Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi



Download 415,67 Kb.
bet82/126
Sana26.06.2022
Hajmi415,67 Kb.
#705810
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
Mehnat muhofazasi To\'plam Tuychiyeva X.T.

8.Mos kelmaslik. Birovlar kamroq faollik ko`rsatib, ko`proq haq olishni istaydilar, boshqalar ko`proq faollik ko`rsatib, ko`proq haq olishni o`ylaydilar, yana boshqalar kamroq faol bo`lib, kamroq haq olishga ham rozi bo`ladilar; agar bu tiplar o`zaro hamkorlik qiladigan bo`lsalar, ular o`rtasida kelishmovchilik (nizo) lar kelib chiqish turgan gap.
9.Tashkilotning jins-yoki tarkibi. Jinslarning farqlar ko`pgina g`oyaviy siyqa fikrlaning mos kelmasligi orasida nizomlar keltirib chiqarishi mumkin. Yoshdagi farqlarda munosabat sohasida tashkiliy-mehnat munosabatlarida ko`pincha kelishmovchildiklarni keltirib chiqaruvchi quyidagi omillar haqida fikr yuritiladi:
-yosh xodimlar ba`zasi o`z qobilyatlariga ortiqcha baho berib, katta yoshdagi kishilarning tajribasiga mensimasdan qaraydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlar yoshlarga ayniqsa, ko`nikish davrida yordam ko`rsamaydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlarning ayrim o`ziga xos murakkabliklari va ehtiyojjlarini, ularning mutaasibligini (kattalar o`z bilim va tajribalariga ortiqcha baho beradilar, ko`pincha o`zlarini hamma sohada haq, deb hisoblaydilar), yangilikni qabul qilish qobiliyati zaifligini hamisha ham tushunavermaydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlar ba`zi yoshlarning qobiliyatlariga etarlicha baho bermaydilar;
-katta avlod xodimlari ba`zan yoshlarning kasb sohasida tez va yuqori sur`atda o`sishda, ularning yutuqlariga g`amxo`rlik bilan qaraydilar.
10.Ijtimoiy tafo`utlar. Tashkilotlardagi mehnat nizolari kishilar o`rtasidagi turli tabaqaviy-sinfiy, irkiy, etnik, diniy, siyosiy tarzdagi farqlar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Faqat kishilarning o`zlari o`rtasidagi madaniyatdan tashqari bunday ziddiyatlarning iste`dodi ham talib qilinadi. Murakkab ijtimoiy tafovutlarni turli va to`g`ri tushunib etish uchun etarli darajada omilkor bo`lish ular orasida eng qulay ijtimoiy-mehnat munosabatlarini vujudga keltirish zarur.
Mehnat nizolarini ko`rish tartibi.
Mehnat nizolari komissiyalari kimda 15 kishi ishlaydigan korxona, muassas, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yig`ilishida saylanadi saylash tartibi, komissiya a`zolarining soni, tarkibi va uning vakolot muddatini ham umumiy yig`ilishi belgilaydi. Komissiya o`z tarkibi orasida komissiya raisi, rais o`rinbosarini va kotibini saylaydi. Mehnat nizosi komissiyasi mehnat nizolarini ko`rib chiquvchi boshlang`ich organ hisoblanib, xodim o`z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo`lgan kundan e`tiboran uch oy muddat ichida mehnat nizolari komissiyasiga murojat qilishi mumkin. Ushbu komissiya mehnat nizosini ariza berilgan kundan e`tiboran 10 kun muddat ichida ko`rib chiqish shart. Basharti xodim komissiya majlisiga hozir bo`lmasa, uning arizasini ko`rib chiqish boshqa kunga kuchiriladi. Agarda xodim komissiya majlisiga ikkinchi marta ham uzrli sabablarsiz kelmasa komissiya mazkur arizani ko`rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilishi mumkin ammo bu xodimni takroran ariza bilan murojat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Mehnat komissiyasi o`z majlisida guvohlarni chaqirtirish, mutaxassilarni korxonada faoliyat ko`rsatayotgan ishlab chiqarish vakillarining taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan komissiya a`zolarining ko`pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi. Komissiyaning qarori ustidan xodim yoki ma`muriyat o`n kun muddat ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Sudlarda bevosita quyidagi mehnat nizolari ko`rib chiqiladi:
-mehnat nizolari komissiyasi saylanmaydigan yoki biror sababga ko`ra bunday komissiya tuzilmagan korxonalarda kelib chiqqan mehnat nizolari;
-mehnat shartnomasi (kontrakt) ni bekor qilish asoslaridan qat`i nazar ishga tiklash, ishdan bo`shatish vaqti, hamda, sababining ta`rifini o`zgartirish, majburiy progul vaqt iva kam haq to`lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to`lash haqidagi xodimning arizasi yoki prokurorning arizasi murojaatnomasiga asosan:
-korxona, muassasa, tashkilotga etkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqidagi ma`muriyatning murojaat-nomasiga binoan;
-mehnat vazifalarini bajarish chog`ida xodimning salomatligiga etkazilgan zarar o`rnini korxona qoplashi haqidagi xodimning arizasi yohud prokurorning murojaatnomasiga binoan.
Shuningdek, boshqa korxonalardan o`tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish, bron’ hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to`lmagan shaxslarni, nogironi, homilador ayollar va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni 14 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to`lmagan bolasi bor (16 yoshga to`lmagan nogiron bolasi bor) yolg`iz onalarni, qonunga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishi shartbo`lgan boshqa shaxslarni shiga qabul qilishni rad etganlik to`g`risidagi nizolar ham bevosita suda ko`rib chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g`ayriqonuniy asosda ishdan bo`shatilganligi yohud boshqa ishgsha o`tkazilganligi taqdirda darhol ishga qayta tiklanishi lozim. Xodim avvalgi ishiga tiklangan hollarda unga majburiy progul qilmagan vaqti yoki kam haq to`lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to`lanadi, ammo bu muddat bir yildan oshmasligi lozim.

Download 415,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish