axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi;
ventilatsion tirqishlarni berkitish;
malakaviy mas’uliyatga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish;
boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish;
nosoz mashinalar bilan ishlash;
ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish…
Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug’lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa yorituvchi qurilmalar ostida turishi kerak. Ko’zni zo’riqtiradigan, to’g’ri ( ko’rish maydoniga tushayotgan yorug’lik manbayi ) va qaytgan ( ekrandan qaytgan yorug’lik ) yorug’likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o’zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog’liq holda sozlanishi kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug’lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog’liq bo’lgan yuzalardagi ravshanlik 1:10 nisbatan oshib ketmasligi kerak ( 1:3 nisbat tavfsiya etiladi ).
O’tirganda oyoqlarning bukilgan burchgi 90 daraja va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo’lning tirsakdan to kaftgacha bo’lgan qismi pol bilan parallel bo’lishi, yelkalar esa erkin holda bo’lishi kerak.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Avvalambor
kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki
110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.