Mehnat muhofazasi va ekologiya



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana20.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#683886
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
ХФХНА модул-2022 тугриланган docx- (2)

Operator - texnolog.
Texnologik jarayonda bevosita ishtirok etadi, uni zudlik 
bilan bajarish rejimida ishlaydi, aksar ijro harakatlari bilan bog‗liq. Vaziyat va 
echimlar to‗liq ko‗rsatilgan yo‗riqnoma va reglamentlarga amal qiladi. Bu - 
texnologik jarayonlar, avtomatik liniyalar va boshqalarning operatorlaridir. Bunda 
aqliy mehnat asosiy o‗rin egallaydi. 
Operator - manipulyator
(mashinist). Uning asosiy faoliyati ijro bilan bog‗liq 
bo‗lib unda aqliy mehnat hissasi ko‗p emas. Masalan, mashinani xom-ashyo bilan 
ta‘minlash, tayyor mahsulotni olish, chiqindilarni yig‗ib olish, yurg‗azish, to‗xtatish 
va sh.o‗. ishlar. Umumiy qilib aytganda ularning vazifasi alohida uskuna va 
mexanizmlarni boshqarishdir. 
Operator - nazoratchi
(masalan, texnologik tizim yoki transport sistemasi 
dispetcheri). Uning faoliyatida axborot va mohiyatni harakterlovchi modellar asosiy 
o‗rin egallaydi. Bunda operator zudlik bilan bajariladigan va vaqt bo‗yicha bir 
muncha surilgan rejimda ishlaydi. Uning faoliyatida texnologik jarayonni yaxshi 
bilish va malaka asosiy o‗rin egallaydi. Jismoniy mehnat bu erda kam rol o‗ynaydi. 
Organizmning bir me‘yorda ishlashi unda kechadigan kimyoviy, biokimyoviy 
jarayonlar va ma‘lum harorat diapazonida bo‗ladi. Uning harorat intervali 36,5 - 
37,0°S orasida bo‗ladi. 
Insonning atrof-muhit bilan muloqotida tana harorati sezilarli o‗zgaradi. Bu 
muhitning haroratiga, namligiga, havo harakati tezligiga, uskuna yuzalaridan ajralib 
chiqayotgan issiqlik va h.k.larga bog‗liq. Organizmning atrof-muhit parametrlarini 
o‗zgarishiga moslashuvi unda kechadigan termoregulyasiya jarayonlari bilan 
ifodalanadi. 
Termoregulyasiya
- organizmning o‗z haroratini o‗zi boshqara olish 
xususiyatidir. Bu uning ko‗pdan-ko‗p mo‗jizalaridan biri bo‗lib, tana haroratini bir 


45 
xilda (

36-37°S ) ushlab turishga qaratilgan fiziologik va kimyoviy jarayonlar 
majmuasidir. Haroratni boshqarish odam organizmini qizib yoki sovib ketishidan 
asraydi. Haroratning doimo bir xilda saqlanishi organizmning issiqlik ishlab 
chiqarishi - bu mushaklarning titrashi va to‗qimalarida modda almashinuvi 
jarayonlari bilan amalga oshadi, issiqlik uzatish yoki issiqlik qabul qilish bu tananing 
infraqizil nurlanishi yoki yutishi, konveksiya hisobiga issiqlik uzatish yoki yutish 
yoki tana yuzasi havo harakati bilan isishi yoki sovushi va teri yuzasidan yuqori nafas 
yo‗llarining shilliq pardalaridan va o‗pkadan namlikni bug‗lanishi hisobiga issiqlik 
uzatilishdir. 
SHunday 
qilib 
termoregulyasiya 
organizmda 
uzluksiz 
ishlab 
chiqarilayotgan issiqlik bilan undan atrof - muhitga uzluksiz berilayotgan ortiqcha 
issiqlikning muvozanat holati bo‗lib, u organizmda issiqlik balansini saqlab turadi. 
Termoregulyasiyaning buzilish hollari organizmda kuchli salbiy o‗zgarishlarga 
sabab bo‗ladi. Ular ikki xil bo‗lib, o‗tkir va surunkali turlarga bo‗linadi. 
Termoregulyasiya buzilishining o‗tkir formasi quyilagi hollarga olib keladi: 
- issiqlik gipertrofiyasi - yuqori (70-80%) nisbiy namlikda issiqlikni berish - bu 
tana haroratining biroz ko‗tarilishi, kuchli terlash, chanqash, tomir urishi va nafas 
olishning tezlashuvi. SHu bilan birga badan kuchliroq qizib ketsa nafas olishning 
qiyinlashuvi, boshning og‗rishi, bosh aylanishi, so‗zlashda qiynalish va boshqalar 
kuzatiladi. 
- titrab-qaqshash, tomir tortishishi kasalligi (sudorojnaya bolezn) - organizm suv-
tuz almashuv holatining buzilishi - turli titrashlar, ayniqsa oyoq mushaklarining 
titrashi, kuchli terlash, qonning quyulib ketishi hollari kuzatiladi. Qayishqoqligi 
kuchayadi, uning harakati susayadi natijada to‗qimalar kislorodni kerakli miqdorda 
ololmaydi. 
- issiq urishi - bu titrash kasalligining davomi bo‗lib hushdan ketish, haroratning 
40-41°S ga ko‗tarilib ketishi, qon tomirining kuchsiz tez-tez urishi kuzatiladi. Issiq 
urishining og‗ir holatlari belgisi - ter ajralib chiqishi butunlay to‗xtadi. 
Issiq urish va titrash kasalliklari o‗lim holati bilan tugashi mumkin. 
Termoregulyasiya buzilishining surunkali formasi asab, yurak-tomir va ovqat 
hazm qilish sistemalari ishining o‗zgarishlariga olib keladi. Bu esa pirovard natijada 
kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. 
Uzoq vaqt sovuq sharoitda ishlash kapillyar va mayda arteriyalar faoliyatining 
buzilishiga olib keladi (qo‗l va oyoq barmoqlarining, quloq uchlarining uvushish 
hollari). Bunda butun organizmning sovushi sodir bo‗ladi. Organizmning sovushi 
bilan bog‗liq umurtqa pog‗onasi bodi (radikulit), turli nevralgiya holatlari, sustav va 
mushaklar bodining kuchayishi, plevrit, bronxit, nafas yo‗llari shilliq pardalarining 
shamollashi va boshqalar hammamizga ma‘lum. 
Nam havo haroratni yaxshi o‗tkazadi, uning harakati konveksiya tufayli issiqlik 
uzatishni kuchaytiradi, bu esa sovuq havo, yuqori namlik va harakatdagi havo 
sharoitida organizmning kuchli sovqotishiga, muzlashiga (xatto o‗limiga) olib 
keladi. 
Organizm sovqotishining uch bosqichi bo‗lib, quyilagi ko‗rsatkichlar bilan 
harakterlanadi:
I - II bosqichlar, tana harorati 37 dan 35,5°S gacha. Bunda: 
-
teri qon tomirlarining tortishishi; 


46 
-
pulsning pasayishi; 
-
tana haroratining pasayishi; 
-
arterial bosimning ko‗tarilishi; 
-
o‗pka ventilyasiyasining ortishi; 
-
issiqlik ishlab chiqarishning ortishi kuzatiladi. 
SHunday qilib, organizm 35°S gacha mikroiqlimning sovutishiga qarshi o‗z kuchi 
bilan kurashishga harakat qiladi. III bosqich - tana harorati 35°S dan past. Bunda: 
-
tana haroratining pasayishi; 
-
markaziy asab sistemasi faoliyatining pasayishi; 
-
arterial bosimning pasayishi; 
-
o‗pka ventilyasiyasining kamayishi; 
-
issiqlik ishlab chiqarishning kamayishi kuzatiladi. 
Organizmning sovqotishi quyilagi kasalliklarni keltirib chiqaradi: tana a‘zolarining 
muzlashi, tirsak va tovonlarda shishlar paydo bo‗lishi, o‗tkir resperator kasalliklar va 
gripp. 
Ish zonasida me‘yordagi mikroiqlim sharoitlarni yaratib berish - organizm 
termoregulyasiyasini ta‘minlashda hodimning ish unumdorligini oshirishda, uning 
ishidan mamnunlik hissini shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish