Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi



Download 415,67 Kb.
bet81/126
Sana26.06.2022
Hajmi415,67 Kb.
#705810
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
Bog'liq
Mehnat muhofazasi To\'plam Tuychiyeva X.T.

-ijtimoiylashuv funktsiyasi (nizo orqali shaxslar ijtimoiy tajribaga, odatdagi sharoitda erishib bo’lmaydigan bilimlarga ega bo’ladilar);
-ahloqiy holatning normalashuvi (nizolar tufayli to’plangan salbiy kayfiyatlar hal etiladi, ahloqiy yo’l-yo’riqlarning sarflanishi sodir bo’ladi);
-innovatsion funktsiya (nizo o’zgarishlarga sabab bo’ladi, ularni rag’batlantiradi, ularning muqarrarligini namoyish qiladi).
Demak, mehnat nizolari-bu mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy aktlar, jamoa shartnomasi va mehnat to’g’risidagi boshqa bitimlar, shuningdek, mehnat shartnomasi (kotrakt) shartlarining qo’llanilishi yuzasidan xodimlar bilan ma’muriyat o’rtasi yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va ixtiloflardan iboratdir.
Mehnat nizolarining sabablari.
Mehnat sohasidagi nizolarning sabablarini tadqiq etish ularni hal etish imkoniyatlari va tamoyillarini belgilash imkonini beradi.
Mehnat sohasidagi nizolarning sabablarini ular asosida yotgan ziddiyatlar tiplaridan kelib chiqib, qarab chiqish mumkin:
1.Taqsimlash munosabatlari muammolari. Taqsimlash munosabatlari bilan bog’liq ravishda mehnat nizolari kelib chiqishi mumkin, bunga ne’matlarning taqsimlanishi fakti (adolatli, adolatsiz), o’zlashtirilgan, olingan ne’matlarni qayta taqsimlash, boyliklarni taqsimlash printsipi, mezoni sabab bo’ladi. Taqsimlashdagi kelishmovchiliklardan ko’ra, qayta taqsimlashdagi kelishmovchilik kuchliroq bo’ladi, taqsimlash printsipi tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik haqiqiy taqsimlashdan ko’ra birmuncha g’oyaviy va amaliy xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, agar barcha xodimlar o’zlarining baholariga, yetarli darajada yaxshi mehnat sharoitiga ega bo’lsalar, ular o’rtasida nizo kelib chiqmaydi, agar mehnat natijalari bir xil bo’lsa-yu, lekin xodimlar guruhlaridan bittasining ish haqi yetarli asos bo’lmagan holda birmuncha oshirib yuborilgan bo’lsa, kelishmovchiliklar paydo bo’lishi turgan gap. Ishlab chiqarish sharoitida kelishmovchiliklarning ob`ektiv va mavzusi faqat ish haqining o`zi emas, balki mehnat sharoiti va mazmuni, ishlab chiqarish normasi va shu kabilar ham bo`lishi mumkin.
2.Funkitsional o`zaro hamjihatlik murakkablari. Kuzatuvlarning ko`rsatishicha ko`pincha alohida faollik ko`rsatuv-chilar kelishmovchilikka boradilar. Birovlarning boshqalarga qaraganda ish bilan kamroq band bo`lishi yoki ishlamasligi nizom vaziyatlari kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
3.Rolli ziddiyatlar. Tashkiliy-mehnat munosabatlarida ziddiyatli vaziyatlar ko`pincha shaxslar va guruhlar bajaradigan rollar bilan vujudga keltiriladi, ya`ni rolli nizo sodir bo`ladi. Masalan, ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar asosiy va yordamchi ishlar bilan band bo`lgan ishchilar o`zaro turli mas`uliyat darajasi, maqsadlarning nomuvofiqligi, qattiq bog`liqlik va rasmiylik bilan aloqada bo`ladilar.
4.Faqat ishga doir kelishmovchiliklar. Mazkur holatda, kelishmovchilik o`zlashtirish bilan bog`liq emas, balki ishni tashkil etish to`g`risidagi qarashlarda kasbiy tafakkurning xilma-xilligiga, ishlab chiqarish muammolarini, qzaro munosabatlar normalarini to`g`ri hal qilishga va shu kabilarga asoslandi.
5.Aybni, mas`uliyatni taqsimlash. Agar tashkilotning ishi yurishmay, orqaga ketayotgan bo`lsa, u norentabel’ ishlaydi, bankrotlik yoqasidan bo`ladi, bu esa nizom vaziyatni vujudga kelishtirish mumkin. Butun mehnat guruhi, tashkilot kamdan-kam holatlarda javobgarlikni o`z zimmasiga oladi, ko`pincha aybdorni qidirib topish ancha qiyin bo`ladi, ayb u shaxsdan olib boshqasiga yuklanadi, bu hol mehnat sohasidagi nizoning sababchisi bo`ladi.
6.Etakchilik. Tashkiliy mehnat munosabatlarida rasmiy rahbarlik qilish bilan bir qatorda, hamisha normal bo`lmagan raqobotchilik, tashabbus ko`rsatish, ustun bo`lishga intilish hollarda namayon bo`ladi. Natijada, mehnat sohasidagi nizo hokimiyat va hukumronlik uchun ko`rash sifatida, bandlik, o`z ishini saqlab qolish murabbiylik, nufuzli vazifalarni bajarish uchun ko`rash tarzida kechadi.
7.Normal bo`lmagan mehnat sharoitlari. Ular tez-tez sodir bo`lib turadigan kuzgatuvchilar bo`lib, xodimlar o`rtasida dushmanchilik kayfiyatining paydo bo`lishiga har qanday muammoga toqatsizlik bilan munosabatda bo`lishiga olib keladi. Ish o`rinlarining yuqori darajada zichligi xodidlarning xonalarida to`planganligi, aloqalarning majburiy ravishda intensivligi, eski texnologiyalar qo`llangan holda, zamonaviy bo`lmagan asbob-uskunalarida ishlash
-mehnat sohasidagi kelishovchliklarning o`ziga xos mustaqil sababi hisoblanadi, lekin bu narsa hamisha ham to`liq anglab etilmaydi.

Download 415,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish