Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi


Reja: 1.Kafolatli to’lovlar



Download 415,67 Kb.
bet97/126
Sana26.06.2022
Hajmi415,67 Kb.
#705810
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
Mehnat muhofazasi To\'plam Tuychiyeva X.T.

Reja:


1.Kafolatli to’lovlar.
2.Kompensatsiya to’lovlari.
3.Imtiyozli to’lovlar qanday hollarda beriladi.


Kafolatli toʻlovlar - Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligiga muvofiq, amalga oshiriladigan pullik toʻlovlar. Bunday toʻlovlar xodim uzrli sabablarga koʻra, oʻz xizmat vazifalarini amalda bajarmagan vaqti uchun toʻlanadi. K.t. xodimlarning moddiy manfaatlarini koʻriqlash maqsadida, ular davlat, jamiyat yoki ish beruvchiga taallukli, xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarish uchun jalb etilgan takdirda oʻrtacha ish haqi oʻrnida; ish haqidan farq qilib, ishning miqdori va sifatiga koʻra emas, balki xodim oʻz huquklari va majburiyatlarini ado etishining moddiy sharti tarzida toʻlanadi. K.t.ning ijtimoiy vazifasi — xodim ishlamagan davrlarda uning turmush darajasi pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida xodimlar tomonidan: a) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (165-modda); b) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida (166-modda); v) jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (167-modda) beriladigan K.t.ning turlari belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 11 martdagi 133-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorida xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishi bilan bogʻliq K.t.ni berish tarti-bi tasdiqlangan. Ushbu normativ hujjatga muvofiq, "xodim tomonidan davlat va jamoat vazifalarini bajarish" deyilganda saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik huquqlarini bajarish; tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida qatnashish; harbiy burchni ado etish; dastlabki tergov va odil sudlovni amalga oshirishda guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tarikasida chaqirilganda, sud majlislarida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi, xalq maslahatchisi, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etish kabilar; "jamiyat manfaatlariga doyr harakatlar" deyilganda falokat va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish va b. hollarda tibbiy tekshiruvdan oʻtish, quyish uchun qon topshirish kabilar nazarda tutiladi hamda ushbu vaktlarda ularning oʻrtacha ish haklari saklab qolinadi.
Xodim shunday ishlarni bajarganligi vakolatli organning bergan maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi va xodimga unda koʻrsatilgan barcha vaqt uchun oʻrtacha ish haqi miqdorida K.t. beriladi. Xodim tomonidan davlat va jamiyat vazifalarini bajarganlik, jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganlik bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar byudjet tashkilotlarida,byudjet hisobidan, xoʻjalik hisobidagi korxonalarda esa soliq summalarini tegishlicha kamaytirish yoʻli bilan qoplanadi.


 Kompensatsiya to'lovlari, ularning turlari va ahamiyati
Xodimning o'z hizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq ravishda 
qilgan xarajatlari ish beruvchi tomonidan to'liq qoplab borilishi nazarda 
tutilgan. Bunday to'lovlardan ko'zlangan maqsad xodimning ish beruvchi 
manfaatlari yo'lida o'z yonidan qilgan moddiy va pul xarajatlarini unga 
qaytarib qoplab berish, shu yo'l bilan xizmat vazifalarini lozim darajada 
bajarilganligi tufayli uning mulkiy jabr ko'rishiga yo'l qo'ymasUkdan 
iborat.
Mehnat qonunchiligi xodimning xizmat burchlarini bajarishi bilan 
bog'liq ravishda qilgan va ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim 
bo'lgan xarajatlar doirasini:
1.Xizmat safariga borish bilan bog'liq xarajatlar;
2.Boshqa joyga ko'chish bilan bog'liq xarajatlar;
3.Xodimga tegishili bo'lgan mol-mulkdan foydalanish bilan bog'liq 
xarajatlar, xodim amalda qilgan boshqa xarajatlar ish beruvchi bilan 
kelishib belgilanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga:
a) yo'l xarajatlari;
b) turar-joy ijarasi xarajatlari;
v) yashash xarajatlari;
g) ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar qoplab 
beriladi.
Mehnat Kodeksining 172-moddasida aytilishicha, boshqa joydagi 
ishga к о 'chib borganda quyidagi xarajatlar kompensatsiya qilinishi 
belgilangan:
ko'chish va mol-mulkni ko'chirib borish bilan bog'liq xarajatlar;
yangi joyda o'mashib olish bilan bog'liq xarajatlar;

xodim tomonidan ish beravchi bilan kelishib qilingan boshqa 


xarajatlar.
Ko'chish bilan bog'liq ravishda xodimga va uning bilan birga 
ко'chib ketayotgan oila a'zosiga beriladigan kompensatsiya to'lovlarining 
turlari, eng kam miqdorlari va bunday xarajatlami kompensatsiya qilish 
shartlari maxsus me'yoriy hujjatlar bilan belgilab qo'yiladi. Ammo har bir 
korxona, tashkilot bunday xarajatlami belgilanganidan ko'proq miqdorda 
qoplash to'g'risida xodimlar vakillik organi bilan kelishgan holda qaror 
qabul qilish, ushbu masalalami korxonaning lokal me'yoriy hujjatlarida 
(jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, maxsus nizom va boshqalar) .belgilab 
qo'yishi mumkin.
Ish beruvchi tomonidan kompensatsiya qilinishi lozini bo'lgan, 
xodim tomonidan qilinadigan xarajatlaming bir turi xodimga tegishli 
bo'lgan mol-mulk, asbob-anjom va boshqa buyumlardan korxona manfaat- 
lari yo'lida foydalanilganlik xarajatlarini qoplab berilishi lozimligidir. 
Xodimga tegishli transport vositasidan, binodan, maxsus asboblardan 
foydalanish xarajatlarini, xodimga berilmagan maxsus kiyim, maxsus 
poyafzal qiymatini (basharti, xodimning o'zi sotib olgan bo'lsa) to'lanishi 
va boshqalar ham ana shunday kompensatsiya to'lovlari qatoriga kiradi.

Download 415,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish