3.3. Ko‘priklar
Ko‘priklar asosan quyidagi holatlarda quriladi: noqulayliklarni bartaraf
etish maqsadida daryolar va boshqa suv xavzalari ustidan, yo‘llar ustidan
(puteprovodlar). jarliklar va qiyaliklar orqali (estakadalar) o‘tkaziladi; vazifasiga
ko‘ra; temir yo‘l ko‘priklari, avtomobilь yo‘llari ko‘priklari, shahar ko‘priklari,
piyodalar uchun ko‘priklar, bundan tashqari transport vositalarining birgalikda
o‘tishilari uchun, suv ta’minoti uchun (akveduklar). neft va gaz maxsulotlarini
o‘tkazish uchun quriladi; ishlatiladigan qurilish materiallari bo‘yicha: - yog‘och
ko‘priklar, tosh ko‘priklar, temir-beton ko‘priklar, temir ko‘priklar bo‘ladi.
Ko‘priklar qurilishiga sarflanadigan harajatlar yo‘l qurilishining 15 % ni,
tez yurar yo‘llar qurilishida esa undan ham ko‘proqni tashkil etadi. Ko‘priklarga
mustahkam, ishonchli va umrboqiy bo‘lishi uchun alohidagi talablar qo‘yiladi:
ko‘prik konstruksiyalarini zavodda industrial usulda tayyorlash, montaj ishlarini
mexanizatsiyalashtirish va o‘z navbatida ishlarni tez va yuqori sifatda
bajarilishini ta’minlash talablari qo‘yiladi.
51
Ko‘priklar, odatda, ustunlar va oraliq qurilmalardan tashkil topadi. Oraliq
ko‘prik qurilmalari daryo (suv transportlari qatnovi o‘tgan joylar) va qirg‘oq
(qolgan qismi) turlariga bo‘linadi. Oraliq ko‘prik qurilmalarining qatnov qismi
asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardan pastda va yuqorida joylashishi
mumkin. Ko‘prik ustunlariga yuklar ustun tirkaklari orqali uzatiladi. SHunday
sistemalar ham uchraydiki (masalan, ramali), ularda oraliq qurilma ustunlar
bilan birgalikda yaxlit sistemani tashkil etadi.
Ko‘priklarning asosiy o‘lchamlari: to‘liq, uzunligi L; oraliq qurilmalar
ustunlarining markazlaridan o‘lchanadigan I
1
, I
2,
I
3
., hisobiy oralig‘i; ustunlar
oraliqlari I
01
, I
02
, I
03
; qatnov qismining va piyodalar yo‘lining kengligi.
Konstruksiyaning balandlik bo‘yicha holati satxlar (otmetka) bilan belgilanadi.
Suv tarnsporti qatnaydigan joylardagi ko‘priklar balandligi hamda asosiy
oraliqlarning o‘lchamlari odatda suv transportini o‘tkazish shartidan aniqlanadi.
Puteprovodlar uchun oraliq, uzunligi va ko‘prik balandligi uning ostidan o‘tgan
yo‘lning gabaritlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Boshqa vaziyatlarda esa
qatnov qismining satxi odatda ko‘prik ustidan o‘tuvchi yo‘lni trassalash
shartlaridan kelib chiqiladi. Oraliqlar soni va uzunligi ko‘prik loyihasini bir
nechta variantlarini taqqoslash orqali iqtisodiy tejamli variantidan kelib
chiqiladi. qatnov qismining va xizmat trotuarlarining kengligi hamda ko‘prik
osti erkin soxasining kengligi va balandligi ma’lum tartibda harakatlanadigan
transportini to‘xtovsiz xarakatini ta’minlashi lozim. MDX davlatlarida
ko‘priklarning qatnov qismining kengligi bitta temir - yo‘l uchun 4,9 m.ni
(xizmat trotuarlari bilan birgalikda) tashkil etadi. Avtomobil yo‘llari uchun
mo‘ljallangan ko‘priklarning qatnov qismlari esa harakatlanadigan avtomobillar
uchun ajratilgan polosalar soniga bog‘liq (polosalar kengligi 3,5-3,75 m
bo‘lganda).
Ko‘priklar asosiy konstruksiyalari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
to‘sinli ko‘priklar, arkali ko‘priklar, ramali ko‘priklar, osma ko‘priklar, vant
sistemali ko‘priklar, aralash konstruksiyali_ko‘priklar. Alohidagi ko‘priklarni
52
suv-ustida bevosita joylshtirilgan ko‘priklar, ajraluvchi ko‘priklar va yig‘ma
ajralma ko‘priklar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |