Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


Tadbirkorlik (tadbirkor) taktikasi - qabul qilingan tadbirkorlik strategiya­


bet37/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

Tadbirkorlik (tadbirkor) taktikasi - qabul qilingan tadbirkorlik strategiya­
sini amalga oshirish uchun bajarilishi zarur b o ig a n aniq ishlar va harakatlar,
ularni bajarish muddatlari va xarajatlari, m as’ul shaxslar batafsil aks ettirilgan
dastur.
Tadbirkorlik (tadbirkor) g ‘oyasi - ideal m o ija l b o iib , tadbirkor tomonidan
tashkil etilishi va amalga oshirilishi ehtimol qilingan ish, faoliyat to ‘g ‘risidagi
tasavvur va uni ro‘yobga chiqarish rejasi.
73


V BOB. О ‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNING
HUQUQIY YA SHARTNOMAVIY ASOSLARI
5 .1 . 
0 ‘Z B E K I S T 0 N D A T A D B IR K O R L IK N IN G H U Q U Q IY
A S O S L A R I, U L A R N IN G S H A K L L A N IS H I VA R IV O J L A N IS H I
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur huquqiy muhitni yaratish 
yagona konsepsiya asosidagi qonunchilik va m e’yoriy bazani yaratish 
va doimo takomillashtirib borish tizimining mavjudligini taqozo etadi.
Bunday tizim quyidagilami nazarda tutadi:
- qonunchilikda xususiy biznesning erkinligi, himoyasi va qo‘llab- 
quvvatlanishini ta’minlaydigan aniq huquqiy kafolatlarni belgilash';
-
mavjud m e’yoriy-huquqiy bazani yangi qonunlarga muvo- 
fiqlashtirish;
- xususiy mulkni hech kim olib qo‘ya olmaydigan huquqini konsti- 
tutsiya orqali mustahkamlash;
- xususiy korxonalarning mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yuri- 
tishini, xususiy mulk himoyasi va daxlsizligini kafolatlash;
- qonun hujjatlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organ­
lari, shuningdek, tadbirkorlarning manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat 
tashkilotlari orqali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish;
- hududiy, tarmoq, boshqarish va hukumat organlarining, jamoat 
tashkilotlarining o‘zaro kelishib faoliyat ko ‘rsatishi va boshqalar.
Tadbirkorlikning m e’yoriy-huquqiy bazasini quyidagilar ta’min- 
laydi:
- qonun chiqaruvchi organlar;
- hukumat organlari: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va muassasalari;
- qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini aniqlashtiradigan davlat 
boshqaruv organlari va hokimliklar;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat markaziy organlari;
- tadbirkorlik doiralari manfaatlarini ifodalovchi nodavlat tashkilot­
lari, shu jumladan, tadbirkorlar uyushmalari;
- qonun hujjatlarini qo‘llash obyektlari hisoblangan va teskari aloqa 
mexanizmini ta’minlaydigan tadbirkorlik tuzilmalari;
74


- respublikada qonun hujjatlariga rioya qilinishi va ularning bir xil 
talqin etilishini nazorat qiladigan organlar;
-
qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini 
aniqlovchi, qonun hujjatlarini ekspertiza qiluvchi, ularni amalda qoMlash 
samaradorligini oldindan aytish va monitoringi bilan shug‘ullanuvchi 
ilmiy muassasalar (xorijiy ekspertlar ham kiradi);
- makroiqtisodiyotning strategik va innovatsiya yo‘nalishlarini bel- 
gilovchi ijtimoiy-institutsional tashkilotlar va guruhlar.
Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qo- 
nunosti hujjatlar tashkil qiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: 
umumiy va maxsus.
Umumiy m e’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.
5. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining m e’yoriy hujjatlari.
7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
M e’yoriy-huquqiy hujjatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis 
qarorlari qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. 
0 ‘zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz 
tan olinadi.
Maxsus m e’yoriy-huquqiy hujjatlar bevosita tadbirkorlik sohasiga 
tegishli bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish
amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va boshqa masa- 
lalarni tartibga soladi. Ularga tadbirkorlikka oid qonunlar, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik­
lar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organla­
rining qarorlari kiradi. Ulardan ayrimlari quyida keltiriladi.
1. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida. 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni, 2000- yil 25- may.
2. Xususiy korxona to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni, 
2003- yil 11- dekabr.
75


3. Fermer xo‘jaligi to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni, 
1998-yil 30- aprel.
4. Dehqon xo‘jaligi to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni,
1998- yil 3 0 - aprel.
5. 0 ‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g ‘risida. 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni, 2004- yil 3-dekabr.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat 
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil qilish 
to ‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2005- yil 
2- may.
7. 
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvat- 
lash jam g‘armasi (Biznes fond)ni tuzish to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmoni, 1995-yil 26-iyul.
8. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxolami tarkibiy 
o‘zgartirish jam g‘armasini tuzish to ‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoni, 2005- yil 2- may.
9. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash jam g‘armasini 
tuzish to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni,
1999- yil.
10. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga 
qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida 
Nizom. 2003- yil 20- avgust.
11. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Respublika mu- 
vofiqlashtirish kengashini tuzish to ‘g‘risida. O ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qarori, 1997- yil 28- fevral.
12. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab- 
quvvatlash davlat dasturi va hududiy dasturlar.
13. 0 ‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida 
Nizom. 1995- yil 15- sentyabr.
14. Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylanti- 
rish chora-tadbirlari to'g'risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qarori, 2002- yil 5- yanvar.
15. 2004 - 2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish kon- 
sepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 2003- yil 30- oktyabr.
16. Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvat- 
lash mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2003- yil, 23- dekabr.
76


17. Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqarti- 
rish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2005- yil 5- oktyabr.
18. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot 
tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun j avobgar- 
likni kuchaytirish to‘g‘rsida. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori, 2005- yil 15- iyun.
19. 
Mikrofirma 
va 
kichik 
korxonalami 
rivojlantirishni 
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2005- yil 20- iyun.
20. Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori, 2005- yil 14- iyun.
21. O ‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektoming ulushi va ahami- 
yatini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to ‘g‘risida. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmoni, 2003- yil.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish