Inson sog`ligini saqlashning muhim omillari
uyqu
To`g`ri ovqatlanish
Jismoniy mashqlar
Badanni toza tutish
Kun tartibiga rioya qilish
Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalarigina emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko’plab axloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog’ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi ijobiy xulq me’yorlari tarkib topadi.
Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biridir. Shuning uchun mamlakatimizda va ta’lim-tarbiya tizimimizda tarbiyaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi- o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy yetuklik masalasi bizda azal-azaldan ota-bobolarimiz ma’naviyatida ulug’lanib kelingan. Xalq og’zaki ijodidagi «Alpomish», «Go’r-o’g’li»dostonlarini misol tariqasida ko’radigan bo’lsak, ulardagi qaxramonlar jismonan baquvvat, mard yigitlar bo’lishgan. Buyuk allomalarimiz ham, jadid ma’rifatparvarlari ham tarbiyani komil inson yetishtirishdagi o’rnini alohida ta’kidlashgan.
Tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishiga yordam beradi. Shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq tarbiyaga e’tibor qaratila boshlandi. 2001 yil esa alohida «Sog’lom avlod yili» deb e’lon qilindi.
Tarbiya mazmuni kamolot, tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi.
Kamolot yosh avlod ichki a’zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatda yurak va o’pka, shuningdek nerv va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada kamolot deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.
O’quvchilarning kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish tarbiyaning vazifasidir. Tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o’rin tutadi. Kamolot tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, tarbiya samaradorligi ko’rsatkichidir.
Maxsus usul va texnika asosida o’quvchilarning sog’liklarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish: belgilangan norma va undan uzoqlashish ko’rsatkichlarini oldindan belgilash negizida tarbiya uchun doimiy ko’rsatkich aniqlanadi. Yetuklik deganda badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya, go’zallik shakli, sifatlarning yukori darajadagi kamoloti tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |