Mehnatdan qoniqish hosil qilish va uning omillari


Ishga joylashtirishga doir xuquqiy munosabatlar



Download 30,14 Kb.
bet7/12
Sana30.06.2021
Hajmi30,14 Kb.
#105482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mehnatdan qoniqish hosil qilish va uning omillari

Ishga joylashtirishga doir xuquqiy munosabatlar.

O`zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta`minlash to`g’risida”gi 1998 yil 1 maydagi qonuni aholini ish bilan ta`minlashga oid munosabatlarni tartibga solish, erkin mehnat qilish tamoyilini amalga oshirish borasidagi kafolatlarni aniq belgilab beruvchi normativ huquqiy hujjatdir. Ushbu qonun O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham tadbiq etiladi. (SHu qonunning 1-moddasi).

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 13 fevraldagi Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi.

Mazkur farmonga ko`ra, mehnat bozorini shakllantirish va mehnatga qobiliyatli aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta`minlash borasida faol davlat siyosatini amalga oshirish, mehnat resurslari balanslari asosida ish joylarini yaratish va kadrlar tayyorlash sohasida aniq maqsadga yo`naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish ushbu vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilangan.

Aholini ish bilan ta`minlash sohasida davlat siyosatini yuritish hamda fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning mahalliy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Aholini ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar mustaqil, shu bilan birga uzviy bog’langan quyidagi munosabatlardan iborat:

- mahalliy mehnat organi bilan ish qidirayotgan fuqaro o`rtasidagi huquqiy munosabatlar;

- mahalliy mehnat organi bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar;

- ishsiz shaxs bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar.

Bu huquqiy munosabatlarning har biri o`z sub`ektlari, mazmuni jihatidan mustaqildir. Lekin ular fuqaroni ishga joylashtirishda ko`mak berish, ish beruvchilarni munosib kadrlar bilan ta`minlash kabi umumiy maqsad yo`lida bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.

Ish qidirayotgan va mehnat organiga murojaat qilgan fuqaro taklif etiladigan ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasbga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashdan o`tish, malakasini oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega. MKning 102-moddasiga ko`ra, ish beruvchi kamida 2 oy oldin ishdan bo`shatilishi mumkin bo`lgan har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi va mehnat haqi miqdorini ko`rsatib, bu haqda mahalliy mehnat organiga tegishli ma`lumotnoma taqdim etishi shart.

Ma`lumki, mahalliy mehnat organlari ish beruvchiga nisbatan ma`muriy-huquqiy vakolatlarga ega emas. SHuning uchun mehnat organlari tomonidan fuqarolarga berilgan yo`llanmalar asosan uni ishga qabul qilishda tavsiyaviy xususiyatga ega bo`ladi va bevosita qonunchilikda ko`rsatilgan ayrim hollardagina ish beruvchi uchun ish qidirayotgan fuqaro bilan mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organi chiqargan qarorni bajarmagani uchun ish beruvchidan har bir yaratilmagan ish joyi uchun xodimning yillik o`rtacha ish haqi miqdorida jarima undiriladi.

Mahalliy mehnat organi bilan ish beruvchilar o`rtasidagi huquqiy munosabatlardagi e`tiborga loyiq holat shundan iboratki, ish beruvchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdordan ortiqroq qo`shimcha ish joylarini yaratish, shuningdek, bunday shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida qilgan sarf-harajatlari mahalliy byudjet, ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari va boshqa mablag’lar hisobidan qoplanadi.

Ish qidirayotgan fuqaro bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar, odatda, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan ilgariroq vujudga keladi va mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqaroning ishga joylashuvi yoki yangi kasb bo`yicha o`qishi uchun berilgan yo`llanma ish beruvchiga topshirilgandan so`ng ro`yobga keladi.


Download 30,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish