REJA:
Kirish
Asosiy qism
Mehnat resurslarini boshqarishning mazmuni va mohiyati
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili
Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili
Ish vaqtidan foydalanish tahlili
Mehnat unumdorligi tahlili
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Bugungi kunda, rivojlangan va qator rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning rasmiy maqsadlaridan biri milliy tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta'minlashga, aholi turmush darajasi va uning bandligini oshirishga qaratilgan boshqaruv strategiyalarini yaratish hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Korxona hayotida mehnat resurslarini boshqarish uning samaradorligini oshirishdek muhim sohalardan biri hisoblanadi, “Mehnat resurslarini boshqarish” tushunchasining o‘zi esa yetarlicha keng ko‘lamda, ya'ni iqtisodiy-statistikdan tortib, falsafiy-psixologik talqin etiladi.
Mehnat resurslarini boshqarish tizimi kadrlar bilan bog‘liq ish usullarining uzluksiz takomillashtirilishi hamda mamlakatimiz va xorij ilm-fan yutuqlaridan, eng yaxshi ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Mehnat resurslari, ya'ni yollanma ishchilar, ish beruvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini boshqarishning mohiyati, boshqaruv obyekti va subyekti tomonidan tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy munosabatlarning o‘rnatilishidan iboratdir. Bunday munosabatlar asosida, ishchilardan maksimal darajada foydalanishni ko‘zlovchi hamda ularning qiziqishlari, xulq-atvori va
O‘zbekistondagi ko‘pchilik korxonalarning hozirgi iqtisodiy vaziyat voqeliklariga tayyor emasligi birinchi navbatda o‘tmishdagi, reja topshiriqlari bilan to‘liq belgilab qo‘yilgan va cheklangan tashqi muhit boshqaruvning strategik shakllantirishni rag‘batlantirmagan, ko‘pincha esa hatto bunga to‘sqinlik qilgani bilan izohlanadi. Strategik boshqaruvga qaratilmagan va ular tomonidan boshqarilmaydigan korxona jadal rivojlanayotgan yangi muhitga kirganida, tabiiyki, ziddiyat yuzaga keladi. Bu ziddiyat yo doimiy ravishda tezkorlik bilan real sharoitlarga moslashish, yo kelgusi o‘zgarishlarni bashorat qilish va ularga mos tarzda javob choralari ko‘rish usullarini, ya'ni strategik boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi maxsus boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Korxona muvaffaqiyatini unda band bo‘lgan xodimlar belgilab beradi. Aynan shuning uchun ham korxonani boshqarishning zamonaviy konsepsiyasi boshqaruv faoliyatining ko‘p sonli funksional sohalari ichidan aynan ishlab chiqarishni tarkibiy qismi bo‘lmish kadrlar - mehnat resurslariga alohida urg‘u beradi.
Mavzuning dolzarbligi to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ichki va tashqi moliyaviy munosabatlarining murakkab va ko‘p qirraligi uning menejerlar tomonidan inson resurslarini strategik boshqarishni tashkil etish zarurligini anglatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |