8.Mos kelmaslik. Birovlar kamroq faollik ko`rsatib, ko`proq haq olishni istaydilar, boshqalar ko`proq faollik ko`rsatib, ko`proq haq olishni o`ylaydilar, yana boshqalar kamroq faol bo`lib, kamroq haq olishga ham rozi bo`ladilar; agar bu tiplar o`zaro hamkorlik qiladigan bo`lsalar, ular o`rtasida kelishmovchilik (nizo) lar kelib chiqish turgan gap.
9.Tashkilotning jins-yoki tarkibi. Jinslarning farqlar ko`pgina g`oyaviy siyqa fikrlaning mos kelmasligi orasida nizomlar keltirib chiqarishi mumkin. Yoshdagi farqlarda munosabat sohasida tashkiliy-mehnat munosabatlarida ko`pincha kelishmovchildiklarni keltirib chiqaruvchi quyidagi omillar haqida fikr yuritiladi:
-yosh xodimlar ba`zasi o`z qobilyatlariga ortiqcha baho berib, katta yoshdagi kishilarning tajribasiga mensimasdan qaraydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlar yoshlarga ayniqsa, ko`nikish davrida yordam ko`rsamaydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlarning ayrim o`ziga xos murakkabliklari va ehtiyojjlarini, ularning mutaasibligini (kattalar o`z bilim va tajribalariga ortiqcha baho beradilar, ko`pincha o`zlarini hamma sohada haq, deb hisoblaydilar), yangilikni qabul qilish qobiliyati zaifligini hamisha ham tushunavermaydilar;
-katta yoshdagi tajribali xodimlar ba`zi yoshlarning qobiliyatlariga etarlicha baho bermaydilar;
-katta avlod xodimlari ba`zan yoshlarning kasb sohasida tez va yuqori sur`atda o`sishda, ularning yutuqlariga g`amxo`rlik bilan qaraydilar.
10.Ijtimoiy tafo`utlar. Tashkilotlardagi mehnat nizolari kishilar o`rtasidagi turli tabaqaviy-sinfiy, irkiy, etnik, diniy, siyosiy tarzdagi farqlar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Faqat kishilarning o`zlari o`rtasidagi madaniyatdan tashqari bunday ziddiyatlarning iste`dodi ham talib qilinadi. Murakkab ijtimoiy tafovutlarni turli va to`g`ri tushunib etish uchun etarli darajada omilkor bo`lish ular orasida eng qulay ijtimoiy-mehnat munosabatlarini vujudga keltirish zarur.
Mehnat nizolarini ko`rish tartibi.
Mehnat nizolari komissiyalari kimda 15 kishi ishlaydigan korxona, muassas, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yig`ilishida saylanadi saylash tartibi, komissiya a`zolarining soni, tarkibi va uning vakolot muddatini ham umumiy yig`ilishi belgilaydi. Komissiya o`z tarkibi orasida komissiya raisi, rais o`rinbosarini va kotibini saylaydi. Mehnat nizosi komissiyasi mehnat nizolarini ko`rib chiquvchi boshlang`ich organ hisoblanib, xodim o`z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo`lgan kundan e`tiboran uch oy muddat ichida mehnat nizolari komissiyasiga murojat qilishi mumkin. Ushbu komissiya mehnat nizosini ariza berilgan kundan e`tiboran 10 kun muddat ichida ko`rib chiqish shart. Basharti xodim komissiya majlisiga hozir bo`lmasa, uning arizasini ko`rib chiqish boshqa kunga kuchiriladi. Agarda xodim komissiya majlisiga ikkinchi marta ham uzrli sabablarsiz kelmasa komissiya mazkur arizani ko`rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilishi mumkin ammo bu xodimni takroran ariza bilan murojat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Mehnat komissiyasi o`z majlisida guvohlarni chaqirtirish, mutaxassilarni korxonada faoliyat ko`rsatayotgan ishlab chiqarish vakillarining taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan komissiya a`zolarining ko`pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi. Komissiyaning qarori ustidan xodim yoki ma`muriyat o`n kun muddat ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Sudlarda bevosita quyidagi mehnat nizolari ko`rib chiqiladi:
-mehnat nizolari komissiyasi saylanmaydigan yoki biror sababga ko`ra bunday komissiya tuzilmagan korxonalarda kelib chiqqan mehnat nizolari;
-mehnat shartnomasi (kontrakt) ni bekor qilish asoslaridan qat`i nazar ishga tiklash, ishdan bo`shatish vaqti, hamda, sababining ta`rifini o`zgartirish, majburiy progul vaqt iva kam haq to`lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to`lash haqidagi xodimning arizasi yoki prokurorning arizasi murojaatnomasiga asosan:
-korxona, muassasa, tashkilotga etkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqidagi ma`muriyatning murojaat-nomasiga binoan;
-mehnat vazifalarini bajarish chog`ida xodimning salomatligiga etkazilgan zarar o`rnini korxona qoplashi haqidagi xodimning arizasi yohud prokurorning murojaatnomasiga binoan.
Shuningdek, boshqa korxonalardan o`tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish, bron’ hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to`lmagan shaxslarni, nogironi, homilador ayollar va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni 14 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to`lmagan bolasi bor (16 yoshga to`lmagan nogiron bolasi bor) yolg`iz onalarni, qonunga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishi shartbo`lgan boshqa shaxslarni shiga qabul qilishni rad etganlik to`g`risidagi nizolar ham bevosita suda ko`rib chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g`ayriqonuniy asosda ishdan bo`shatilganligi yohud boshqa ishgsha o`tkazilganligi taqdirda darhol ishga qayta tiklanishi lozim. Xodim avvalgi ishiga tiklangan hollarda unga majburiy progul qilmagan vaqti yoki kam haq to`lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to`lanadi, ammo bu muddat bir yildan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |