Mehnatni muhofaza qilish fani bizga nimani o’rgatadi.
Mehnat muhofazasi qonuniy hujjatlar tizimidan iborat bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi :
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyena va profilaktika davolash tadbirlarini tashkil etish, ish jarayonida ishchi-xizmatchilarning sog’lig’i, qobiliyatini saqlash sharoitlarini ta’minlash.
Savdo va umumiy ovqatlanish korhonalarida mehnat muhofazasini yaxshilashga qaratilgan yo’nalishlardan biri ishchi xodimlarning mehnat xavfsizligini yaratish, og’ir mehnat sharoiti tufayli kasb kasalliklarini keltirib chiqaradigan holatlarni bartaraf etish uchun tegishli chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirishdir. Mehnat qonuniga mos holda , korxona va tashkilotlarda, zamonaviy xavfsizlik texnikasi qonun va qoidalarini joriy qilgan holda , barcha ish o’rinlari kerakli texnika jihozlari bilan ta’minlanishi shart.
“ Mehnatni muhofaza qilish to’g’risi”dagi Qonunga va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilmaydigan mansabdor shaxslar amaldagi qonunlar bo’yicha jazolanadilar. Ish joylarida jarohat va kasb kasalliklarining oldini olish faqat rahbarlarning bilimi, malakasiga bog’liq bo’lmasdan , barcha muhandis texnik xodimlarning mehnat muhofazasini saqlagan holda, ishni mohirona tashkil etishiga ham bog’liqdir.
Xodimning mehnat muhofazasiga doir huquqlari va uni ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar.
Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilishiga bo’lgan huquqlari:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumot olish huquqi:
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o’tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqat, gazli, sho’r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlar belgilangan me’yorlar bo’yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
davolash-profilaktika oziq ovqat
gazli, sho’r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun)
maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro’yxati , beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida , jamoa shartnomalarida , agar ular tuzilmagan bulsa ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |