VI BOB
NURLANISH, SHOVQIN VA TITRASH KABI ZARARLI
TA’SIRLARDAN HIMOYALANISH
6.1. Shovqin haqida umumiy ma’lumotlar va undan himoyalanish
Insonning mavjud båshta såzgi organi ichida eshitish a’zosi o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan
muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi.
Inson o‘zining eshitish såzgilari orqali sof tovushlarni, aralash tovushlarni
va shovqinni farqlaydi. Sof tovush bir xil chastotadagi sinusoidal
tåbranishlardan iborat. Aralash tovush bir nåcha sof tovushning yig‘indisidan
iborat. Shovqin esa har xil chastota va tåbranishdagi tovushlar aralashmasi
hisoblanadi.
Chastota fizik olim Gånrix Gårs (1857–1894-yillar) sharafiga «gårs»
(Gs) orqali o‘lchanadi. Bir gårs (1Gs) –bir soniyada bir tåbranish dåmakdir.
1660-yili Robårt Boyl (1627–1661-yillar) tovush tarqalishi uchun
gazsimon suyuqlik yoki qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi.
Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga bog‘liq holda shovqinlar
måxanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Tovush intånsivligining o‘lchov birligi «Bål» deb qabul qilingan. U
tålåfon yaratilishining asoschisi Alåksandr Gråyama Bål (1847–1922-yillar)
sharafiga atalgan. Insonning qulog‘i bir xil bosimdagi, turli xil chastota va
qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush balandligi – «fon» bilan
o‘lchanadi. Bir fon– 1000
Gs
chastotadagi va
1dB
intånsivlikdagi tovush
qattiqligiga tång. Inson qulog‘i 16
Gs
dan 20000
Gs
gacha bo‘lgan tovush
chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega. Inson 800...4000
Gs
chastotali
tovushlarni yaxshi eshitadi, 16...100
Gs
chastotali tovushlarni såzilarli
darajada eshitadi.
1861-yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876-yillar) insonning
eshitish a’zosi – quloqni tåkshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan.
Odatda, biz quloq dåganda tashqi ko‘rinishdagi quloq suprasini
tushunamiz. Ushbu quloq suprasidan bosh suyak tomon ichki eshituv
yo‘li o‘tgan bo‘lib, u balog‘atga yåtgan odamlarda 2
sm
gacha bo‘ladi.
Undan kåyin xususiy eshituv a’zosi, o‘rtacha quloq, ya’ni baraban bo‘shlig‘i
boshlanadi. U tashqi eshituv yo‘lidan baraban pardasi bilan chågaralangan.
Baraban bo‘shlig‘ida uchta mayda suyakcha-bolg‘acha, ya’ni ichki tog‘ay
va eshituv suyakchalari joylashgan. Har bir tovush to‘lqinida bolg‘acha
suyakchalar tog‘ayga, tog‘ay esa o‘z navbatida eshituv suyakchalariga
ta’sir etadi. Ushbu suyakchalar baraban pardasi tåbranish amplitudasini
2-3 martagacha kuchaytiradi. O‘rta quloqdan kåyin esa spiralsimon naycha
joylashgan bo‘lib, u o‘ziga xos suyuqlik bilan to‘latilgan bo‘ladi. Spiralsimon
65
naychada måmbrana yashiringan bo‘lib, u 16 mingga yaqin såzuvchi
tolasimon hujayralardan tashkil topgan. Bu Alfonso Kort sharafiga «kort
a’zosi» dåb nomlanadi. Tovush to‘lqini baraban pardasidan suyakchalar
orqali spiralsimon naychaga uzatiladi va bu vaqtda måmbranada titrash
tarqaladi. Titrash «kort a’zosi»dagi tolasimon hujayralarni harakatga
kåltiradi, hujayralar egilib, buralib dåformatsiyalanadi va unda elåktrik
signallar hosil bo‘ladi.
Bu elåktrik signallar eshitish asablarini qo‘zg‘atadi. Bu shartli bålgili
elåktrik impulslar miyaga uzatiladi va u miyada qayta ishlanib anglanadi.
Ana shunday måxanik tåbranishlarni elåktrik impulslarga aylantirib bårish
qobiliyatiga ega bo‘lgan inson qulog‘i 0 dan 130
dB
gacha bo‘lgan tovush
intånsivligini eshita oladi. Låkin, insonga turli xil chastotadagi tovushlar
turlicha ta’sir etadi. Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash
maqsadida, u past chastotali (300
Gs
gacha), o‘rta chastotali (300...800
Gs
)
va yuqori chastotali (800
Gs
dan yuqori) shovqinlarga ajratiladi.
Insonni doimiy yuqori intånsivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning
sog‘lig‘iga ta’sir etadi, u tåz charchaydi, psixologik råaksiya tåzligi
kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdåk, shovqin insonning diqqatini bir
joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini
buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi,
natijada turli xil baxtsiz hodisalarning kålib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan
tashqari, shovqin qon bosimining ortishi, ko‘z qorachig‘ining kångayishi,
oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, yurak va tomir urishining tåzlashishi,
asab tizimining buzilishi, uyqusizlik sodir bo‘lishi va eshitish qobiliyatining
susayishiga ham olib kåladi. Ayniqsa, inson qulog‘i eshitmaydigan
shovqinlar, ya’ni infratovushlar (tovush chastotasi 16
Gs
dan kichik
shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000
Gs
dan katta)
inson sog‘lig‘iga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida
ham, uyquda ham ma’lum darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi.
Tovush intånsivligi dåb 1 soniyada 1
m
2
maydondan tovush tarqalishiga
pårpåndikulyar yo‘nalishda tovush to‘lqinlari orqali olib o‘tiladigan tovush
enårgiyasi miqdoriga aytiladi. Tovush intånsivligi V
ò/ì
2
orqali o‘lchanadi.
Inson qulog‘ining tovushni såzishi tovush intånsivligi Jo =10-12
V t/m
2
dan
boshlanadi va bu miqdor shartli ravishda «O» bål (B) dåb qabul qilingan.
Tovush intånsivligi 10 marta ortsa J=10-11
Vt/m
2
ga tång bo‘ladi va
shunga mos holda tovush intånsivligi darajasi L1=1
B
, agar tovush intånsivligi
100 marta ortsa J=10 – 10
V t/ì
2
, L1=2
B
ortadi va h.k.
Tovush balandligi –«fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon– 1000
Gs
chastotada
va 1
dB
tovush intånsivligidagi tovush balandligidir.
Shovqinning tovush chastotasi bilan bog‘lanishini tavsiflovchi miqdor
shovqinning chastota spåktri dåb ataladi. Shovqinni insonga fiziologik
ta’sirini baholash maqsadida u tovush chastotasiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
quyi (300
Gs
gacha), o‘rta (300...800
Gs
) va yuqori chastotali (800
Gs
dan
66
yuqori). Bundan tashqari, shovqin, spåktrning tavsifi va ta’sir etish vaqtiga
ko‘ra ham tasniflanadi. Spåktrning tavsifiga ko‘ra shovqin: kång polosali va
tonal ko‘rinishida bo‘ladi. Agar 8 soatlik ish kuni vaqtida shovqin darajasi
vaqt bo‘yicha 5
dBA
dan ortmasa, doimiy shovqin hisoblanadi. Agar shovqin
darajasi vaqt oralig‘ida 5
dB
dan ortiq o‘zgarib tursa nodoimiy (o‘zgaruvchan)
shovqin, ushbu o‘zgarish kåskin kamayish orqali sodir bo‘lsa uzlukli shovqin
dåb ataladi. A
gar shovqin 1
såk
dan kam vaqt davom etuvchi bir yoki bir
nåcha tovush signallaridan iborat bo‘lsa impulsli shovqin dåyiladi. Impulsli
shovqin darajasi bir såkundda 100
dB
dan ortiq o‘zgaradi. Bundan tashqari,
shovqin hosil bo‘lish manbaiga ko‘ra måxanik, aerogidrodinamik va
elåktromagnit turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |