Titrashni xarakterlovchi kattaliklarning (SanPiN 0063-96 bo‘yicha)
yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan qiymatlari
7-jadval
CHastota, Gs
|
1,4
|
1,6
|
2
|
2,5
|
2,8
|
3,2
|
4
|
5
|
5,6
|
6,3
|
8
|
10
|
11,2
|
12,5
|
16
|
2
|
22,4
|
25
|
31,5
|
40
|
45
|
50
|
63
|
80
|
90
|
Tebranish amplitudasi, mm
|
3,11
|
2,22
|
1,26
|
0,73
|
0,61
|
0,44
|
0,28
|
0,16
|
0,13
|
0,09
|
0,056
|
0,45
|
0,041
|
0,036
|
0,028
|
0,2
|
0,02
|
0,018
|
0,0114
|
0,0113
|
0,0102
|
0,009
|
0,0072
|
0,0036
|
0,005
|
Tebranma harakat tezligining o‘rtacha kvadrat qiymatlari, mm/s
|
11,2
|
5
|
2
|
2
|
2
|
2
|
DB (5• 10 -5 mm/sek ga nisbatan)
|
107
|
100
|
92
|
92
|
92
|
92
|
Laboratoriya sharoitida titrash hosil qilish uchun vibrostend qurilmasi yasalgan. Uning tuzilishi quyidagicha. Oddiy ish stolining tag qismiga elektrodvigatel o‘rnatib, uning o‘qiga ekssentrik mahkamlangan.
Elektrodvigatel yurgizilganda ekssentrik "urib" korpusga hamda stolga
titrash uzatadi. Ushbu laboratoriya ishida ana shu titrashni yuqorida aytilgan
VR-1 asbobi yordamida yozib olamiz.
Titrash parametrlarini o‘zgartirish maqsadida tok avtotransformator orqali beriladi. Bunda elektrodvigatelning aylanish tezligini boshqarish mumkin.
Ishni bajarish tartibi.
1. Vibrografga lenta qo‘ying.
Vibrograf dastasini "vыklyucheno" holatga keltiring.
Prujina mexanizmini soat strelkasi bo‘yicha oxirigacha burang.
Vibrostend elektrodvigatelini yurgizing va avtotransformator orqali
300-400 ayl/min tezlikka erishing.
Vibrografni qo‘lingizda ushlab turib sterjenning tashqi uchini stol
yuzasiga tekkizing. Asbobni asta bosib peroni lentaning o‘rtasiga keltiring.
Vibrofafni yurgizib, shu holatda 2-3 sek ushlab turing.
7. O‘lchashni tugatib, asbob ichidagi lentani oling. Lupa yordamida ikkilamchi amplituda bo‘lmish h ni (4-rasm) lineyka bilan o‘lchang. YUqorida aytganimizdek vibrogramma amplitudasi olti marta katta qilib yozilganligi uchun, uning haqiqiy qiymati quyidagi formula yordamida topiladi.
, mm (10)
8. Vibrogrammada tebranishlar chastotasi /f/ ni hisoblang. Buning uchun
vibrogrammaning 1 sek oralig‘idagi bir tomonga qaragan tishchalar sonini
hisoblab chiqish kerak.
9.Tebranish davrini hisoblang.
10. O‘lchangan chastota va amplituda qiymatlarini 7-formulaga qo‘yib
tebranma harakat tezligini aniqlang.
11. Olingan qiymatlarni 3-jadvaldagidek, uskunalar uchun titrashning ish
joylarida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan qiymatlariga solishtiring.
12. Formula 8 yordamida titrashning tezlanishini aniqlang:
13. Titrashning hisoblab chpqilgan qiymatlariga qarab shu ish stolida ishlash mumkin /yoki mumkin emas ligi haqida xulosa chiqaring. Qiymatlarni solishtirish uchun quyidagi jadvalni to‘ldiring.
8-jadval
Tebranma harakat kattaliklari
|
f, Gs
|
A, mm
|
V, mm/sek
|
T, sek
|
1. Vibrostend titrashi qiymatlari
|
|
|
|
|
2. SanPiN 0063-96 bo‘yicha titrash qiymatlari
|
|
|
|
|
3. Vibrostend titrashi sanitariya me’yorlaridan necha marta katta?
|
|
|
|
|
Nazorat savollari :
Bernulli tenglamasiga ta’rif bering?
Quvurning qaysi nuqtalarida havo bosimi yuqori bo’ladi?
Pnevmatik naychaning vazifasi nima?
7-Laboratoriya Ishi. Tuproqning solishtirma qarshiligini о‘lchash va elektr uskunalarining yerga ulanadigan qismini hisoblash
Ishdan maqsad: Tuproq qarshiligini o‘lchash asbobi "M 416" bilan tanishish va olingan kattaliklar bo‘yicha solishtirma qarshilikni hisoblab chiqish.
Umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarish sexlarida ishchilarni elektr toki urishidan saqlashning asosiy tadbirlaridan biri mashina va uskunalarni yerga ulashdir.
Bunda mashina va uskunalarning tok yurmaydigan qismlari o‘tkazgich yordamida yerga ulanadi. O‘tkazgich sifatida odatda ko‘ndalang kesimi doira yoki to‘rtburchak bo‘lgan po‘lat simlar tanlanadi.
Yerga ulagich tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy yerga ulagichlar vazifasini yer bilan yaxshi kontaktda bo‘lgan yirik metall inshootlar, yer osti suv o‘tkazish quvurlari, yer ostidan o‘tkazilgan kabellarning qo‘rg‘oshin qobiqlari va boshqalar bajarishi mumkin.
Sun’iy yerga ulagichlar oldindan hisoblanib, kerakli miqdorda metall /po‘lat/ quvurlar holatida yerga qoqiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari uchun qo‘llanadigan yerga ulagichning elektr qarshiligi 4 Om dan oshmasligi kerak.
3-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha bajariladigan yakka yerga ulagichning qarshiligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda ρ - tuproqning solishtirma qarshiligi, Om sm;
l- qoziqning uzunligi, sm;
d- qoziqning diametri, sm;
t - yer yuzasidan qoziqning yarmigacha bo‘lgan masofa, sm.
Ma’lumki tuproqning solishtirma qarshiligi xar xil tuproq uchun turlichadir. Masalan:
2-jadval
Tuproq turi
|
Elektr tokiga solishtirma qarshiligi, Om, sm
|
Sog‘ tuproq (less)
|
2,5x104
|
Loy tuproq
|
0,4x104
|
Qum tuproq
|
7,0x104
|
SHag‘alli tuproq
|
20,0x104
|
Toshloq tuproq
|
40,0x104
|
Aralash tuproqli yerlarda solishtirma qarshilikni eksperimental tajriba asosida aniqlash maxsus - «yerga ulagich» qarshiligini o‘lchagich asboblari yordamida o‘lchanadi.
Laboratoriya ishini bajarishda shunday asboblardan biri bo‘lgan "M 416" markali yerga ulagich qarshiligini o‘lchovchi asbobni ulaymiz. Bu asbob 4,5 V li batareyadan ta’minlanib. MP-42B tranzistorlaridan yig‘ilgan va 0,1 lan 1000 Om gacha o‘lchov chegarasiga ega.
Yerga ulagich qoziqlari qoqilgan chuqurlikdagi tuproqning solishtirma qarshiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, Om sm (3)
bu yerda R -M 416 asbobi yordamida o‘lchangan qarshilik, Om.
l - qoziqning yer ostidagi qismi uzunligi, sm.
d - qoziqning diametri, sm.
M 416 asbobi yordamida tuproqning solishtirma qarshiligini aniqlash uchun yerga qo‘shimcha elektrod 1 3-rasmga qarang yordamchi erga ulagich 2 va zond 3 qoqiladi.
Ular orasidagi masofalar sxemalar ko‘rsatilgan kattaliklardan kam bo‘lmasligi kerak. Qo‘shimcha elektrod, yordamchi yerga ulagich zondlar bilan ulangan simlarning uchlari laboratoriyaga olib chiqilgan va muvofiq ravishda belgilangan.
Ilova: Ushbu «laboratoriya ishida M 416 asbobi, tutashtiruvchi simlar va kontaktlarning qarshiligi tufayli bo‘ladigan xatolarni chiqarib tashlash va tuproqning solishtirma qarshiligini yanada aniqroq o‘lchash uchun to‘rt qisqichli sistema qo‘llaniladi.
9-rasm. Tuproqning solishtirma qarshiligini aniqlash sxemasi.
Uncha aniq bo‘lmagan dag‘al o‘lchovlar uchun qo‘shimcha elektroddan kelayotgan simni asbobning «1» qisqichiga ulash hamda «1» va "2" qisqichlarni qisqa tutashtirish kifoya.
Ishni bajarish tartibi
1. O‘lchovchi asbob M 416 ning qisqichlarini qo‘shimcha elektroddan,
yordamchi erga ulagichdan va zonddan kelgan simlar bilan sxema bo‘yicha
tutashtiring.
Pereklyuchatel V1 ni X1 xolatiga keltiring.
Tugmachani bosib turib, "Reoxord" dastasini asbob strelkasining nol
holatiga maksimal yaqinlashtiring. SHu holda asbob shkalasining qiymatini
yozib oling, o‘lchash natijasi shu qiymatni pereklyuchatelning ko‘paytuvchisi
holatiga ko‘paytirib topilali. Masalan, pereklyuchatel "X20" holatida bo‘lganda
reoxord shkalasi 3 qiymatini ko‘rsatdi. Demak, qarshilik R=3x20=60 Om ni tashkil etadi.
Ilova: Agar o‘lchanayotgai qarshilik 10 Om dan yuqori bo‘lsa, pereklyuchatel V1 ni "X5" yoki "X20" yoki "X100" holatlariga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu holatlarning har birida ham "reoxord" dastasini burab, asbob strelkasini nol holatiga keltiriladi va shkala ko‘rsatkichini pereklyuchatel ko‘paytuvchisiga ko‘paytirilib - o‘lchov natijasi olinadi.
Laborant yoki o‘qituvchidan qo‘shimcha elektrodning uzunligi va diametri
qiymatlarini oling.
O‘lchangan va olingan qiymatlar bo‘yicha /5/ formuladan foydalanib, shu
er tuprog‘ining solishtirma qarshiligini hisoblang.
6. Laboratoriya, ishini topshirish vaqtida ishlab chiqarish uskunalari
nima uchun va qanday qilib erga ulanishi, hisoblarda tuproqning solishtirma
qarshilik kattaligi qanday tanlanishi va noma’lum tarkibli tuproqning
solishtirma qarshiligi qanday aniqlanishi haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |