Mehnat migratsiyasi va ishchizlik haqida



Download 37,48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.09.2021
Hajmi37,48 Kb.
#176324
Bog'liq
“Mehnat migratsiyasi va ishchizlik haqida” maqolasiga raddiya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi



“Mehnat migratsiyasi va ishchizlik haqida”

maqolasiga raddiya



09

.12.2019

O‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  joriy  yilning  noyabr  oyida

“Anhor.uz” internet nashrida e'lon qilingan “Mehnat migratsiyasi va ishsizlik haqida” nomli maqolani

diqqat bilan o‘rganib chiqdi.

Avvalo  shuni  ta'kidlash  joizki,  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  jamoatchilik  va

ekspertlarning,  elektron  OAVning  aholi  bandligini  ta'minlash  bilan  bog‘liq  muammolarga  e'tibor

qaratayotganini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va yuqori baholaydi.

Shubhasiz, maqolada ko‘tarilgan ishsizlik va mehnat migratsiyasi masalalari yurtimiz ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishi va unda amalga oshirilayotgan islohotlar kun tartibidagi eng muhim va dolzarb

vazifalardan  hisoblanadi.  E'tiborli  jihati,  2017-2021-yillarda  mamlakatimizni  rivojlantirish  bo‘yicha

belgilangan  harakatlar  strategiyasining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  ham,  avvalo,  aholi  bandligi  va

real daromadlarini izchil oshirishga qaratilgan ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  islohotlar  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,

Butunjahon banki, Jahon valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli tashkilotlar, ekspertlar

va akademik uyushmalar, shuningdek, ko‘plab yurtdoshlarimiz tomonidan e'tirof etilmoqda.

Iqtisodiyotning deyarli har bir sohasida mahalliy korxonalar samaradorligini oshirish, tadbirkorlik

va  investitsion  faollikni  rag‘batlantirish,  valyuta  va  kapital  bozorini,  soliq  va  byudjet  siyosatini,

monetar siyosat va bank sektorini, energiya tashuvchilarga baho belgilashni liberallashtirish, qishloq

xo‘jaligi va boshqa naqd pulli tovarlarga yo‘naltirilgan tizimli jiddiy jarayonlar kechmoqda.

Ushbu  tarkibiy  o‘zgarishlar  qator  tizimli  kamchiliklar  saqlanib  qolayotgan  va  amalga

oshirilayotgan islohotlar jarayonida hal etilishi kerak bo‘lgan aholi bandligini ta'minlash va mehnat

migratsiyasi  sohalariga,  shubhasiz,  kuchli  ta'sir  ko‘rsatadi.  Bu,  birinchi  navbatda,  mehnat  bozoriga

ta'sir  o‘tkazadigan  yuqori  demografik  bosim,  tashqi  mehnat  migratsiyasining  katta  oqimi,  mehnat

faoliyatidagi samaradorlik va kadrlarning kasbiy malaka darajasi yetishmasligi bilan bog‘liqdir.

Tarkibiy jiddiy o‘zgarishlarning bir zumda amalga oshishi va tizimli muammolarning oddiy yo‘l

bilan yechim topishini ko‘zlash o‘ta soddalik bo‘lar edi.

Shunga qaramay, maqolada qator omillar va dalillar keltirilganki, ularga qo‘shilish qiyin.

Birinchidan, bu mehnat bozori, bandlik va ishsizlik statistikasi bilan bog‘liq.

Ushbu masala haqiqatan dolzarb sanalib, rostdan ham muallif ta'kidlaganidek, mehnat bozori,

bandlik va ishsizlik haqidagi ma'lumotlarning to‘g‘riligi ko‘p yillar davomida qator sabablarga ko‘ra

shubha ostida bo‘lib kelgan. Biroq bu holat ayni vaqtda tubdan o‘zgardi.   

2017-yilning  dekabr  oyida  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  tavsiyalarini  inobatga  olgan  holda  ishga

muhtoj  aholi  sonini  aniqlash  metodikasini  takomillashtirish  bo‘yicha  Hukumatning  maxsus  qarori

qabul qilindi.

Shunday qilib ishsizlik ko‘rsatkichining 2017-yildagi 5,8 foizdan 2018-yilda 9,3 foizga ortishi, bu

mutlaqo  ishsizlar  soni  ortganidan  emas,  balki  ishsizlikni  hiosoblashning  yanada  ishonchliroq

metodologiyasi joriy etilgani natijasidir.



Ishonchsiz  ma'lumotlarga  tayangan  holda  muallif  tomonidan  2018-2019-yillarda  mamlakatda

ishsizlik  darajasi  ortgani  ta'kidlanmoqda,  vaholanki,  aslida  2018-yilning  boshida  O‘zbekistonda

ishsizlik darajasi 9,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilning 9 oyligi yakunida 9 foizga, 2019-yilning 1

oktyabr holatiga ko‘ra esa ishsizlik darajasi 8,9 foizgacha pasaygan.

Mazkur jarayonlar hali mehnat bozoriga har yili 600 mingdan ortiq kishining kirib kelishi bilan

bog‘liq yuqori demografik bosim sharoitlarida shunday ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

Milliy bandlik dasturining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida joriy yilning 9 oyi davomida 266,3

mingta  yangi  ish  o‘rinlari  yaratildi,  vaqtinchalik  ishlarda  119,8  ming  nafar  fuqaroning  bandligi

ta'minlandi.  Istiqlolga  erishilgandan  buyon  bu  yil  ilk  marotaba  rasmiy  iqtisodiyot  sektorida  band

bo‘lganlar sonining ortishi kuzatildi, mazkur ko‘rsatkich 307,9 ming (101,7 foiz)ni tashkil etib, 5691,2

ming kishiga yetdi. Bu, o‘z navbatida, ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha olib borilgan faol chora-

tadbirlar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish natijasidir.

Bundan tashqari, uzoq yillardan beri birinchi marta ixtiyoriy band bo‘lmagan shaxslar sonining

205,0 ming kishi (27,9 foiz)ga qisqarishi hisobiga iqtisodiy nofaol aholi sonining 4 039,6 ming kishiga

kamayganligi kuzatilmoqdaki, bu aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligidan dalolatdir.

Bandlik ko‘rsatkichining ortishida mehnat solig‘ini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan islohotlar

muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Buning natijasida aksariyati kichik tadbirkorlikda band bo‘lgan 664

ming  kishi  legallashtirildi.  Nazarimizda,  ushbu  raqamlar  maqolada  ta'kidlanganidek,  kichik  va  o‘rta

biznesning pasayganligidan dalolat bermaydi.

Ikkinchidan, “yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan” ishchi kuchining shakllanish sabablari haqidagi

muallif  fikrlari  bahslidir.  Muallifning  yozishicha,  “biznes  egalari”  ana  shunday  toifadagilarni  ishga

qabul qilishga majbur va ularni o‘qitish uchun katta mablag‘lar sarflaydi.

Tan olish kerak, ishchi kuchimiz o‘rtasidagi inson kapitali darajasi, yoshlarning kasbiy bilim va

malaka  sifatlarida  hali  kamchiliklarimiz  bor.  Buning  oqibatida  mehnat  unumdorligimiz  ko‘rsatkichi

pastligicha  va  aholi  jon  boshiga  YaIM  darajasiga  o‘xshash  davlatlar  bilan  qiyoslaganda  ishlab

chiqarish sanoatida o‘rtacha 16 foizga ortda qolmoqda.

O‘tgan o‘n yilliklardan meros qolgan muammolar, xususan, kasb-hunar kollejlari tizimining past

samaradorligi,  avval  boshdan  istiqbolli  bo‘lmagan  faoliyat  modeli,  yoshlarning  jamiyatda  nohaq

ravishda  nufuzi  tushirilgan  ishchi  kasblar  bo‘yicha  haqiqiy  malakasini  rivojlantirishga  yetarlicha

e'tibor qaratilmagani bilan bog‘liq sabablar haqida ko‘p va xo‘p gapirish mumkin.

Biroq  O‘zbekistonda  inson  kapitali  sohasida  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  va  tizimli

islohotlarni inkor etib bo‘lmaydi. Bu borada maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim sohasidagi davlat-

xususiy  sherikchilik  modellarini,  oliy  ma'lumotli  yoshlar  qamrovining  tubdan  kengayganligi,

mamlakatda,  ayniqsa,  hududlarda  ochilgan  xorijiy  oliy  ta'lim  muassasalari,  ta'lim  muassasalari

moddiy-texnik  bazasining  mustahkamlangani,  pedagog  kadrlarni  moddiy  rag‘batlantirish

yaxshilangani va boshqa ko‘plab misollarni keltirish mumkin.

Ishsiz  va  band  bo‘lmagan  shaxslarni  kasbga  o‘qitish  va  malakasini  oshirishga  to‘xtaladigan

bo‘lsak,  bu  yo‘nalishda  ham  Mehnat  vazirligi  tomonidan  tizimli  va  maqsadli  chora-tadbirlar  olib

borilmoqda.

Sir  emaski,  texnologiyalar  rivojlanishi  iqtisodiyotdagi  mashaqqatli  sohalar  rolini  tobora

kamaytirib,  inson  mehnatini  avtomatlashtirilgan  tizimlar  bilan  almashtirmoqda,  ishchilar  o‘rnining

qisqarishi va ishdan bo‘shashiga olib keladi, bu esa ularni qayta o‘qitish va qayta ishga joylashtirish

yoki ularga o‘z-o‘zini unumli band qilish imkoniyatini berish zaruratini uyg‘otadi.



Aynan  shu  sababga  ko‘ra  30  dan  ortiq  mutaxassisliklarga  ega  ishsiz  va  band  bo‘lmagan

shaxslarni  kasbga  o‘qitish  markazlarini  tashkillashtirish  uchun  Mehnat  vazirligiga  30ta  kasb-hunar

kolleji berildi.

Ushbu markazlarda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan payvandlovchi, kran va ekskavatorlar

operatori, mexanizatorlar, tokar, frezerchilar, alyumin profillar va gipsokartonlarni o‘rnatuvchi, moda

dizaynerlari, mehmonxona xizmati mutaxassislari, battlerlar, neyl-stilistlar, imkoniyati cheklanganlar

va qariyalarni parvarishlovchilar, kasmetologlar, buxgalterlar singari mutaxassisliklar, shuningdek, 6 ta

xorijiy til bo‘yicha o‘qitiladi. 2019-yilning 9 oyi davomida 30,6 dan ortiq ishsizlar kasbiy ta'lim olishdi,

ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 2 barobar ko‘pdir.

Ayni paytda Mehnat vazirligi ishga qabul qilingan band bo‘lmagan shaxslar, ayniqsa, yoshlar va

ayollarning  kasbga  o‘qitish  xarajatlarini  qoplash  uchun  ish  beruvchilarga  subsidiya  taqdim  etish

bo‘yicha  keng  ko‘lamli  loyihani  amalga  oshirmoqda.  Aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamini

ishga joylashtirgan ish beruvchilarga ham subsidiyalar berilmoqda.

Bundan tashqari, Mehnat vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan

ishsizlarga, shuningdek, shaxsiy tomorqalarini rivojlantirayotganlarga subsidiyalar taqdim etilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 9 oyi davomida Mehnat vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish

jamg‘armasi mablag‘laridan 9,1 mlrd. so‘m miqdorida subsidiyalar ajratildi, 10 ming nafar kishi ishga

joylashtirldi.

Shu  bilan  birga,  Bandlikka  ko‘maklashish  jamg‘armasi  mablag‘laridan  kichik  va  o‘rta  biznesni

rivojlantirish  uchun  135  mlrd.  so‘m  miqdordagi  imtiyozli  kreditlar  taqdim  etildi.  Mehnat  organlari

tomonidan 8,5 ming nafar o‘z-o‘zini band qilgan shaxslarga ularning mehnat stajlarini hisoblash va

pensiya huquqini taqdim etish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berildi.     

Uchinchidan,  maqolada  mehnat  migratsiyasi  ko‘lami  va  uni  tartiblash  bo‘yicha  amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar noxolis baholangan.

Xususan,  O‘zbekiston  tashkiliy  mehnat  migratsiyasini  rivojlantirish  sohasida  kerakli  va  noyob

tajribaga ega.

Mamlakat  tarixida  birinchi  marta  Prezident  qarori  bilan  2018-yilda  Xorijda  mehnat  faoliyatini

amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya

qilish jamg‘armasi tashkil etilib, unga Davlat byudjetidan 200 milliard so‘m ajratilgan.

Jamg‘arma  mablag‘lari  hisobidan  shu  yilning  o‘zidayoq  23  mingdan  ortiq  fuqarolarga  yordam

ko‘rsatilib,  xorijda  qiyin  ahvolda  qolgan  mehnat  migrantlarini  Vatanga  qaytarish,  ularga  yuridik

yordam berish, shu jumladan, noinsof ish beruvchilar tomonidan to‘lanmagan ish haqlarini undirish,

bo‘sh  ish  o‘rinlarini  topish,  shuningdek,  mehnat  migratsiyasi  davrida  vafot  etgan  fuqarolar  jasadini

olib kelish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirildi.

Fuqarolarimiz  huquqini  xorijda  himoya  qilish  maqsadida  mamlakat  tarixida  birinchi  marta

O‘zbekistonning  xorijdagi  diplomatik  vakolatxonalari  shatat  jadvallariga  mehnat  migratsiyasi

masalalari  bo‘yicha  attashe  lavozimi  kiritilmoqda,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va

mehnat  munosabatlari  vazirligi  huzuridagi  Tashqi  mehnat  migratsiyasi  agentligining  xorijiy

vakolatxonalari tashkil etilmoqda.

O‘tgan yilning aprelidan boshlab vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga

ketayotgan  fuqarolarning  transport  xarajatlarini  subsidiyalash  bo‘yicha  keng  ko‘lamli  dastur  joriy

qilindi va bugungi kunga qadar bundan 210 ming nafar fuqaro foydalandi.




Prezident  qarori  bilan  joriy  yilning  avgustida  vaqtinchalik  mehnat  faoliyatini  amalga  oshirish

uchun xorijga jo‘nab ketadigan fuqarolar uchun xorijdagi xarajatlarni to‘lashga imtiyozli kredit olish,

hayot  va  sog‘liq  xavfini  sug‘urtalash  bo‘yicha  sug‘urta  polisi  to‘lovi  bilan  bog‘liq  xarajatlarni

subsidiyalash,  shuningdek,  yashash  joyga  ega  bo‘lish  uchun  imtiyozli  ipoteka  kreditini  berish

imkoniyati taqdim etildi.

Ehtimol,  muallif  yuqorida  ta'kidlangan  ma'lumotlar  va  mehnat  migratsiyasi  hajmiga  taalluqli

haqqoniy raqamlardan bexabar bo‘lgandir.

Xususan, maqolada keltirilishicha, berilgan turli baholarga ko‘ra O‘zbekistonda 5,5-6,0 mln. ishga

layoqatli aholi doimiy ravishda mehnat migratsiyasida bo‘lib kelmoqda.

Aslida  esa  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  huzuridagi  Respublika  aholi  bandligi  va

mehnatni  muhofaza  qilish  ilmiy  markazining  respublikaning  108  ta  tuman  va  shaharlarida  har

chorakda  o‘tkaziladigan  aholi  tekshiruvlariga  asosan  2019-yil  1-oktabr  holatiga  ko‘ra  mehnat

migrantlari soni 2594,1 ming (2,6 mln.) kishini tashkil etgan.

Ko‘rsatilgan  raqamlar,  umuman  olganda,  O‘zbekistondan  mehnat  migrantlarini  jalb  qiluvchi

Rossiya,  Qozog‘iston,  Koreya,  Turkiya  singari  davlatlarning  migratsiya  organlari  ma'lumotlari  bilan

tasdiqlangan. Masalan, Rossiyada bu ko‘rsatkich maqolada ko‘rsatilganidek, 3,2-3,3 mln. emas, balki 2

mln.dan ortiq kishini tashkil etadi.

Maqolaning keyingi o‘rinlarida aholining 40 foizga yaqini doimiy ravishda davlatdan tashqarida

ish  yoki  daromad  manbayini  qidiradi,  haqiqatda  esa  bu  raqam  7,8  foizga  teng.  Muallif  mehnat

migratsiyasining keskin ortganligini ta'kidlagan, aslida esa o‘tgan yil bilan qiyoslaganda joriy yilning 9



oyi mobaynida bu raqamlar deyarli o‘zgarmagan (2593,7 ming kishiga 2594,1 ming kishi)         

Download 37,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish