Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari - Хo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim. O’zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti.
- Aynan shu maqsadda ish turlari va omborlar xarajatlari to’g’risida, materiallar sotib olish baholari, yarimfabrikatlar tayyorlash tannarxi, ishlab chiqarishga berilgan moddiy resurslarni baholash to’g’risidagi ma’lumotlar yig’iladi va umumlashtiriladi. Bunda sotib olish, yuklash va tushirish, saralash va sifatni baholash, saqlash, ish o’rinlarining saqlanishi va ularning bajarilishi bo’yicha nazorat jarayonlari bo’yicha xarajatlar smetasini tuzishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida: - a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda;
- b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to’g’risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda;
- v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam bermoqda.
- Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan o’zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilmoqda va amaliyotda qo’llashga taklif qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobining elementlari - Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo’yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. Chunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o’zlarining aksini ko’radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo’lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo’yicha sarflangan umumiy xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |