5.10.Konstruksion materiallar va metallar korroziyasi
Kishilar ehtiyoji uchun metallarni kirib kelishi va metallurgiya sanoatini
rivojlanishi bilan metallarni emirilish sabablari ustida ko‘proq o‘ylashga to‘g‘ri
keldi
Metallar korroziyasi va metallarni korroziyadan ximoya kilish to‘g‘risidagi
ta’limotga asos solgan olim M.V.Lomonosovdir. Lomonosov XVIII asrning
urtalarida kislotalarning metallarga ta’sirini tekshirar ekan, metallarning
korroziyalanish xodisasi tuzlarning suvda erish xodisasidan katta fark kilishini
aniqladi, metallarning passiv xolatini kashf etdi va ularning oksidlanishida
bo’ladigan xodisalarning moxiyatini birinchi bo‘lib tushintirdi. SHveytsariya-
lik fizik-kimyogar Artur de lya Riv 1830 yilda toza ruxning va metall
kushimchalari bilan ifloslangan ruxning kislotada erishiga oid tajribalar asosida
mikrogal’vaniq elementlar to‘g‘risidagi gipotezani ilgari surdi,bu gipotezaga
ko’ra kislotaga tushirilgan metall sirtida mikroskopik gal’vaniq juftlar xosil
bo’lishi xisobiga metall koroziyalanadi, bunda metallning uzi anod vazifasini,
kushimchalarning zarrachalari esa katod vazifasini bajaradi.
Metallarningtashqimuxit bilan uzaro fizika-kimyoviy ta’siri oqibatida
emirilishi metallar korroziyasi deyiladi. Korroziya atamasi lotincha sorrodere
suzidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi emirmoq demakdir. Metallar
korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexaniqaviy xossalari pasayib ketadi.
Korroziya xodisasi mexanizmlarning ishkalanuvchi qismlari orasidagi
ishkalanishni kuchaytiradi, jixozlarning metall qismlarining elektrik xossalarini
pasaytiradi.
Metallarning korroziyalanishi katta zarar keltiradi. Keltirilgan zarar
miqdorini quyidagilar belgilaydi:
146
1) Korroziyalanishdan yaroksiz xolga kelgan jixozlarni yoki ularning
yaroksiz xolga kelgan qismlarini almashtirish uchun sarflanadigan mablag;
2) Korroziyalanishdan ximoya kilish ishlari uchun ( gal’-vaniq , metall, lok
yoki buyovchi moddalar bilan koplash , ingibitorlar ishlatish va x.k.) sarflangan
xarajatlar ;
3) Korroziyalaniщdan kukunga aylanib butunlay yaroksiz xolga kelgan
metallar narxi belgilaydi.
Mutaxassislarni xisobiga ko’ra har yili, korroziyalanish natijasida isrof
bo’ladigan metallarning miqdori, dunyo bo’yicha olganda, suyuklantirib
olinadigan barcha qora metallning 10-15 % ga to‘g‘ri kelar ekan. Bundan
tashqari korroziyalanish natijasida jixozlarning ishlab chikarish kuvvatlarini
kamayishi, suyuqlik va gazlarni ularning tirqish va teshiklaridan oqib
isroflanishi, ishlab chiqariladigan maxsulotlarni korroziyalanish mahsulotlari
bilan ifloslanishi, korroziyalanish natijasida paydo bo’lgan teshik va tirkishlarni
yamash uchun mehnat, mablag va kushimcha metallar sarflanishi va x.k. lar xam
korrziyalanishdan vujudga kelgan xarajatlarga, ya’ni zararga kiradi. O’rtacha
qilib olganda xar yili korroziyalanishdan kuriladigan zarar AQSH da 15 mlrd.
dollarga, Angliyada 1,5 mlrd. funt sterlinga, GFR da 7 mlrd. markaga va x.k.
boshqa davlatlarda xam shu katori sarf-xarajatga to‘g‘ri keladi. Har yili ishlab
chiqariladigan kora metallning 20-30 mln. tonnasi korroziyalanishga sarflangan.
Xalq xo’jaligiga keltiriladigan zarar har yili 14-15 mlrd. So’mni tashkil etgan
(1990 yilgacha bo’lgan ma’lumot). Ma’lumki metalldan yasalgan jixozlar narxi
metallning uz narxidan bir necha yuz marta kimmat turadi va shunday jixozlarni
korroziyalanishi natijasida ular yaroksiz holga keladi.
Xulosa qilib aytganda korroziyalanish natijasida metall buyumlar uzining
kimmatli texnik xossalarini ya’ni kattikligini, yaltirokligini, mexaniq
pishikligini, elektirik xossalarini va shuningdek boshqa sifatlarini yukotadi. SHu
sababli metallarning korroziyalanishiga qarshi ko’rashish choralarining
axamiyati juda katta bo‘lib, metallarni korroziyalanishdan saklaщ davlat
axamiyatiga ega bo’lgan muxim masalalardan biri xisoblanadi..
147
Do'stlaringiz bilan baham: |