O`zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko`ra 3 ta region ajratiladi:
Farg`ona, Zarafshon vodiysi, Xorazm viloyati. Bu yerda ortiqcha mehnat resurslari mavjud, ish o`rinlari ham.
Mirzacho`l, Buxoro Navoiy regioni. Bu yerda ishchi kuchi kam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun esa tabiiy resurs omili yetarli.
Toshkent regioni. Bu yerda ishchi kuchi ham, ish o`rinlari ham ko`p.
Dunyo aholisi juda ko`p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200 dan ortiq millat va elatlar mavjud.
Xalqlarni o`rganish uchun ularni ma`lum xususiyatlariga qarab klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va ko`rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Dunyo aholisni soniga ko`ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy xalqlarni soniga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratgan:
100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar);
50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo`lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar, bengallar, italyanlar, bixarliklar);
10 mln.dan 50 mln.gacha bo`lgan xalqlar;
1 mln.dan 10 mln. gacha bo`lgan xalqlar;
1 mln.dan kam bo`lgan xalqlar.
2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko`ra guruhlashtirish. Har bir xalq o`ztning etnik hududiga ega bo`ladi, ana shu hududda u moddiy va ma`naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o`ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo`lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo`jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o`xshash va ayrim hollarda bir xil bo`ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o`xshash bo`lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat:
1. G`arbiy yevropa
2. O`rta Osiyo
3. Lotin Amerikasi
4. Okeaniya.
3. Xalqlarni ijtimoiy – xo`jalik jihatdan guruhlashtirish. Ko`proq tarixiy xarakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o`tmish davrlarga xos bo`lib, hozir o`z ahamiyatini yo`qotib bormoqda.
4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo`lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o`z navbatida tarmoqlarga ajratiladi.
Lingvistik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo`lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o`z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi.
Dunyo xalqlarini lingvistik jihatdan quyidagi til oilalariga birlashtiriladi: 1. Hind-Yevropa oilasi. AQSh hududlarida, Karib dengizi havzasida, Meksika, Venesuellada, Kolumbiyaning Shimoli-Sharqida, Peru, Chili, Argentina, Braziliyaning janubi-g`arbida, Hindiston, Pokiston, Gayana, Sharqiy yevropa, Afg`oniston, Eron, Avtraliyaning Janubi-g`arbida, yevropaning katta qismi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Shimoliy Hindiston xalqlari, jami 2,5 mlrd. bo`lgan 150 mln. xalq so`zlashadi.
1. Hindevropa oilasi.
2. Afrosiyo oilasi.
3. Kartvel oilasi.
4. Dravid oilasi.
5. Ural-Yukagir oilasi.
6. Eskimos – Alvut oilasi.
7. Oltoy oilasi.
8. Nivxlar oilasi.
9. Chukotka – Kamchatka oilasi.
10. Niger – Nardofan oilasi.
11. Nil-Sahroi Kabir oilasi.
12. Koison oilasi.
13. Basklar oilasi.
14. Burishlar oilasi.
16. Xettlar oilasiga Rossiyaning shimoliyadagi xalqlar kiradi.
17. Santibet oilasi.
18. Avstro-osiyo oilasi (Vetnam, Kombadja hudularida).
19. Xaratay oilasiga Laos, Tailand, Vetnam davlatining shimoli, qisman Myanma davlatlarida yashovchi xalqlar kiradi.
20. Mayya-Yava oilasi – Laosning shimoliy qismi, qisman Xitoyda, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Tibet, Laos, Birma xalqlari.
21. Avtsroneziya oilasi.
22. Papuas oilasi – Yangi Gvineya, Timor orollari hududlaridagi xalqlar.
23. Avtraliya oilasi – Avstraliya markazidagi xalqlar.
24. Nadene oilasi (Kanada, AQSh davlatlari).
25. Shimoliy Amerika oilasi – Kanada. Meksikaning sharq iva Gvatemaladagi xaqlar.
26. Markaziy Amerika oilasi (Meksika, AQSh).
27. Chibchapaes oilasi (Panama, Gonduras, Gayana).
28. And oilasi (Chili).
29. Ekvatorial Tukanaon oilasi – Bariziliya, Boliviya, Kolumbiyaning janubi, Paragvay, Argentinaning shimolidagi xalqlar.
30. Jepano-Karib oilasi – Braziliya, Venesuellaning janubiy qismi, Peruning sharqidagi xaqlar.
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |