Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishicha, ya’i ularning malakasiga, tajribasiga, zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birichi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarishda puxta o’ylab oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti, deb ataladi.
Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklarida biri shundaki, bunda ishchi ishning ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi:
1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.
2.Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi.
3.Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi korxonalarda mehnat taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:
1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.
2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat. Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatii nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
4.Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish, frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
5.Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimotining eg samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: a) malakali ishchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan ishlar bilan bad qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganida malakali ishchi kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi; b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan iplarni ulashdan) xolos qilish kerak. Shunday qilinganida mashinalarning to’xtab turishi kamayadi, mehnat samaradorligi oshadi; v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarini imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar yetarli miqdorda mavjud bo’lib, ish o’rinlari ta’minlanishi shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha bir xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan band qilish mumki; g) yuqori mehnat samaradorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat taqsimotida ishchilarning o’zaro bir-birlariga yordami uyushtiriladi. Ammo, bunda funktsiyalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishga yo’l qo’ymaslik lozim bo’ladi; d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti ish jarayonida mavjud iqtisodiy (makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi korxonalarda mehnat samaradorligini o’stirish, hamda mahsulot sifatini yaxshilash nazarda tutiladi), fiziologik (unda ishdagi bir xillik kishi tanasining turli qismlariga og’irlik (nagruzka) bir tekis bo’lmasligi, uzoq vaqt davomida ishda bir xil harakt natijasida toliqiy yuz bermaydigan bo’lsin) va sotsial (unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qo’shib olib boriladigan bo’lib, mehnat yoqimli bo’lsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut kamayib borsin) muammolari yechib borishni hisobga olib amalga oshirilishi lozim.
Mehnatni tashkil etish, uning muhim qismi bo’lgan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini chuqur tahlil qilish va bir qator chora-tadbirlar belgilash zarur. Bunday tahlil qilishning asosiy bosqichlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 1.Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko’lamlarini, texnologik jarayonlar, mashina va asbob-uskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. 2.Ishchilar mehnatining murakkabligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi. 3.Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo’linishi; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar o’rtasidagi aloqalarni o’rganish; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qo’shib bajarib turish yoki qismlarga bo’lish. 4.Ish vaqtidan mashinalar, hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bo’lishini, hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi «qaltis joylar»ni aniqlash; 5.Korxonada qo’llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil qilish: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar bo’yicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini o’rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi–ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; mehnat sharoitlarii yaxshilashning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |