Mehnat muhofazasi va ekologiya


Elektr filtrining ishlash prinsipi. 1-tojli razryad hosil qiluvchi elektrod; 2-zarrachalarni o‘tkazuvchi elektrod



Download 13,34 Mb.
bet34/142
Sana23.07.2022
Hajmi13,34 Mb.
#841778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142
Bog'liq
MM УМК 2021

Elektr filtrining ishlash prinsipi. 1-tojli razryad hosil qiluvchi elektrod; 2-zarrachalarni o‘tkazuvchi elektrod

Hozirgi paytda mustaqil respublikamizning to‘qimachilik sanoatida ulkan o‘zgarishlar bo‘layapti. Sanoat butunlay yangilanib, ilg‘or texnologik jarayonlar, dunyoning mashxur firmalarining (Tryuchler – Germaniya, Riter – SHveysariya, Martsoli-Italiya va boshqalar) uskuna va mashinalari, komp’yuterlashgan avtomatik tizimlari o‘rnatilmoqda. Ularning afzalliklari nafaqat yuqori ish unumdorligi va sifatli maxsulot ishlab chiqarish, balki, mexnat sharoitlarining yaxshiligi, xavfsizlikning oshirilganligi va sifatli dizayndir.


Masalan, Tryuchler (Germaniya) firmasining dK760 tarash mashinasida xavo so‘rish sistemasi quyidagi vazifalarni bajaradi;

  • mashina ostidan ajralib chiqqan chiqindilarni so‘rib oladi;

  • mashina atrofini changsizlantiradi;

  • mashinani ifloslanishidan saqlaydi;

  • maxsulotni imkoni boricha changsizlantiradi;




Tryuchler (Germaniya) firmasining dK760 tarash mashinasida xavo so‘rish sistemasi.

Ushbu talablar bu mashinada chang va chiqindilarni ularning bevosita ajralib chiqish joylaridan uzluksiz so‘rib olish xisobiga amalga oshiriladi.


So‘ruvchi sistema mashina konstruksiyasining ajralmas qismi hisoblanib, so‘ruvchi kanallar mashinaga borish yo‘lini to‘smaydi, ishchiga xalaqit bermaydi.
Ushbu konstruksiyaning afzal tomoni shundaki – so‘ruvchi sistema markaziy so‘ruvchi sistemaga ulanishi mumkin. Bu polning ustida xam polning tagida xam bo‘lishi mumkin. CHangli xavoning uzluksiz so‘rilishi mashina ostida doimiy ravishda xavoning siraklashuvi, ya’ni manfiy bosim hosil qiladi va u nazorat qilib turiladi. Markaziy so‘ruvchi sistema ishdan chiqsa tarash mashinasi avtomatik ravishda darxol to‘xtaydi.
Bundan maqsad mahsulot sifatiga ta’sir qilmaslik va mashinani extiyot qilishdir.
Ishlash sharoitiga qarab, ushbu mashina to‘xtab-to‘xtab ishlaydigan yashikli filtr bilan xam ta’minlashi mumkin. Ushbu filtr mashinadan ajralib chiqqan chiqindilarni so‘rish sistemasiga uzatib turadi.
Martsoli (Italiya) firmasining V39 ikki barabanli tozalagichidan changli xavoni samarali so‘rib olish, butun yigiruv fabrikasining chang va chiqindilarni yig‘ib oluvchi markaziy kollektor sistemasining avtomatik nazoratiga ulangan bo‘lib, bosimni (xavoning siyraklashuvini) o‘lchab turuvchi datchiklar yordamida nazorat qilib turiladi.
SHu firmaning yigiruv mashinalarida avvalgi puxoobduvatellarga o‘xshagan yangi sistema qo‘llangan. U yigiruv mashinasidan ajralib chiqayotgan momiq va changli havoni so‘rib olib, mahsulot sifatining yaxshiligi va urchuqlarning tozaligini ta’minlaydi.
Yigiruv va to‘quvchilik korxonalari mashinalaridan chang chiqishini kamaytirish va changsizlantiruvchi uskunalar ishining samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.
Titish – savash bo‘limida dastlabki titish agregatlarida chang ajralib chiqishini kamaytirish maqsadida agregatning zichligi oshirilgan, ajratuvchi, tozalovchi, tituvchi valiklar qismida changli xavoni so‘rib olish samaradorligi oshirilgan qo‘shimcha so‘ruvchi uskunalar o‘rnatilgan va ventilyasiya sistemasining quvvati oshirilgan.
Uskunalarda changli xavoni qabul qiluvchi moslamalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • ular bevosita chang va momiq chiqayotgan joyga yaqinroq va zichroq joylashishi kerak;

  • tuzilishi momiqning xarakat yo‘lida keskin to‘siqlarga uchramasligi, ravon tekis va silliq bo‘lishi keskin o‘timlardan xoli bo‘lishi kerak;

  • o‘rnatilish joyi chiqindilarning xarakat traektoriyasini xisobga olish va ularni eng ko‘p tushadigan yerlarga moslashtirilishi kerak;

  • suruvchi quvurning xavo kirish tirqishi mashinaning chang va momiq chiqadigan yeriga yaqin o‘rnatilishi kerak, chunki uzoqlashgan sari xavoning tezligi keskin kamayib boradi.

Yigiruv fabrikasining titish – savash bo‘limlarida changli xavoni tozalash sistemasini mukammallashtirish bu tsexlarda birinchidan Yong‘in xavfini keskin kamaytirsa, ikkinchidan xavoni tozalash samaradorligini oshiradi.
CHiqindilar tsexida ayniqsa chang volchogi va chiqindi tozalash mashinalarining ishiga aloxida axamiyat berish kerak. Ularning eshik va qopqoqlari zichligini oshirish, tirqishlarini berkitish kerak.
To‘quvchilik sexlarida changlarning ajralib chiqishini kamaytirish bevosita yoki bilvosita ishlab turgan dastgoxlarni loyixalash paytida takomillashtirish va xavfsizlikni ta’minlovchi moslamalarni qo‘llashni ko‘zda tutish va yangi dastgoxlarni texnologik jarayonga tadbiq etish bilan amalga oshiriladi. Bulardan tashqari, dastgohlarni va binoning ichki konstruktiv elementlarini changdan tozalash maqsadida puflab tushuruvchi va chang so‘rgich uskunalaridan xam foydalaniladi.
Pardozlash fabrikalarining gazlamaning tukini chiqarish tsexlarida chang chiqishini kamaytirish uchun tuk chiqaruvchi agregatlarga qo‘shimcha ventilyator uskunalari o‘rnatish, tirqishlarni berkitish xamda mavjud ventilyatsiya sistemalari quvvatlarini oshirishga amal qilinadi.
Noto‘qima materiallari ishlab chiqarish fabrikasi tsexlarida xam agregatlardan chang ajralib chiqishini kamaytirish maqsadida, chiqindilarni kameradan xavo yordamida so‘rib olish, mashinaning ustki qismining tirqishlarini berkitish, mavjud ventilyatsiya sistemalari quvvatlarini oshirish ishlarini bajarish maqsadga muvofiqdir.
Sexlardagi changlarni kamaytirishning asosiy omillaridan biri, mashinalarga, pollarga va binoning konstruktiv elementlari (ustun, deraza tokcha)ga o‘tirib qolgan changlarni tezda tozalab olishdir. CHunki ular ozgina xavo oqimi tezligiga xam yana tsex xavosiga ko‘tarilib, changlanganlik darajasini oshirib yuboradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, paxta zavodlari tsexlarida o‘tirgan changni xavoga ko‘tarilishi changlanganlikni avvalgi darajasiga nisbatan 2-3 barobar oshirib yuborar ekan.
To‘qimachilik sanoati sexlarida o‘tirib qolgan changlarni tozalashni mexanizatsiyalash asosan ikki usulda olib boriladi, birinchisi vakuum yordamida yuzalardagi changni so‘rib olish, ikkinchisi kuchli xavo oqimi yordamida changni shu yuzalardan puflab qo‘zg‘atib yuborish.
Birinchi usul, ya’ni changni so‘rib olish usuli gigienik nuqtai nazardan afzalroqdir, chunki chang qaytadan xavoga ko‘tarilmaydi, lekin bunda ish unumdorligi ikkinchi usulga nisbatan 8-10 marta kamdir. Bundan tashqari so‘rib olish usulida ship, ustun va balandligi 5m. dan ortiq joylarni tozalash qiyin. Puflash usuli esa bularni tezda bajarishga imkon beradi. Bunda puflab polga tushirilgan changlarni esa so‘rib olish usuli bilan tozalash tavsiya qilinadi.O‘tirib qolgan changlarni puflab ko‘chirish, siqilgan kuchli xavo oqimi orqali bajarilib, ular kompressorlar yordamida xosil qilinadi. Bunda siqilgan havo bosimi 0,4-0,6 MPa (4-6kgk/sm2) ni tashkil qiladi va bu bosimni keng tarqalgan VU-6,4, PKS-3,5, KSE-5 va boshqa kompressorlar bemalol bera oladilar.


Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish