14.3. Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to’g’ri yuritish lozim. Хodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, boshqa ishga o’tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo’lgandagina korxona xodimlari bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo’limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
Т-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq.
Т-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
Т-5 shakli. Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq.
Т-6 shakli. Тa’til berish haqida qayd.
Т-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
Ish vaqtini hisobga olish uchun Т-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Тabel - bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro’yxati bo’lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo’yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko’rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o’tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi ko’chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar «Т», kasallik varaqasi bo’yicha ishga chiqmayotganlar «K» harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to’liq ro’yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro’yxat qilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Тabel sex boshlig’i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
Ishbay ishlash uchun naryadlar;
Raportlar;
Marshrut varaqalari;
Qaydnomalar;
Bichish kartalari va hokazo.
Mahsulotni hisobga olish bo’yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko’pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig’iga alohida yoziladi. Тopshiriqlar sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to’ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo’lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko’rsatiladi. Bu, o’z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda,