ajratilgan soatlar taqsimoti
Fan mavzulari va unga ajratilgan saotlar taqsimoti:
№
|
Mavzular
|
Keys
sta
di
|
O‘z
lash-ti-
rish dara-
jasi
|
Ma’-
ru-
za
|
Amaliy ma
Sh-
g‘u-lot
|
La-
bora-
tori-
ya
|
Mus-
ta-
qil
ta’-
lim
|
Ja-
mi
|
Rey
ting
|
1.
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
1.
|
MODUL-1 Mehnat muxofazasining nazariy asoslari
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
1.1
|
1.Tematik ma’ruza: Kirish.
Mehnat muhofazasi fanining maqsadi, vazifalari va tarkibi.Mehnat muxofazasining xuquqiy va tashkiliy asoslari.
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
1.2
|
2.Tematik ma’ruza: O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ me’yoriy hujjatlarni mehnat xavfsizligida tadbiq etish
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
2.
|
MODUL-2:Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi
|
|
|
6
|
|
12
|
|
|
|
2.1
|
1.Tematik ma’ruza:
To‘qimachilik va engil sanoat korxonalarida ajralib chiqadigan zararli moddalar va ularga qarshi kurash. Sexlarni shamollatish va isitish.
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
2.2
|
1.Laboratoriya ishi: Quvurlarda xarakatlanayotgan havo miqdorini aniqlash
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
2.3
|
2. Laboratoriya ishi:
Yopiq va ochiq turdagi shamollatish uskunalarining havo so‘rish samaradorligini tadqiq qilish
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
2.4
|
2.Tematik ma’ruza: Yorug‘lik klassifikatsiyasi. Ishlab chiqarishda yoritilganlikni tashkil qilish.
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
2.5
|
3. Laboratoriya ishi: Tabiiy va su’niy yoritilganlikni tadqiq qilish
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
2.6
|
3.Tematik ma’ruza: Shovqin va titrashdan himoyalanish
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
2.7
|
4. Laboratoriya ishi: Shovqin yutish samaradorligini aniqlash
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
5. Laboratoriya ishi:
Titrashni tadqiq qilish
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
2.8
|
MODUL-3:
Xavfsizlik texnikasi.
|
|
|
4
|
|
4
|
|
|
|
3.
|
1-Tematik ma’ruza: Elektr xavfsizligi asoslari.
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3.1
|
6. Laboratoriya ishi: Tuproqni solishtirma qarshiligini aniqlash
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3.2
|
2. Tematik ma’ruza: Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlarni, hamda yuk ko‘tarish, tashish mexanizmlarini xavfsiz ishlashini ta’minlash.
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3.3
|
7. Laboratoriya ishi.Suniy nafas berish va yurakni massaj qilish usullarini mane-ken trenajerda o‘rganish
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3.4
|
MODUL-4:
Yong‘in xavfsizligi asoslari.
|
|
|
4
|
|
2
|
|
|
|
4.
|
1-Tematik ma’ruza: Yong‘in.
Yong‘inni fizik-ximik xususiyatlari haqida. Ishlab chiqarish korxonalarining yong‘in xavfi bo‘yicha sinflanishi va yong‘inga qarshi kurash
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
4.1
|
2-Tematik ma’ruza:
O‘t o‘chirish vositalari
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
4.2
|
8. Laboratoriya ishi: O‘t o‘chirish vositalari va ulardan foydalanish
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
18
|
|
18
|
|
|
|
|
МОDUL-1:
Моdul-1: Mehnat muhofazasining nazariy asoslari
1. Tematik ma`ruza: Mehnat muhofazasi fanining maqsadi, vazifalari va tarkibi.Mehnat muhofazasining xuquqiy va tashkiliy asoslari
2.Tematik ma`ruza:O’zbekiston Respublikasida q’abul qilingan normativ me’yoriy xyjjatlarni mehnat xavfsizligiga tadbiq etish
MODUL-1: Kirish. Mehnat muhofazasining maqsadi va vazifalari
1. Тематик маъруза: Mehnat muhofazasining maqsadi va vazifalari Mehnat muhofazasini huquqiy va tashkiliy asoslar
Reja:
1.Kirish. Mehnat muxofazasining maqsad va vazifalari.
2.Mehnat muxofazasining xuquqiy asoslari
3.Mehnat muxofazasining tashkiliy asoslari
Tayanch so‘z va iboralar:
Xavfsizlik, muhofazasi, texjarayon, gigiena va fiziologiya,ergonomika, estetika, ekologiya, huquqshunoslik, zararsizlik, sosial natijalar, yo‘riqnoma.
Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xususiyatga egadir. Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini
boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo‘lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi. Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. Mehnatni muhofaza qilish ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizliginita’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi. SHu sababli, inson mehnat faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384–322-yillarda ijod qilgan
Aristotel, eramizdan oldingi 460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi. Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (1493–1541-y.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida: «Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi», deb yozadi.
Nemis olimi Agrikol (1494–1555yy.) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan olimi Ramatsin (1633–1714-u.), rus olimi M. V. Lomonosov (1711–1765-u.) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan. XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi.
Jumladan, V.L.Kirpichev (1845–1913-u.), A.A.Bess (1857–1930yy.), D.R.Nikolskiy (1855–1918yy.), V.A.Levitskiy (1867–1936yy.), A.A.Skochinslay (1874–1960yy.), S.I.Kaplun (1897– 1943-u.) shular jumlasidandir. YUqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. SHu sababli «Mehnatni muhofaza qilish» mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, uslubiga hamda tamoyillariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Mehnatni muhofaza qilish» fani muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigienasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan ob’ektlarining turi, ya’ni «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘rganadi.
«Inson-mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tadbiq ob’ekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. SHu sababli, ishlab chiqarish sharoitidagi umumlashgan xavfli va zararli faktorlarning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan – «Mehnatni muhofaza qilish» fani o‘rganadi.
Mehnatkashlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo‘qotish O‘zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g‘amxo‘rliklaridan biridir.
“Mehnat muhofazasi” kursi bu fanning mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy qismini beradi.
Aniq mashinalar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari bino va inshoatlar uchun har bir kursning tegishli mutaxasssislik kurslarida o‘rganiladi.
“Mehnat muhofazasi” kursi “Ergonomika”, “Injenerlik psixologiyasi”, “Ishni ilmiy tashkil qilish”, “Gigiena va fiziologiya”, “Huquqshunoslik”, “Iqtisod”, “Ekologiya” va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu fanning metodologik asosi-mehnat sharoitini, texnologik jaroayonni,ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo‘ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy taxlil qilishdir.
Bu taxlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yo‘qotish ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi o‘zaro bog‘langan xolda, kelajak rejalarni xisobga olgan holda ko‘riladi.
Mehnat muxofazasi kursining maqsadi-mehnat xavfsizligining muxandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda ularni amalda qo‘llay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga,jaroxatlarni, kasbiy kasallik, avariya, Yong‘in va portlashning oldini ola biladigan bakalavr kadrlar tayyorlashdir.
Kursning vazifasi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, ularning inson sog‘ligiga ta’siri mazkur xavfli moddalarni o‘lchash va tadqiq qilishning zamonaviyusullari va ulardan samarali ximoyalanish tadbirlarini o‘rganishdan iboratdir.
Mehnat qonunchiligi huquqiy me’yorlar majmuasi bo‘lib, ishchi xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqarib turadi.
Mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi-tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuasi bo‘lib, kasbiy kasalliklarga va zaharlanishga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirish va butunlay bartaraf qilishga qaratilgan.
Xavfsizlik texnikasi-ishchilarni xavfli ishlab chiqarish omillari (jarahatlar, avariya, yong‘in, portlash va x.k.) ta’siridan asrab qolish va zaharlanishga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirishga qaratilgan texnik vositalar va tashkiliy choralardir.
Yong‘in va portlash xavfsizligi-korxonada Yong‘in chiqishining oldini olish yoki bo‘lganda ham ularning xavfli ta’sirini kamaytirish va xalq mulkini saqlashni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mehnat xavfsizligining ergonomikasida mehnat jarayonlarida qulay sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o‘rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo‘ladi hamda intelektual va fizik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi.
Mehnat muhofazasi borasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini 600 dan ortiq ilmiy tadqiqot tashkilotlari va laboratoriyalar, shu qatorda6 ta mehnatni muhofazasi qilish institutlari, 200 dan ortiq Oliy maktab kafedralari, ko‘plab tibbiyot ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi.
Ilmiy fan sifatida “Mehnatni muhofazasi” fanining maqsadi, maksimal ish unimdorligida, ish sharoitining to‘liq havfsizligini va zararsizligini ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlab chiqishdadir.
Mehnat sharoitining yaxshilanishi sotsial natijalarga ya’ni, mehnatkashlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, o‘z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faolligini oshirishga olib keladi.
Korxonalarda sog‘lom va havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash korxona ma’muriyatiga yuklangan. Ma’muriyat zamonaviy havfsizlik texnikasi vositalarini tadbiq etish, ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni oldini olish uchun sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlashi kerak.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. SHuningdek mehnat muhofazasi talablarga javob bermaydigan biror sex yoki korxona eksplutatsiyaga tushirilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |