Mehnat ta’limi
Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi fani o‘qituvchilarining asosiy vazifasiga kiradi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun mehnat ta’limi o‘qituvchilari fan yo‘nalishi bo‘yicha yil davomida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishlari lozim.
An’anaviy Avgust kengashlarining mehnat ta’limi fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida, avvalo, o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zga-rishlar, ta’lim jarayonidagi mavjud yutuq va kamchiliklar hamda muammolar yechimi bo‘yicha pedagoglar uchun tavsiyalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi lozim.
Ma’lumki, 2012—2013-o‘quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o‘quv rejaga asosan mehnat ta’limi fani tarkibiga “Din tarixi” kursidan (1—4-sinf) 4 ta mavzu, “Iqtisod va soliq alifbosi” (1—4-sinf) kursidan ja’mi 8 ta mavzu, “Iqtisod va soliq saboqlari” (5-, 6-, 7-, 9-sinf) kursidan 14ta mavzu, “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursidan 14ta mavzu hamda “Hayot xavfsizligi” (5—9-sinf) kursidan 11 ta mavzular singdirildi.
Jumladan, 1-sinf “Qishloq xo‘jalik mehnati” mavzusi tarkibiga “Din tarixi” o‘quv kursi mavzularidan “Ilm va hunarning hosiyati haqida donolar o‘gitlari” mavzusi; 2-sinf “Xalq hunarmand ustalarining ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o‘yinchoqlar yasash” mavzusi tarkibiga “Ustoz va shogird” mavzusi, 3-sinf “8-mart bayrami tabriknomasini yasash” mavzusi tarkibiga “Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak” mavzusi, 4-sinf “Mustaqillik bayramiga tabriknoma tayyorlash” mavzusi tarkibiga “Farovonlik — hayot ko‘rki” mavzulari;
“
Do'stlaringiz bilan baham: |