O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: - to‘qimachilik, yengil, paxta tozalash va matbaa korxonalariga xizmat ko‘rsatishda mehnat muhofazasining nazariy asoslari bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir.
Fanning vazifasi: - talabalarni ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan real sharoitga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdir.
"Mehnat muhofazasi" fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavrlar:
- korxonalardagi asosiy zararli moddalar manbai, ularga qarshi kurash usullari, atrof muhitni muhofaza qilish usul va vositalari, mehnatni muhofaza qilish borasidagi qonunlar, sanoat korxonalari chiqindilari va ularni tashqi muhitga ta’siri haqida tasavurga ega bo‘lishi;
-sanoat korxonalarining samarali ishlashi nafaqat dastgohlarning iqtisodiy texnik-ko‘rsatkichlari, balki ularga xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsiz ishlash, chiqayotgan zararli chiqindilarni aholi va atrof-muhitga ta’siriga bog‘liqligini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-korxonalarni faoliyat olib borish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan fan bo‘lib, unda korxonaning faoliyatiga alohida talablar qo‘yiladi. Hozirgi kunda mehnatni muhofaza qilish masalasi dolzarbligini hisobga olsak, ushbu fan asosiy fanlardan biri hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini ekanligi to‘g‘risidagi malakalarigaega bo‘lishi kerak.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’lotlari)
1-Modul. Mehnat muhofazasining nazariy asoslari
1-mavzu. Kirish.Mehnat muhofazasi fanining maqsadi, vazifalari va tarkibi.Mehnat muxofazasining xuquqiy va tashkiliy asoslari.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy qonuniy aktlar va me’eriy hujjatlar.
Asosiy qonuniy aktlarda mehnat muhofazasi masalalari: 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 1993 yil 6 mayda qabul qilingan O‘zekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi haqidagi» qonuni, 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi borasidagi davlat siyosati.
Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi masalalarini standartlash-tirish. Ishlab chiqarishlarda mehnat gigenasi va sanoat sanitariyasi, changli havoni so‘rib olish usullari, ishlab chiqarishda yoritilganlikni tashkil qilish, shovqin va titrashdan himoyalanish, xavfsizlik texnikasi, Yong‘in xavfsizligi masalalarini hal qilish. Mehnat muhofazasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va me’yoriy ta’minot.
Ayollar va balog‘at yoshiga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Ayollar, yoshlar va oilaviy vazifalarini bajarish bilan band bo‘lganlarga qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar.
Mehnat muhofazasini moliyaviy ta’minoti. Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishda davlat soliq siyosati, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |