Mehnat unumdorligini o’zgarishining omillari va shart-sharoitlari
Mehnat unumdorligini oshirishning zaxiralari: mohiyati va sinflashuvi.
Mavzu: Mehnat unumdorligi: tushunchasi, o’lchash omillari va rezervlari.
“Mehnat unumdorligi” haqida tushuncha va uni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Mehnat unumdorligi – xodimalar va mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi.
Mehnat unumdorligini hisoblashdan quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:
Korxona ishning ijtimoiy qadryatlar bilan bog’liqligi;
Xodimga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rastish;
Mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko’rsatkichlari bir o’lchov bilan o’lchanishi mumkinligi;
Mehnat miqdori bilan sifati o’rtasidagi bog’liqlik.
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib brogan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko’proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko’payib brogan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan – texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining oshishiga olib keladi. Bu ko’rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullar Mehnat unumdorligini o’lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini aniqlashdan bir muncha murakkabroqdir. Amalda mehnat unumdorligining o’sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o’lchashning turli usullaridan foydalaniladi. U yoki bu usulning qo’llanilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o’lchash darajasiga, ikkinchidan, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida qanday vazifa turganligi bilan bog’liqdir.
Mehnat unumdorligini o’lchashning quyidagi 3ta usullari mavjud:
1. Natural (tabiiy) usuli
3. Qiymat usuli
2. Mehnat usuli
3. Mehnat unumdorligini o’zgarishining omillari va shart-sharoitlari Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Bu omillarni mazmun mohiyatiga ko’ra quyidagi 3 guruhga bo’lish mumkin:
1. Moddiy texnika
2. Tashkiliy
3. Ijtimoiy – iqtisodiy
Mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:
Mehnat natijalarida moddiy va ma’naviy manfaatdorlik;
Xodimlarning malaka darajasi, ularning kasiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;
Mehnat jamoalari o’z-o’zini boshqarishining rivojlanishi.
4. Mehnat unumdorligini oshirishning zaxiralari: mohiyati va sinflashuvi. Zaxiralar foydalanish vaqtiga qarab:
Joriy zaxiralar. Texnologiya jarayonlari muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha capital mablag’lari sarflanmay amalga oshiriladi.
Istiqbol zaxiralari. Ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob – uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga capital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi