonda esa serhosil bog’u dalalarda yig’ilgan kun ne’matlari qishga tayyorgarlik ko’rishni tarannum etadi. Xalqimiz kuzgi bayram saylining ,,Mehrjon’’ deb atagani bejiz emas.Buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy: ,,Quyosh bilan Oy-falakning ikki ko’zi ‘’ deya attib o’tganlar. Biz Navro’z bilan Mehrjonni zaminimizning ikki ko’zi desak aslo yanglishmaymiz.

Aziz mehmonlar, ushbu ayyom bilan sizlarni yana bir bor qutlab , davrani ochiq deb e’lon qilaman. Musiqa yangraydi.Qo’llariga kuzgi hozil namunalari solingan savat ko’targan bolalar davraga kirib keladilar. Qarsaklar tangraydi. Kuy kuyga ulanadi. Boshiga oltinmisol sap-sariq yaproqlardan sochpopuk taqib olgan, kuz fasliga monand libos kiygan qiz kirib keladi va musiqa ohangiga raqsga tushadi. Boshlovchi: -Ko’zing chaqmoq , yuzing quvnoq, Xush kelibsiz, ey go’zal Kuz! Kuz: -Oltin yaproq, uchar har yoq, Men bilan-chi, yurug’dir yuz. Bugun bayram, tezroq yelay, Dehqon bobom chorlab kelay. Sahnaga chehrasida tabassum, belbog’ini boshiga salla qilib bog’lab olgan, do’ppini o’ziga yarashga, beliga qo’sh belbo’g’, qo’liga ketmon ushlagan dehqonbobo kirib keladi.

Dehqonbobo:(o’zicha) –Mana , kuz ham keldi. Endi yil bo’yi yetishtirgan barcha hosillarimni nest-nobut qilmay tezda yig’ib-terib olishim kerak. Bu yilgi hosil har yilgidan ham mo’l bo’ldi. Nasib qilsa o’zbegimni dasturxoni to’kin, bahorgacha ro’zg’ori obod bo’lishiga ishonaman. Yaratganda ming bora,shukrkim, hosilimdan yuzim yorig’ Shu payt Deqonbobo huzurida Kuz paydo bo’ldi. Kuz: -Tong shamoli olib keldi meni bu tomon, Elchidirman tinglang so’zim, ey dehqonbobo. Kutmoqdadir bolajonlar , kutar ,,Mehrjon’’ , Qutlub sizni deyishmoqda ,,Keling marhabo!’’ Deqonbobo: -Ha, aytgancha, bugun sana yigirma beshdir, Niyatlarim Merhrjonning saylin ko’rishdir. Borishim shart, bolajonlar meni kutmoqda, Ular shodon, menga atab she’rlar bitmoqda. Kuz bilan Dehqonbobo davraga kirib kelishadi. Qo’llarida hosil ko’targan o’quvchilar ularga egilib ta’zim qiladilar. Musiqa chalinadi. ,,Andijon polkasi’’ga hamma raqsga tushadi. Boshlovchi; -Xush kelibsiz, Dehqonbobo , sizga assalom, Horman endi, sizga bo’lsin eng shirin kalom. Hamma: -Assalomu-aleykum, Dehqonbobo! Dehqonbobo: -Salom aziz bolajonlar, rahmat sizga, Davra to’rin ajratibsiz bugun bizga . Sizga barcha hosillarim tortiq bo’sin, Boshlovchi: -Qo’li qadoq Dehqonbobo , sizga rahmat, Charchash nima bilmadigiz chekib zahmat. To’kin hayot seroblikni o’ylagingiz, (Hamma qarsaklar bilan uni olqishlaydi). Hamma: -Dehqonbobo sizga rahmat! (Sahnaga bolalar kirib kelishadi. Ular turli-tuman kuzgi hosil namunalari timsolida.Dehqonbobo: (Hosillarga qarab)… -Ko’z quvnaydi bir qarang, Hosilarim rang-barang. Yana deydi: Hosillarim, tilga kiring har biringiz, Aytib o’ting bolalarga o’z siringiz. Hosillar birma-bir so’laydi. Paxta:

-Oq oltin derlar meni, O’zbekning iftixori. Xirmonimdan tog’ qilay, O’z yurtim obod qilay. Bug’doy: -Lip to’lsin har bir xona, Qop-qop bog’doy, don bilan. To’diray dasturxonni, Tandir-tandir non bilan. Paxta bilan yonma-yon, Doim birga yuramiz. O’zbekiston gerbida, G’oz kerilib turamiz. Kungaboqar: -Qarshi olib quyoshni, Botguncha kuzatamiz, Bahra olib nuridan, Ufqqa uzatamiz. No’xat: -Men deydilar no’xat, Loviyaning do’stiman. Dukaklilar safida Men bekamu ko’tsiman. Tariq: -Mening nomimchi Tariq, O’zim mitti, sap-sariq. Bedanaga ozuqa, Bolalarga shirin bo’tqa. Loviya: -Oppoq yuzda qora xol, Yarashadi o’zimga. <> -deb, Hayron bo’lmang so’zimga Ovqat men bilan shirin, Bilmaysiz buning sirin. (<> qo’shg’ini ijro etiladi). Dehqonbobo: -Gal kepti mevalarga, Quloq soling ularga. Olma: -O’zim xushta’m mevaman, tanga quvvat beraman. Anor: -Ismim anor , alvon rang, Po’stim ochib bir qarang. Donalarim yoqutdek, Tatib ko’rib, siz yayrang. Behi: -Behiman menga boqing, Menni kech kuzda qoqing. Uzum: -Tariflayman o’zimni, Aytibo’tay so’zimni. Keksayu yosh barchasini, Sevar har xil uzumni. Mayiz bo’lay, quriting, Men bilan mehmon kuting. Shaftoli: -Men shaftoli, shaftoli, Ta’mim judayam totli . Xomligimda tukliman, Pishganda suyukliman. Anjir: -Men jannatning mevasi, Tabiat mo’jizasi. Gullamasligim biling, Yeb ko’ri, mazza qiling. O’rik: -Meni sevganlar asli, Kutsin ayni yoz fasli. Tushak qilib olsinlar, Yeysiz to’yib qish fasli. Nok: -Shaklim o’xshash kadiga, Shirasi xo’p to’laman. Xom paytim uzib olmang. Yemay armon qolmang. Jiyda: -Gulim hidi ayniqsa, Darhol uzib olishadi. Mevam pishsa hovuchlab , Cho’ntaklarga solishar. Boshlovchi: -Dehqonbobo sizga bo’lsin, Quvvat doim madadkor. Bilagingiz kuchga to’lsin, Bizlar sizdan minnatdor. Dehqonbobo xayrlashib chiqib ketadi. O’quvchilar kuzatib qoladilar.




Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish