5-bob. Protez qo‘ydirganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
Oldingi tahrirga qarang.
40. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilititsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida protez qo‘ydirgan shaxslarga bemorning markazda bo‘lgan barcha davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2667-3, 15.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2667-3/0675-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |