Xodimlarni kirish yo’riqnomasidan o’tkazish tartibi.
Korxonaga ishga kirgan xodimlar, boshqa tashkilotlardan shu korxonaga ishlash
uchun xizmat safariga yo’llanganlar va amaliyotni o’tsh uchun kelgan o’quvchilar kirish yo’riqnomasidan o’tadi. Xodimlarni kirish yo’riqnomasidan o’tkazishni mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoki ushbu vazifa yuklatilgan boshqa bir xodim amalga oshiradi. Kirish yo’riqnomasidan tegishli meyoriy hujjatlar, kitoblar va ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan Mehnat muhofazasi xonasida o’tkaziladi. Kirish yo’riqnomasidan o’tgan xodimlar maxsus jurnalga qayd etiladi.
Kirish yo’riqnomasi dasturini tuzish tartibi:
1.Mehnatni muhofaza qilish:
ish vaqti va dam olish vaqti, yoshlar va ayollar mehnatini muhofazasi, ichki mehnat tartib qoidalari, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda xodimning birinchi navbatdagi harakatlari.
2.Texnika xavfsizligi:
- xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari va ulardan ximoyalanish, korhonadagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining asosiy sabablari.
- ish joyidagi uskunalar (texnikalar) va ishlab chiqarish jarayonining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talabiga mosligi.
- to’suvchi , saqlovchi va ogohlantiruvchi uskunalar, xavfsizlik belgilari va ranglari.
- elektr tokining organizmiga ta’siri, elektr tokidan tan jarohati oldini olish chora tadbirlari.
- korhonaga va ish joyiga qo’yilgan xavfsizlik talablari.
Xodimlarni ish joyida yo’riqnomadan o’tkazishdan tartibi:
-barcha hodimlar kirish yo’riqnomasidan tashqari ish joyida xam yo’riqnomadan o’tishlari shart.
-ish joyida yo’riqnomadan o’tkazishning maqsadi har birhodimni xavfsiz va to’g’ri ish olib borish usullariga o’rgatish.
-ish joyida yo’riqnomadan o’tkazish hodimga bevosita raxbarlik qiluvchi brigadir zimmasiga yuklatiladi.
-ish joyida yo’riqnomadan o’tkazishda hodimni mexanizmlar, dastfohlar va uskunalarning tuzilishi, xavfli va xavfsiz joylari hamda ish joyini ishga tayyorlash jarayoni bilan tanishtiriladi.
-yo’riqnomalarni ishlab chiqish va yo’riqnomalar bilan ishlovchilar hamda ish joylarini ta’minlash mehnatni muhofaza qilish hizmati yoki uning vazifasini bajaruvchi raxbarlardan biriga yuklatiladi.
-yo’riqnomadan o’tgan hodimlar ish joyida yo’riqnomadan o’tkazish
3.Ishlab chiqarish xodimlari, texnika xavfsizligi bo’yicha o’qitilishi va maxsus attestatsiyadan o’tkazilishi va elektr qurilmalar hamda elektr uskunalari bilan ishlashda , ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha tegishli yo’riqnomani muassasa rahbariyatidan olishi kerak.
Har kuni ish boshlashdan oldin elektr plita korpusi himoya simining ulanganligini va butunligini tekshirish kerak. Agar ulangan sim buzuq bo’lsa , bundan xo’jalik mudirini xabardor qilish va tuzatilmaguncha elektr asboblarni ishlatmaslik kerak.
Ish boshlashdan oldin:
-maxsus ish kiyimining hamma tugmalarini taqib , bog’ichlarini bog’lab oling. sochlaringizni bosh kiyim ostiga yig’ishtirib oling. Maxsus ish kiyimiga cho’ntaklariga sinadigan va o’tkir buyumlar solish mumkun emas. –asbob – uskunalarning yerga ulangan simlari mustahkamligini ko’zdan kechiring (mashina korpusi, elektr dvigateli va yerga ulangan birikma o’rtasidagi kontaktning mustahkamligini tekshiring). Yerga ulangan bo’lmasa , ish boshlamang.
-mashinaning maxsus poydevorga yoki mustahkam taglikka o’rnatilganigini tekshiring.
-saqlagich (predoxranitel) klapanlarini va o’lchov asboblarini ko’zdan kechiring (plombalar, tekshirish muddati va strelkali asboblarning 0 turishini hamda ularning himoyalovchi oynalarining butunligini nazardan o’tkazing.
-jihozlarning ichi va yon atrofida ortiqcha buyumlar bo’lmasin.
-oyoq tagida yog’och panjara bo’lishi kerak.
-asboblar ishga yaroqli bo’lsin , ularning yog’och tutqichlari tekis va yorilmagan bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |