Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko’rsatish
Kuyishlar teriga yuqori haroratni ta’sirida (tyermik) va kislota va ishqorlarni ta’sirida (kimyoviy) sodir bo’ladi. Og’irligi bo’yicha kuyishlar to’rt darajaga bo’linadi.
Birinchi darajali kuyishda terining qizarishi, unda shish paydo bo’lishi, ikkinchida – suyuqlikka tulgan pufaklarni paydo bo’lishi, uchinchida – terini o’lishi, to’rtinchida – terining ko’mirga aylanishi kuzatiladi.
Birinchi darajali kuyishda terining kuygan joyi toza suv oqimi, sovuq sut mahsulotlari (qatiq, smetana va boshqa), odekalon, aroq yoki margansovkaning kuchsiz yeritmasi, 700 li spirt bilan namlanadi.
Ikkinchi va uchinchi darajali kuyishda terining jarohatlangan joyiga mikroblarni o’ldiradigan material qo’yib bog’lanadi. Suyuqlikka to’la pufaklarni yorish va kiyimlarni yopishgan joylarini ajratish mumkin emas.
Tananing kuygan joylarini kiyimlardan ajratishda o’ta ehtiyot bo’lish talab etiladi. Bunday hollarda kiyimni echishda, tananing kuygan joyi shilinmasligi va ifloslanmasligikerak.
Elektr yoyi ta’sirida ko’zlar kuyganda uni 2 % li bor kislotasi yeritmasi bilan chayishkerak.
Kislota va ishqorlar ta’sirida tananing kuygan joyi 12…20 minut davomida sovuq suv oqimi bilan yuviladi. So’ng, kislotadan kuygan holatda soda yeritmasi bilan, ishqorda kuyganda esa sirka yoki bor kislotasining kuchsiz yeritmasi bilan chayiladi.
To’rtinchi darajali kuyish terini og’ir jarohatlanishiga olib keladi, bundan tashqari u jarohatlangan odamni esankirashiga ham sabab bo’lishi mumkin. Bunday holatda esankirash hushni yo’qotishga olib keladi. Buning natijasida tomir urishi qiyinchilik bilan aniqlaniladi, ko’z aylanadi, nafas olish tez va yuzaki bo’ladi, ba’zan sezgirlik yo’qolib, inson birdan oqarib ketadi. Bunday kuyishda vrachgacha birinchi yordam quyidagilardan iborat bo’ladi: jarohatlangan kishini kuygan joyiga yopishgan qolgan kiyimlari ehtiyotlik bilan echiladi. Kiyim bo’laklari tortib olinmaydi, balki, kuygan joy chegarasidan qaychi bilan kesib olinadi. Teriga margansovkani kuchsiz yeritmasi bilan ishlov berilib sterillangan bog’lam qo’yiladi. Vrachgacha birinchi yordam ko’rsatilgandan so’ng jarohatlangan kishi tezlik bilan tibbiyot muassasasiga olib boriladi.
Sovuq urish holatlari asosan yilning sovuq davrida ochiq havoda ishlaganda kuzatiladi.
Sovuq urishi ham kuyish kabi to’rt darajaga bo’linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarish va shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq urishning xaraktyerli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik pufaklari paydo bo’ladi. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o’lishi, qonli suyuqliklarga to’lgan pufaklar va to’rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to’qimalarning o’lishi kuzatiladi.
Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq material bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So’ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o’ldiradigan material qo’yib bog’lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infeksiyalanishi mumkin.
Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370S dan yuqori bo’lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj qilish va butun tanasini ishqalashkerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan yuzasini xona haroratidagi suvga to’ldirilgan tog’ora yoki satilga tushirish va suvni haroratini asta-sekin 370S ga etkazishkerak. Ikkinchi, to’rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o’ldiradigan material bilan bog’lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og’ir xollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko’zga ko’rinmasa, sun’iy nafas berish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo’ladi. Uglyerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto’g’ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugryerod oksidi ko’p miqdorda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |