21-chizma. To‘g‘ri chiziqli tashkilot tuzilmasi.
YAkka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qo‘l ostidagilar faqat bitta rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor qandaydir ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab o‘tib, farmoyish berish huqukiga ega emas.
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat bo‘linmalarini mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yadiki, ular faqat to‘g‘ri chiziqli rahbarga axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqarish yordam beradilar, ammo o‘zlari boshqarilayotgan ob’ektga ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar bera olmaydilar.
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning o‘zi boshqarayotgan bo‘linma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir birlari bilan muvofiqlashtirilgan farmoyishlarni olinishidir.
To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
Rahbarga nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona ( bo‘linma) faoliyati turlari bo‘yicha keng bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi, axborotlar bilan to‘ldirilishi, qo‘li ostidagilar, yuqori rahbarlar va qo‘shni tashkilotlar bilan aloqaning ko‘pchiligiga ega bo‘lishi kerak.
2.Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi yoki Funktsional tuzilma – butuzilmada boshqaruv ta’sirlari to‘g‘ri chiziqli va vazifaviyga ajradilar va bu ta’sirlardan har bir ijroji uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalarimajmuasini amalga oshiradilar (19-chizma).
Раҳбар
Бош муҳандис
Ходимлар бўлими бошлиғи
Бош ҳисобчи
Ижрочи 1
Ижрочи №
22-chizma. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo‘linmalar) texnik, iqtisodiy va h.k) rahbarlari ijrochilarga o‘z ta’sirini vazifalar bo‘yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir-birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo‘linmalar rahbarlarining harakatlarining muvofiqlashtiradilar va o‘z vazifalarining cheklangan ro‘yxatini bajaradilar (rahbarlar o‘rtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa chizmada ko‘rsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi zarur bo‘lgan zarur qisminigina o‘z ichiga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishi borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo‘lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy ataladilar.
Ijrochi ham o‘zining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga bo‘ysinishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar:
rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutahassislarning jalb qilinishi;
nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;
vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratining tez o‘sishi.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari quyidagilar:
yakka xukmronlik tamoyilining buzilishi;
javobgar shaxsning yo‘q bo‘lishi;
bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishning qiyinligi.
3.To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma yoki Chiziqli funktsional tuzilma-o‘z ichiga ham to‘g‘ri chiziqli va ham vazifalikilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo‘ysinishni yaratadi. Boshqaruvning ko‘pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati (vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy bo‘linmalar quyida turuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida) berish huquqiga
egalar Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxassislarning yuqori omilkorligi, to‘g‘ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashdan ozod bo‘lganliklari natijasida operativ boshqaruv
Do'stlaringiz bilan baham: |