1992-yil 16-17-fevral – Tehron (Eron islom Respublikasi)da bo‘lgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
kengashi ishida birinchi marta Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston, shuningdek, Tojikiston,
Qirg‘iziston, Qozog‘iston delegasiyalari qatnashdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik
tashkilotining a’zosi bo‘ldi. (Tashkilotga 1985 yil Eron, Turkiya va Pokiston tomonidan asos solingan).
1992-yil 19-fevral – O‘zbekiston AQSh bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
1992-yil 21-fevral – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi.
1992-yilning 26-fevral– O‘zbekiston Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) ishtirokchisi
hisoblanadi.
1992 yil 20-mart – Rossiya O‘zbekiston Respublikasini suveren respublika deb tan oldi. O‘zbekiston
Respublikasi Rossiya Federasiyasi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |