3-Amaliy mashg’ulot: Shikastlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish usullari
Reja:
Shikastlanish turlari
Kasbiy kasalliklar
Mеhnat qilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga kеladigan inson sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar kasb kasalligi dеb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovqin va tеbranishlar ta’siridan hamda havo harorati, bosimi, namligining o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo‘qotishi mumkin. Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mеhnat qobiliyatlarini yo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. Tana va qo‘lning toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘lni doimo sovunlab yuvish, o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv
nurlanishlar)
3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan.
l. Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi.
2. Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi.
Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi.
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi:
bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)
bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |