Paxta:
Paxtaoyman men o`zim,
Berilib tinglang so`zim,
O`zbekiston faxriman ,
O`zim juda baxtliman.
Olma:
Olmadir mening ismim,
Biram yoqimli hidim.
Ne‘mat ichra a‘loman,
Yetmish dardga shifoman.
Nok:
Dasturxonlar bezagi,
Mevalarning keragi.
Nok deydilar nomimni,
Tatib ko`ring ta‘mimni.
Anor:
Meni anor deydilar,
Maza qilib yeydilar.
Yoqut misol har donam,
Hurmo menig dugonam.
Xurmo:
Mening nomim Xurmodir,
Demang, ozroq xomroqmi?
Meni to`yib yesangiz,
Aslo kasal bo`lmaysiz.
Yong`oq:
Bahorda to`n bichaman,
Uni kuzda yechaman.
Shamol kelsa guvillab,
To`kilaman duvillab.
Uzum:
Donalarim marjoncha,
Bir boshim naq bir jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonga fayzman.
Kuzda yeb-yeb to`yishar,
Qishga osib qo`yishar.
Boqar shod yosh-qarilar,
Maqtar hatto arilar.
Sabzi:
Yupqagina po`stim bor,
Dalada ko`p do`stim bor.
Maqolda ham yoziqman,
Osha- “Oltin qoziq”man.
Yotsam yerga qapishib,
Dumginamdan tortishib,
Tashladilar o`raga…
Salom palov to`raga.
Tarvuz:
Tarvuzdek shirin ne‘mat
Topilmaydi dunyoda.
Dum-dumaloq shaklim bor,
Biram silliq, ozoda.
Qovun:
Men qovunman sap-sariq,
Men go`yo ulkan tariq.
Beqasam to`nim go`zal,
Ichim go`yoki asal.
1-boshlovchi:Mana bolajonlar mevalarning, sabzavotlarning ham ta‘rifini eshitdik.
2-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat.
O`zbekiston qo`shig`i.
Endi navbat raqsga: 4-“V” sinf o`quvchilariga
1-boshlovchi:
Endi esa so`z navbatini mehmonlarimizga bersak,ular ham o`zlarini fikrlarini bildirsa marhamat.
(Ular meva,sabzavotlarning qanday foydali tomonlari borligini so`rashadi)
2-boshlovchi:
O`quvchilar meva va sabzavotlarning foydasi haqida aytishadi.
1-boshlovchi:
Kelinglar endi sabzavot va mevalar haqida topishmoqlar aytamiz. Zalda o`tirgan topag`on o`quvchilarimiz topishadi.
Gulsiz meva qiladi,
Ko`p yesang til shiladi.
G`ip-g`ildirak oy kulcha,
Bu nima kim biladi? (anjir)
2-boshlovchi:
Beqasamdan to`nib or,
Ichi qizil lolazor. (tarvuz)
1-boshlovchi:
Kech kuzgacha uzilmas,
To yozgacha buzilmas.
Derlar ming dardga davo
Uning nomidir ….. (qovoq)
2-boshlovchi:
Yer tagida yetilar,
Ko`p vitaminli bo`lar.
Shirasi bor,lrk tuzsiz,
Palov pishmaydi usiz. (sabzi)
1-boshlovchi:
Bordir shundy o`simlik,
Kumush misol rangi bor.
Udir zamin farzandi,
Ham uning jigarbandi.
Quyoshga qarab o`sar.
Nuridan yayrab o`sar,
Bu qay o`simlik qani kim topar? (kungaboqar)
1-boshlovchi:
Rahmat topqir bolajonlar,endi maqollar aytish orqali zehningizni sinab ko`ramiz.
Bolalar so`zlarning ko`rkidir maqol,
Maqollar kattayu- kichikka yoqar.
Odobu-axloqni o`rgatar bizga,
Maqolga marhamat deyman men sizga.
Qani mehnat haqida kim maqollar biladi?
1-o`quvchi:
Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
2-o`quvchi:
Mehnat- mehnatning tagi rohat.
3-o`quvchi:
Mehnat qilib topganing , qand-u asal totganing.
4-o`quvchi:
Daraxt yaprog`I bilan ko`rkam,
Odam mehnati bilan.
5-o`quvchi:
Vatani borning i baxti bor,
Mehnati borning- taxti.
2-boshlovchi:
Rahmat topqir bolajonlar,endi tez aytishlar orqali zehningizni sinab ko`ramiz.
1-boshlovchi:
Tez ayting hoy tez ayting
Tez aytishni ho`p ayting
Bir nafasni ichida
To`xtatmasdan zo`r ayting.
1-o`quvchi:
Savatdagi sariq sabzi
Sarg`ayibdi,so`libdi.
Saodat-chi, sabzilarni
Suvga solib qo`yibdi.
2-o`quvchi:
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish.
3-o`quvchi:
Olma shoxida olmaxon,
Olmaxonni olma ,olmaxon.
4-o`quvchi:
Boqining baqlajoni baq-baqaloq.
5-o`quvchi:
Olim Olimadan olma oldimi?
Olima Olimdan olma oldimi?
1-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat.Ular ijrosida raqs:
1-boshlovchi:
Mehrjon bilan Navro`z o`zbek xalqining eng go`zal,eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xaqchil,hayotiy an‘analardir.
2-boshlovchi:
Mehrjon bayrami hosil ko`tarib,qishga tayyorgarlik ko`rishdir,to`kin-shochinlikka shukronalik,hayotga muhabbat ramzidir.
Shu payt Shum bolani Boy ota quvlab,davraga kirib keladilar. Shum bolaning qo`lida-qopda olmalar bo`ladi.
1-boshlovchi:
Iye o`quvchilar axir buShum bola bilan Boy ota-ku.
(Shum bola boshqaruvchining orqasiga yashirinib oladi.)
Shum bola:
Voy-dod,qutqaringlar! Boy ota meni o`ldirib qo`yadi.
Boy ota:
Sen yaramas shoshmay tur,bir ta‘ziringni berib qo`yay.
1-boshlovchi:Nima bo`lyapti o`zi tushuntirib beringlar?
Shum bola:Men sizga aytsam opajon,Boy otaning bog`larida ishlayotgan edim.
1-boshlovchi:Xo`sh
Shum bola:Innay keyin,daraxtga chiqdim.
1-boshlovchi:Daraxtga chiqibsan…
Shum bola:Innay keyin,olmalarni terdim.
1-boshlovchi:Olma terding
Shum bola: Innay keyin,olmalarni qopga soldim.
Boy ota: Yolg`on gapiryapsan,o`g`irlading,yaramas.
Shum bola: O`g`irlamadim,ish xaqim evaziga oldim.
Boy ota: Qanaqa ish xaqi,men senga ish xaqini ko`rsatib qo`yaman.
Shum bola: Opajon,olmalarni o`zim uchun olganim yo`q,mehrjon bayramida bolalarga sovg`a qilmoqchi edim.
Boy ota: Bolalarga sovg`a emish,bu mening olmalarim, ber bu yoqqa.
(Ular qopni talashadilar)
1-boshlovchi:Boy ota, bayramni xursandchilik bilan o`tkazaylik,urushmanglar.
Boy ota: Ho,men xech kimga narsa bermayman,bersam kasal bo`lib qolaman.
1-boshlovchi:Unda bunday qilaylik.Bolalalar davra olishadi,qopni davra oldiga qo`yamiz.Boy ota,siz o`nga,shum bola chapga davra bo`ylab yugurasizlar.Kim oldin kelsa qopdagi olmalar shu kishiga tegadi.Kelishdikmi?
Shum bola: Men roziman.
Boy ota: Men ham roziman.
1-boshlovchi:Unda boshladik.
(Boy ota bilan Shum bola davra bo`ylab yuguradilar.Boy ota yiqilib,Shum bola marraga birinchi bo`lib yetib keladi.)
Boy ota: Voy belim,voy oyog`im, sen bola, shu yerda ham shumlik qilding. Mayli olmalarimni sizlarga berdim.
1-boshlovchi; Boy ota, siz xafa bo`lmang,bog`ingizdagi olma daraxtlaringiz bundan ham ko`p hosil bersin.
Boy ota: Rahmat qizim,aytganing kelsin.Qani, Shum bola,ketar vaqtimiz ham bo`lib qoldi
Shum bola: Voy Boy ota, axir bayramda o`ynamasdan ketamizmi?
(shox musiqa ostida ular raqsga tushishadi.Bolalarni va mehmonlarni ham raqsga taklif qildilar.So`ng xayrlashib chiqib ketadilar)
2-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat.
1-boshlovchi:
Kechagina yoz edi,
Endi bo`lsa kuz.
Xohla, bog`da uzum ye,
Xohla, anor ye.
Xalqimiz kuzgi bayram saylining nomini “Mehrjon” deb bejiz qo`ymagan.
Dehqon yil bo`yi mehnatining lazzatini totib ko`rayotgan paytda kuz fasli bo`lgan.
2-boshlovchi:
Kuzimizning go`zalligin,
Og`aynilar ko`rganmisiz?
Uzum,olma,nashvatini,
G`arq pishganda yeganmisiz?
Abu Rayhon so`zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki ko`zi bo`lganidek, Navro`z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko`zidir.
1-boshlovchi: Raqs;
1-boshlovchi:
O`zbekiston, ona yurtim,
Bo`lgin sog`-omon.
Boshing uzra tiniq bo`lsin,
Serquyosh osmon.
2-boshlovchi:
Hosilimiz xirmonlari
Osmonga yetsin.
Har bir kuning shodon bo`lib,
Bayramdek o`tsin.
1-boshlovchi:
Hurmatli ustozlar aziz mehmonlar! Shuning bilan biz tayyorlagan bayram dasturi
Nihoyasiga yetdi. Lekin “Hosil bayrami” yurtimizning har bir go`shasida davom etadi.
2-boshlovchi: Bobo dehqonlarimizga sixat-salomatlik tilab qolamiz. Ular yetishtirgan hosillari doim dasturxonlarimiz ko`rki bo`lsin,deya kechamizni yakunlaymiz.
Boshlovchilar: Bayramingiz qutlug` bo`lsin aziz mehmonlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |