Mehnat muhofazasi va ekologiya


noqulay ishlab chiqarish omillari



Download 13,34 Mb.
bet12/142
Sana23.07.2022
Hajmi13,34 Mb.
#841778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
MM УМК 2021

noqulay ishlab chiqarish omillari - zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;
xavfli ishlab chiqarish omili - ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
shaxsiy himoya vositalari - xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar
Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda).
Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti, mehnat faoliyati, faoliyati davridagi sog‘ligi davlat qonunlari asosida himoyalanadi, muhofaza qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan iborat bo‘lib, unda mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan iborat); mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (5-bo‘lim, 5 moddadan iborat) masalalari aniq yoritilgan. 1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi va u 1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi.
Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, Yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yo‘l-yo‘riqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat qiluvchi ishchi va xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar, issiq sexlarda ishlovchilar esa ichimlik suv bilan tekin ta’minlanadi.
Mehnat qonunchiligi Kodeksida ayollar mehnati, yoshlar mehnati, kollektiv shartnoma, ish vaqti, ish haqi, mehnat muhofazasi sohasida nazorat qilish va boshqa masalalar mujassamlashtirilgandir. Shu masalalar amaldagi mehnat haqidagi qonunda ham yoritilgan. Korxona hamda tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, havo muhitining changlanish va gazlanishi, shovqin, titrash, nurlanish va mehnatning boshqa zararli tomonlarini kamaytirish hamda bartaraf etish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni tadbiq etish yuklatilgan.
Dastgoh, mashina va mexanizmlar loyihalari xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak. Birorta yangi mashina, dastgoh yoki mexanizm mehnat muhofazasi talablariga javob bermasa, ishlab chiqarishga joriy qilinmaydi. Bunga mehnat qonunchiligida alohida ahamiyat berilgan.
Korxona ma’muriyati mehnat muhofazasi tadbirlarini rejalashtirishi, moddiy ta’minlashi zarur. Ayni paytda ishchi va hizmatchilarni yo‘riqnomalar bilan tanishtirishi va ularni ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlashlari lozim.
Mehnat haqidagi qoidalar majmuasida yangi texnologik jarayonlarni, mashina – uskunalarni loyihalashda va korxonalarni qayta ta’mirlashda mehnat muhofazasi talablari bajarilishiga alohida e’tibor beriladi.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxonalarni ishga tushirish uchun ruxsat berilmaydi. Sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlari yaratilmagan sex, bo‘lim yoki korxonaning ishga tushirilishi taqiqlanadi. YAngi va qayta ta’mirlangan ishlab chiqarish ob’ektlarini foydalanishga topshirish, davlat sanitariyasi hamda texnik nazorati va korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ruxsat berilmagunga qadar taqiqlanadi.
Mehnat muhofazasi qonunchiligida quyidagilar ko‘rsatilgandir:
- korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish qoidalari, uni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash;
- xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, shu bilan birga kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlaridan saqlanish shaxsiy vositalari, zararli ish sharoitlari uchun tovon to‘lash;
- ayollarning, yoshlarning va mehnat imkoniyatlari cheklanganlarning mehnatini muhofaza qilish qoida va me’yorlari;
- mehnat muhofazasi sohasida davlat va jamoat nazorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
- mehnat muhofazasi qonunlari buzilganda qo‘llaniladigan javobgarlik.
Har yili korxona ma’muriyati bilan jamoa orasida mehnat sharoitini yaxshilash, ish haqi, dam olish vaqti va boshqa huquq masalalari haqida shartnoma tuziladi.
Jamoa shartnomasining bajarilishini korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi ma’muriyat bilan birga bir yilda ikki-uch marta tekshirib turadi. Tekshirish natijalari ishchi va hizmatchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunda O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar ham mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish huquqiga egadirlar, deyiladi.
Mehnat muxofazasining tashkiliy asoslari
Unda inson hayoti va sog‘lig‘i ishlab chiqarish natijalaridan yuqori qo‘yiladi. Ishlovchilar hayotiga xavf tug‘dirayotgan shunday ob’ektlar darhol to‘xtatib qo‘yiladi.
Har bir korxona har yili jamoa shartnomasiga muvofiq, mehnat muhofazasiga ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadi. Zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud bo‘lgan korxona yoki sexlarda har bir ishchini bepul maxsus poyafzal, korjoma va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ishlovchilar soni ellik kishidan ortiq bo‘lgan barcha korxonalarda mehnat muhofazasi hizmati (muhandis lavozimi) joriy qilinadi. Barcha yangi ishga kirayotganlarni va boshqa ishdan o‘tkazilganlarni xavfsiz ish usullariga va dastlabki yordam usullariga o‘qitiladi. Xavfli ish joylariga ishga olinayotgan hollarda ularni maxsus o‘qitish, imtixon olish va bilimlarini sinab turish ko‘zda tutiladi. SHu bilan birga, ish faoliyatini qisman va butunlay yo‘qotgan xodimga jamoa shartnomasida ko‘rsatilganidek birvarakayiga beriladigan nafaqa jabrlanuvchining kamida o‘rtacha bir yillik maoshi miqdorida bo‘lishi kerak. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarda bu qiymat jabrlanuvchining kamida6-10 yillik maoshi miqdorida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mehnat kodeksining 68 moddasiga binoan og‘ir va zararli ishlarda ayollar mehnati taqiqlangan.
Homilador ayollarga bola tug‘ilishidan oldin 56 kun, tug‘ilgandan keyin ham 56 kun otpuska beriladi. 2 va undan ortiq bola tug‘ilsa yoki tug‘ilish nonormal bo‘lgan hollarda 70 kun otpuska beriladi. Hozir haq to‘lanadigan otpuska vaqti 2 yilgacha, o‘z hisobidan otpuska 3 yilgacha cho‘zilgan.
Homilador ayollar engil ishlarga yoki to‘liqmas ish joylariga o‘tkaziladilar.
16 yoshga to‘lmagan yoshlarni ishga qabul qilish taqiqlangan (74modda). Ayrim hollarda 15 yoshdan ham ishga olish mumkin. Balog‘at yoshiga etmagan (16 dan 18 gacha) yoshlar uchun qisqartirilgan 6 soatli ish kuni joriy etilgan. Tungi va asosiy vaqtdan tashqari qo‘shimcha ishlar ta’qiqlangan.

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish