Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
 


  6 
 
 
 
I BOB.   “BINO VA INSHOOTLAR XAVFSIZLIGI” FANINING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. 
Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va 
ularning tahlili 
 
Respublikamizda  oxirgi  24  yil  davomida  qurilish  sohasida  keskin 
o‘zgarishlar,  yangi  ko‘rinishdagi  zamonaviy  binolar,  chet  ellarda  tan  olingan 
hashamatli  imoratlar  qad  ko‘tardi.  Ayniqsa  Toshkent,  Samarqand,  Nukus  va 
boshqa  viloyatlarda  saroylar,  markazlar,  sport  komplekslari,  mehmonxonalar, 
qolaversa  Qashqadaryo,  Buxoro  viloyatlarida  ulkan  sanoat  inshootlari  qad 
ko‘tarib halq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Respublika poytaxti Toshkent 
shahrida Interkontinental, Milliy Bank, mehmonxonalar binolari, saroy va sport 
komplekslari,  metro  stansiyalari,  uzun  ko‘priklar  qurilish  imkonini  ko‘rsatib 
shaharni bezab turmoqda. 
Toshkent  shahri  2000  yildan  ortiqroq  tarixga  ega.  Bu  davr  ichida  u  oddiy 
manzilgohdan jahondagi yirik shaharlardan biri O‘zbyokiston Respublikasining 
poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida shahar o‘zining tinch 
hayotidagi  muhim  voqealarni  va  suronli  jangu-  jadalni,  yuksalish  va  inqiroz 
davrlarini  boshidan  kechirdi.  Necha  bor  shahar  vayron  bo‘lib,  qayta  qad 
ko‘tardi. Qadimiy o‘rnidan necha bor siljib, nomi ham bir necha marta o‘zgardi. 
Toshkent - O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Boshqa mamlakatlar 
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga imkoniyat tug‘dirgan Buyuk Ipak yo‘li bu 
shahar  orqali  o‘tgan  edi.  Qadimiy  Shoshda  turli  davrlar  san’ati  va  qurilish 
madaniyatini  aks  ettiruvchi  ko‘plab  me’morlik  yodgorliklari  saqlanib  qolgan. 
Mingo‘rik, Oqtepa, Xonobod va boshqa maskanlarning arxeologik yodgorliklari 
shaharsozlik bu erda ilk o‘rta asrlardayoq gurkiraganidan dalolat beradi. Arablar 
fatxidan  keyin  hozirgi  Toshkent  hududida  shahar  hunarmandchilik  manzillari: 
Ko‘kcha, Kallaxona, Tanhoshahar va boshqalar vujudga kelgan. 
XIII asrda Toshkent ham vahshiy
 
Chingizxonning qo‘shinlari oyog‘i ostida 
toptaldi.  Amir  Temur  davrida  shahar  ko‘kragiga  shamol  tegdi.  Uning 


  7 
 
 
tuzilmasida ark ajralib turar, shahar bir necha darvozali devor bilan o‘ralgan edi. 
Shahar  miqyosida  Xazrati  imom  Zayniddin  Quyi  Orifoniy,  SHayhontaxur  kabi 
xushsurat  yodgorlik  majmualari  bunyod  etildi.  Ulardan  bir  qismi  bizgacha 
saqlangan,  XVI  asrning  ikkinchi  yarmida  Shahriston  chekkasida  Ko‘kaldosh 
madrasasi qad rostlaydi. SHahar daxa deb nomlangan: Shayhontaxur, Ko‘kcha, 
Sebzor  va  Beshyog‘och  singari  qismlardan  tarkib  topgan.  Toshkent  XIX  asrga 
qadar qo‘shni mamlakatlar va ko‘chmanchi qabilalarning hujumlariga uchragan, 
biroq shunga qaramay, u qayta va qayta qaddini rostlayvergan.  
Toshkentning  Eski  shahar  hududida  shahar  rivojlanib  ravnaq  topib,  o‘z 
izlarini  qoldirgan.  Toshkent  shahrining  Choshtepa  va  Yangi  shahar  hududidagi 
Mingo‘rik-Afrosiyob  arxeologik  yodgorliklari  bo‘lgan.  SHaharning  keyingi, 
uchinchi  davri  Binkat  (Beruniy  bo‘yicha  turkiylar  “Toshkent”  deb  atalgan 
shahar) bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar (V.Bartold, M.Masson, YA.G‘ulomov 
va  boshqalar)  fikriga  ko‘ra,  Binkatning  markaziy  qismi  Eski  Jo‘va,  Xadra, 
Chorsu  oralig‘ida  joylashgan.  Ark  (“Ko‘hna  diz”  ham  deyilgan,  Eski  Jo‘va 
tepaligida)  Kalkovuzdan  chiqqan  Jangob  va  Registon  ariqlari  (60-yillarda 
ko‘milib  ketgan)  oralig‘i  uchburchak  shaklidagi  joyni  egallagan  edi  deb,  faraz 
qilinadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish