Ishning maqsadi
:
Sun‘iy yoritilganlikni me‘yorlashtirish tartibi bilan
shuningdek ish joylarida suniy yoritilganlikni aniqlash holatini usul va asboblari bilan
tanishish.
Umumiy ma‟lumotlar.
Sun‘iy yoritilganlik kun davomida xonalarda tabiiy yoritilganlik
etishmaganda yoki umuman tushmaganda qo‗llaniladi. Suniy yoritilganlikning ikki
turi mavjud: ishchi va avariya yoritilganligi.
Ishchi yorug‗lik albatta normal ishlash uchun barcha joylarda va
yoritiladigan maydonlarga o‗rnatiladi.
Avariya holatidagi yorug‗lik ishchi yorug‗lik to‗satdan o‗lganρda
qo‗llaniladi. Bu holat portlash Yong‗in va texnologik jarayonlar uzoq vaqt
to‗xtaganda qo‗llaniladi. Evakuatsiya qilish maqsadida odamlar o‗tishi qiyin bo‗lgan
joylarda zinapoyalarda hamda 50 kishidan ortiq bo‗lgan joylarda avariya yorug‗ligi
o‗rnatiladi.
Sun‘iy yorug‗lik 2 xil usulda olib boriladi a) umumiy yoritish, bunda
sanoat korxonasining binolari bir xil yoritgichlar yordamida yoritiladi b) aralash
usulda yoritish, bunda umumiy yoritilish bilan bir qatorda ish joylarining o‗zi alohida
qo‗shimcha yoritiladi va bu ish joylarini yoritish deb ataladi.
Umumiy yorug‗lik ishchi joylarini joylashtirishga qarab lokallashgan va
jixozlarni qanday joylashtirishdan qat‘iy nazar me‘yoriy yorug‗liklarga bo‗linadi.
Binoni ichida faqat (mestnыy) yorug‗likdan foydalanish man etiladi. Ish joyi bilan
uni atrofini yuqori yorug‗lik kontrastidan saqlash uchun umumiy yorug‗lik aralash
yorug‗likni 10 % idan kam bo‗lmasligi kerak.
Sun‘iy yorug‗lik uchun (umumiy va aralash) cho‗g‗lanma elektr
lampalari va gaz razryadli yorug‗lik manbaalaridan qo‗llaniladi. Bularga:
lyuminitsent lampalari, yuqori bosimli simob lampalari, natriyli va ksenonli lampalar
kiradi. Umumiy qo‗llaniladigan lokallangan lampalarning yorug‗lik uzatuvchanligi 7-
20 lm/Vt, yuqori bosimli simobli lampalar60 lm/Vt, natriy lampalar to 100
lm/Vt.gacha yorug‗lik beradi.
YOritish tizimi turlarini tanlash asosan bajarilayotgan ishning texnologik
jarayoniga, kategoriyasiga bog‗liq bo‗lib, SNIP-11-4-79 asosida belgilanadi
YOritilganlik kattaligi ko‗rish sharoitining quyidagi parametrlari asosida o‗rnatiladi.
1.
Ajratish ob‘ektining o‗lchami – ish davomida ajratilishi kerak bo‗lgan
eng kichik o‗lcham (masalan asboblar bilan ishlaganda shkalani gradirovka qilishdagi
chiziq qalinligi);
2.
Ko‗rilayotgan ob‘ektning yuzasidagi fon. Aks koeffitsienti (R) yuzaning
rangi va fakturasi bilan xarakterlanadi. Fon ρ > 0,4 yorug‗, 0,2 ≤ ρ ≤ 0,4 o‗rtacha va
ρ < 0,2 bo‗lganda qorong‗i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |