Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

12.7. Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish 
Qurilish    konstruksiyalari  ekspluaatsiya  qilishni  jarayonida  doimiy  va 
muvaqqat  yuklar  keltirib  chiqaruvchi  kuchlar  ta’siridan  tashqari  atrof  muhitning 
tajavvuzkor  ta’siri  oschtida  bo‘ladilar,  buning  natijasida  esa  ularning  eskirishi 
tezlashadi. Tashqi muhitning tajavvuzkor ta’siri ostida qurilish konstruksiyalarida 
sodir  bo‘luvchi  eskirish  korroziya  deb  ataladi.  Jarayonning  mexanizmi  bo‘yicha 
koroziya quyidagi  turlarga ajratiladi: 
1) 
ximiyoviy: 
2) 
elektroximiyoviy: 
3) 
fizik-ximiyoviy: 
4) 
fizik: 
konstruksiya ashyosning  ximiyoviy koroziyasi tajovvuzkor muxit bilan o‘zaro 
ta’sir etish natijasida ashyoning qaytmaydigan o‘zgarishga olib keladi. 
 
Elektroximiyoviy  korroziyaga    atmosfera  sharoitlarida  eksplutatsiya 
qilinuvchi  metall    konstruksiyalar,  hamda  isitish,  issiq  va  sovuq  suv  ta’minoti 
quvur 
o‘tkazgichlari 
tizimi 
va 
er 
osti 
konstruksiyalari 
duchor 


 
314 
 
bo‘ladilar.Strukturadagi qaytmas o‘zgarishlar metall- tajovvuzokr  muxit chegarasi 
elektr  toki  hosil  bo‘lishi  natijasida  ro‘y  beradi.  Eksplutatsiya  sharoitlarida 
ko‘pincha konstrkutsiya ashyosi bilan tajovuzkor muhitning o‘zaro ta’siri natijasda 
uning jismoniy buzulishi sodir bo‘ladi. Agar korroziya konstruksiya bunday xodisa 
fizik  ximiyoviy  korroziya  (bir  necha  komponentlarning  ishqorlanishi  natijasida 
kristallanishi)  deb  ataladi.  Agar  korroziya  konstruksiya  ashyosida  ximiyoviy 
o‘zgarish sodir etmasa, u holda u fizik korroziya  deb ataladi. 
Bino  poydevor  ko‘pincha  sanoat  oqovalari  bilan  ifloslangan  minerallangan 
grunt  suvlari  bilan  duch  kelishi  oqibatida  suyuqlik  poydevor  ashyosining 
bo‘shliqlarga kiradi. Grunt suvning satxi pasayishi bilan ashyo bo‘shlig‘idagi suv 
har  qanday  holda  bo‘lmasin  yo‘qoladi.  Bo‘shliqda  faqatgina  ma’lum  bir  miqdor 
tuz  va  boshqa  moddalar  qoladi.  Bu  jarayonning  yillar  davomiada  takrorlanishi 
oqibatida fizik korroziya yuz beradi. 
Korroziya jarrrayoi suyuq tajavuzkor muhitda anchagina tezroq amalga oshadi. 
Konstruksiyaning    quruq  ashyosiga  isbatan  changsimon  va  qattiq  zarrrchalardan 
iborat gaz holatidagi muhit tajavvuzkor hisoblanmaydi. 
Biroq  qurilish  kolnstruksiyasining  yuzasida  ashyoga  nisbatan  tajavuzkor 
bo‘lgan  mineral  moddaning  to‘yingan  eritmasidan  iborat  yupqa  qatlam  hosil 
bo‘ladi. 
Korroziya  yuz  beradigan  joyda  yuza  qatlami  buzulishining  va  uning 
mustahkamligini  pasayishining  o‘rtacha  yillik  tezligi  bir  necha  yillar  davomida 
(kamida uch yil) asliy tekshiruv ma’lumotlari ko‘rinishida aniqlanadi. Tajavvuzkor 
muhit  tarkibi bir necha gaz bo‘lgan   holda  tajavvuzkorlik  darajasi tajavvuzkorligi 
ko‘proq bo‘lgan gaz bo‘yicha qabul qilinadi. 
Qurilish konstruksiyalaridagi korroziya jarayonlarining hiddati gazli muxitning 
ta’sir darajasiga, hamda ashyoning zichligiga bog‘liq. /ovak ashyolar korroziyaga 
ko‘proq  moyil  hisoblanadi  (ohaktoshlar,  betonlar,  g‘isht  va  boshqalar).        Zich 
ashyolar  (metallar,  tabiiy  tosh  ashyolar)  asosan  tashqi  yuzasidan  korroziyalanadi. 
Tajavuzkor  gazlar  konstruksiyaning  zich  ashyolariga  2  sm  gacha  kirishi 
mumkin,beton kabi g‘ovakli ashyolarga esa 10 sm gacha chuqurlashishi mumkin. 


 
315 
 
Ashyolarning  namligi  yuqori  bo‘lganida  gazlar  kislota  hosil  qilishi,  bu  esa  o‘z 
navbatida    konstruksiyani  tez  buzulishiga  olib  kelishi  mumkin.  Kislotalar 
metllarga,  sementli  betonlarga,  silikat  g‘ishtlarga  va  cho‘kindi  tog‘  jinslariga 
nisbatan  (ohaktosh,  dolomit  va  boshqalar)  tajavvuzkor  hisoblanadi.  Sopol 
buyumlar,  g‘isht  va  suyuq  shisha  asosidagi  betonlar  kislota  ta’siriga  qarshi 
korroziya  barqarorligiga  ega,shubilan  bir  vaqtda  ular  ishqorlardan  osongina  
emirladi. 
O‘simlik  va  hayvon  yog‘ining  qurilish  konstruksiyalariga  bo‘lgan  tajavuzkor 
shundan  iboratki,  konstruksiya  ishga  kirgan  yog‘  kapillyar  so‘riilish  natijasida 
ashyo strukturasini qoqiluvchi pona holatda buzadi.  
Qurilish  konstruksiyalari  havodagi  namlik  bilan  va  turli  sanoat  gazlari  bilan 
qo‘shilib  kuchli  tajavuzkor  muhit  hosil  qiluvchi  changlardan  jula  tez 
korroziyalanadi.  Turli  moddalarning  changi  qurilish  konstruksiyasining  yuzasiga 
o‘tirib bug‘ va namlikni o‘ziga tortib oladi va tajavuzkor eritmalar hosil bo‘ladi.  
Qurilish  konstruksiyalariga  nisbatan  ta’sir  etish  tavsifi  bo‘yicha  tajavuzkor 
muhitlar 2 guruhga bo‘linadi: 
1) fizik faol; 
2) ximiyoviy faol. 
Fizik  muhit  konsturksiya  ashyosida  qaytmas  o‘zgarishlar  keltirib  chiqarib 
uning ximiyoviy bog‘lamlarini buzmaydi.  
Ximiyoviy  tajavuzkor  muhit  esa  fizik  muhitdan  farqli  qaytmas  o‘zgarishlarni 
ashyoning strukturasida bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bir vaqtda sodir etadi.  
Tajovuzkor  muhitning  ayrim  turiga  biologik  muhit  aloqador.  Ko‘pgina 
mikroorganizmlar  (bakteriyalar,  mikroblar,  turli  qo‘ziqorinlar)  qurilish 
konstruksiyalarining ayrim ashyolariga nisbatan ko‘proq tajavuzkor hisoblanadi.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish