Kurs ishi maqsadi: Ishlab chiqarish miqyosi hozirgidek juda ulkan, ko‘p sohalar hamda chet el korxonalari bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitda (masalan, Andijondagi “Uz Avto Motors” avtomobil korxonasi) respublikamiz makroiqtisodiyotining har bir jabhasini rejali rivojlantirish tobora uyushqoqlikni va intizomni talab qiladi. Undan tashqari, korxonalarda, ayniqsa, davlat korxonalarida mehnatning fond bilan qurollanganlik darajasi tobora o‘sib boroyotgan hozirgi sharoitda nafaqat ishlab chiqarish, balki mehnat intizomini har qanday buzish, unga rioya qilmaslik, progul, xodimlar qo‘nimsizligiga qarshi kurash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |