III. Xulosa
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ko`rgazmalilik didaktik tamoyili muhim o`rin tutadi.
Natural (tabiiy) ob’ektlar. Tabiiy ob’ektlarga sirasiga jonli va jonsiz tabiat ob’ektlari kiradi, ta’lim oluvchilar ular bilan mashg´ulotlarda tarqatma yoki namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. Ko`rgazmalilik - tabiiy ob’ektlarni tanlab olish yoki tabiiy ob’ektlarni o`z ichiga tarkibiy qism qilib kiritgan turli qo`llanmalarni loyihalashga qo`yiladigan asosiy talablardan biri. Shu maqsadda o`rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berish uchun kerak bo`lgan ayrim tipik belgilarni aniq ifodalashga yordam beradigan ob’ektlar ajratib olinadi. Natural ob’ektlarning qo`lyozmaligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari qo`llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy ob’ektlarni o`qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o`tkazish hisoblanadi. Ko`rgazmali qo`llan-malar sifatida ishlatiladigan tabiiy ob’ektlar avvalo uning jihoz va moslamalariga maxsus ishlov berish zarur.
Mehnat darslarida ekranli qo`llanmalarni namoyish qilish o`quvchilarga bayon qili-nayotgan materialni yaxshiroq tushunish va o`zlashtirib olish imkonini, o`qituvchi esa dars-ga tayyorgarlik ko`rish va predmetlarni namoyish qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Masalan, detal tayyorlashning texnalogik jarayonini tushuntirganda o`qituvchi o`quvchilarga diapozitivning tayyor lentasini namoyish qilishi yoki stanok va mashinaning kinematik sxemasini tushintirish vaqtida (ayniqsa tegishli plakatlar mavjud bo`lmaganda) epidiaskop yordamida kitoblarda joylashtirilgan sxemalar va suratlarning slaydlarini namoyish qilish mumkin.
Mehnat ta’limining metodi bo`lgan mehnat usullarini bajarishdagi mashqlari mehnat va hunar ko`nikmalari va malakalarini tarkib toptirish va mustahkamlash maqsadida muayyan mehnat harakatlarini ko`p marta takrorlash bilan harakatlanadi. Mashqlarni o`rganilayotgan barcha mehnat operatsiyalari yuzasidan emas. Balki o`quvchilarning o`zlashtirish uchun ancha qiyin bo`lgan operatsiyalarga nisbatangina tatbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday operatsiyalarga arralash va qirqish, randalash va egovlash, parchalash va kesish, dastlabki asboblar bilan parmalash va rezba qirqish hamda yog´och va metalga gazlamaga va boshqa materiallarga ishlov berish vaqtidagi ishlar, avtomobil, traktor va boshqa qishlok xo`jalik texnikasini boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin.
IV. Foydalanilgana adabiyotlar
1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
5. www.pedagog.uz
6. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |