2-Tematik ma’ruza: Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarni
Xavfsiz ishlashini ta’minlash.
Reja:
1 Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan bosim ostida ishlaydigan idishlar va apparatlar to‘g‘risida tushunchalar.
2. Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarni havfsiz ishlashini ta’minlash usullari.
3. YUk ko‘tarish va tushirish mexanizmlari va ularda o‘tkaziladigan sinovlar.
Tayanch so‘z va iboralar:
Bosim, apparatlar, idishlar, bug‘, suyuqlik, texnik ko‘rik, nazorat, sinov, gidrovlik, qisman, fizik, ximik, monometr, strelka, , shkala, ishchi bosim, plomba, membrana, portlash, ogohlantiruvchi, klapan.
1. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan bosim ostida ishlaydigan idishlar va apparatlar to‘g‘risida tushunchalar
Muammo- eng ko‘p portlash vaqtida jarohatlanish va o‘lim xollari bosim ostida ishlaydigan mashinalarda sodir bo‘ladi. SHuning uchun ularning oldini olish muhimdir.
Jumhuriyatimizda 35 ming kishi og‘ir qo‘l mehnati bilan band. 5 ming ish joyi sanitariya talablariga javob bermaydi. Gosgortexnadzor nazorati ostida 8500 ob’ekt ishlab turibti. Ma’lumki, bu tashkilot eng havfli mashinalar va uskunalar ustidan nazorat olib boradi. O‘zbekistonda o‘rta hisobda yiliga 7 ming atrofida jarohat sodir bo‘ladi. Bularning ko‘pchiligi Gosgortexnadzor nazorati ostida uskuna va mashinalarda sodir bo‘ladi. Bu jarohatlarning asosiy sabablari mehnat muhofazasi tadbirlariga loqaydlik bilan qarash va instruksiyalarni yaxshi bilmaslikdir.
Uzsanoatkontexnik nazorat har yili 10-12 ming injener-texnik xodimlar imtixon qilinadilar, lekin ularning 500-600 nafari muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
Kon sanoatida bitta o‘lim hodisasi 680 ming so‘mga tushar ekan. (3-4 kun taftish qilishga, 3-4 kun brigada a’zolarining qo‘li ishga bormaydi va h.k hulas bir hafta- 10 kun korxona mahsulot topshirmaydi). Ijtimoiy zararni qo‘yaverasiz. Bu oilaga, bola chaqasiga, qarindosh-urug‘lariga keltirgan kulfatni, ular yo‘qotgan sog‘liklarini hisoblashni iloji yo‘q.
Toshkentdagi yog‘-moy kombinatida (1988 y) portlash sodir bo‘lgan.
Ikkita ishchiga sisternaning bo‘yash haqida topshiriq berilgan, ular bo‘yab turgan vaqtda topshiriq bergan boshliq kelib ularga sigareta tutatadi va alanga beradi. Natijada sisterna ichida nitro kraskadan ajralib chiqayotgan va yig‘ilib qolgan gaz portlaydi. Ikki kishi o‘sha zahoti va bir kishi keyinroq o‘ladi. Bu voqea sex boshlig‘ining havfsizlik texnikasini elementar qoidalarni bilmasligidan darak beradi. Baxtga qarshi bunday xollar juda ko‘p.
Bosim ostida ishlaydigan barcha uskunalarni 2 turga, ya’ni bosim ostida ishlaydigan idishlar va bosim ostida ishlaydigan apparatlarga bo‘lish mumkin.
Bosim ostida ishlaydigan idishlarga gazlama va iplarni quritish barabanlari, oxorlash mashinalarining quritish slindrlari pardozlash kalandrlarining po‘lat slindrlari va boshqa tashqaridan beriladigan bug‘ va suyuqlik hisobiga bosim hosil qiladigan idishlar kiradi.
Bosim ostida ishlaydigan apparatlarga esa oxor (shlixta) tayorlaydigan bak va avtoklavlar, ipni va gazlamani qaynatish qozonlari ko‘pikli va karbonad angidridli o‘t o‘chirgichlar va boshqa bosim idish ichida ichki texnologik jarayon hisobiga va kimyoviy reaksiya hisobiga sodir bo‘ladigan idishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |