Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi



Download 46,5 Kb.
Sana16.11.2022
Hajmi46,5 Kb.
#866985
Bog'liq
Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi


Aim.uz

Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi
Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan:

  • ishbay haq to`lash;

  • vaqtbay haq to`lash.

Mehnatga ishbay haq to`lash – xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to`lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to`lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me’yor belgilash imkoniyati bo`lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo`lganda keng qo`llaniladi. Ish haqi to`lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi.
Vaqtbay haq to`lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat, smena, kun uchun to`lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to`lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo`lishi mumkin. U yoki bu haq to`lash tartibini qo`llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog`langanligiga, ya’ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog`liq.
Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra:
- asosiy ish haqi to`lashga;
- qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi.
Asosiy ish haqi –agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo`jaligi talablariga ko`ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo`yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to`lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi.
Qo`shimcha ish haqi – qo`shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo`shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to`lanadigan ish haqidir. Qo`shimcha ish haqi natural va pul holida to`lanishi mumkin. Qo`shimcha ish haqining hajmi juda katta bo`lmasligi kerak. Aks holda u asosiy ish haqini ahamiyati va rolini keskin kamaytiradi.
Mehnatga haq to`lashning ham asosiy, ham qo`shimcha turlari juda ko`p ko`rinishda bo`lganligi sababli oqilona foydalanish uchun ular ma’lum tizimda qo`llaniladi.
Mehnatga haq to`lash tizimi – o`zaro bog`langan, bir maqsadga qaratilgan, bir-birini to`ldiruvchi turli haq to`lash shakllarining o`zaro yig`indisidir.
Ishbay haq to`lash tizimlariga:
- oddiy chegaralanmagan ishbay tizimi;
- ishbay progressiv tizim;
- ishbay mukofot tizimi;
- akkord mukofot tizimi.
Mehnatga haq to`lashni oddiy chegaralanmagan tizimida xodimlarga ish haqi mehnat me’yorining bajarilish darajasidan qat’i nazar o`zgarmagan stavka va rassenkalarda to`lanib boriladi. Masalan, paxtani qo`lda terishni olsak, me’yor 60 kg. Belgilangan, ish tarif jadvalining IV razryadi bo`yicha ta’riflashtirilgan bo`lsa, 1 kg paxta uchun 25 so`m to`lash kerak bo`ladi. Bunda ishchiga me’yorni bajarish va bajarmasligidan qat’iy nazar (ya’ni qancha paxta terishidan qat’i nazar) har bir kilogramm tergan paxtasi uchun 25 so`m haq to`lanib borilaveradi.
Ishbay progressiv tizimda me’yordan ortiq bajarilgan ish yoki yetishtirilgan mahsulot uchun progressiv ortib boruvchi stavka yoki rassenka bo`yicha haq to`lanadi. Masalan, paxtani qo`lda teruvchi xodimlarga me’yor chegarasidagi ish uchun 1 kg -25 so`m bo`lsa, 60-80 kg-gacha 30 so`m, 80-100 kg 35 so`m va h.k. tartibda haq to`lab boriladi yoki me’yordan ortiq bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulotning har 1 foizi uchun ish haqi stavkasi yoki rassenkasi ma’lum foizga ortib borishi mumkin.
Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi.
Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofot beriladi.
Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq.
Vaqtbay haq to`lash tizimi:
- oddiy vaqtbay;
- vaqtbay mukofot tizimlaridan iborat.
Oddiy vaqtbay shaklda ish haqi xodimlarning ish bajargan vaqtlari (soat, smena, kun, oy va h.k.) uchun to`lab boriladi. Vaqtbay mukofot tizimida yuqoridagi tartibdan tashqari ma’lum ko`rsatkichlar uchun mukofot beriladi.



Aim.uz



Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish