4-Laboratoriya Ishi. Ishlab chiqarish xonalaridagi tabiiy yoritilganlikni о‘lchash va hisoblash.
Ishdan maqsad: Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va me’yorlashtirish tartibi bilan tanishish.
Umumiy ma’lumotlar:
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
ko‘zni kam toliqtirish, ko‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat
unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy tasir ko‘rsatish;
- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan tabiiy yorug‘likni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bo‘yicha uch turli bo‘lib; binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qo‘llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. YUqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bo‘lib, sex bo‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qilali.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bo‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, er yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. SHuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilgailikni me’yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bo‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Ei/, shu vaqtning o‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka /Et/ nisbati bilan foizlarda o‘lchanadigan kattalikdir.
(5)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti e 2-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:
- ko‘zda bajariladigan ishning tabiati ko‘rilayotgan predmetning ko‘z
ilg‘ay olish kattaligi, masalan yigiruvchi va to‘quvchilar ishida ipning
yo‘g‘onligi, soatsozda soatning mayda qismlari, o‘quvchida sarf o‘lchamlari va
boshqalar.
- yorug‘lik sistemasi;
yorug‘lik iqlimi koeffitsienti bu kattalik binoning joylashgan
mintaqasiga bog‘liq.
kungaylik koeffiiienti bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab
tushganligiga bog‘liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bo‘lsa - kungay tomon
deyiladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti eksperimental o‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki EI va tashqi ET yoritilganligi gorizontal tekislikda o‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik o‘lchanganda lyuksmetr fotoelemsntiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |