Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


9. 4. QO‘SHMA TADBIRKORLIK VAQO‘SHMA KORXONA


bet79/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

160


9. 4. QO‘SHMA TADBIRKORLIK VAQO‘SHMA KORXONA
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo‘shma tad­
birkorlik bo‘lib, qo‘shma korxona ko‘rinishida tashkil etiladi. Qo‘shma 
tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne­
cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro ‘yobga 
chiqarish uchun ishtirokchilar o ‘z kuch-g‘ayratlari va mulklarini bir- 
lashtirib, qo‘shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehtimol 
qilinadigan tavakkalni o‘zaro taqsimlab oladilar. 0 ‘zbekistonda boshqa 
mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzil­
gan qo‘shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo‘shma korxonalar va 
qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim 
ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
davrida bo‘lgan mamlakatlaming o‘z mahsulotlari bilan jahon bozori- 
ga chiqishlari uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar 
yaratadi. 0 ‘zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy- 
dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves­
titsion muhit yaratgan. Qo‘shma tadbirkorlik iqtisodiyotni tuzilmaviy 
qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashti­
rish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta 
yordam beradi. Qo‘shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, ikki yoki bir 
necha mamlakatlaming mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ilmiy- 
texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g‘ayratlari, 
mablag‘larini birlashtirib, yangi pog‘onalarga ko‘tarishga olib keladi.
Qo‘shma tadbirkorlikni ro‘yobga chiqarish shakli qo'shm a korxona 
hisoblanadi. Qo‘shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob- 
langan ishtirokchilarning mulklarini birlashtirish, xo‘jalik faoliyatini 
birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga 
asoslangan qo‘shma xo‘jalik tashkilotidir. Qo‘shma korxonalar tuzish- 
dan maqsad mamlakatga ilg‘or texnika, texnologiya, mahsulot sotish 
va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari, 
xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlami olish, ichki 
bozorni to‘ldirish va eksportni kengaytirish, import o‘mini bosadigan 
mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxirala- 
rini ko‘paytirish hisoblanadi. Qo‘shma korxona turli mulkdorlarning
161


qo‘shma mulk shakliga asoslangan bo‘ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq qo‘shma korxona ta'sischilari O ‘zbekiston va 
boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma tadbirkorlik shaklidagi xalqaro hamkorlikning asosiy xu­
susiyatlari quyidagilar:
- tomonlaming xomashyo xarid qilish va uni qayta ishlash, tayyor 
mahsulot ishlab chiqarish, texnologik xizmat ko‘rsatish, ilmiy tadqiqot- 
lar va ishlanmalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni moliyalash va 
boshqa sohalardagi uzoq muddatli hamkorligiga m o‘ljallanganligi;
- umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlaming binolar, inshoot- 
lar, mashinalar, uskunalar, pul mablag‘lari va boshqa shakldagi mulkla- 
rining birlashtirilishi;
- hamkorlar tomonidan kiritiladigan sarmoya asosida korxona ustav 
jam g‘armasi va boshqaruv organlarini birgalikda moliyalash;
- korxona foydasini uning ta’sischilari o‘rtasida, qoida tariqasida, 
ularning ustav jam g‘armasiga qo‘shgan hissasiga muvofiq taqsimlash;
- ehtimol qilingan zarami hamkorlar o ‘rtasida ularning xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlashda ifo- 
dalangan birgalikdagi tavakkal va birgalikdagi cheklangan m as’uliyat.
Demak, qo‘shma tadbirkorlikning asosiy belgilari qo‘shma mulk, 
birgalikdagi boshqaruv, foyda va tavakkalni taqsimlash hisoblanadi. 
Qo‘shma tadbirkorlik tashqi bozorga chiqishga yondashuv sifatida bir 
qator afzalliklar yaratadi va yuqori talablar qo‘yadi:
- ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish va rivojlantrishga ham- 
korlarning yuqori manfaatdorligini shakllantirish;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy samaradorligi 
uchun hamkorlar mas’uliyatini oshirish;
-tovarlar ishlab chiqarish, ularni sotishga tayyorlash, sotish va un­
dan so‘nggi xizmatlarni ko‘rsatishda kuch-g‘ayratlarni birlashtirishga 
hamkorlaming intilishlari.
Qo‘shma korxonada turli mulk shakllarini birlashtirish natijasida 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mulkning yartgi shakli-qo‘shma 
(aralash) rtiiilk va yarigicha ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. 
Bu jarayonda qo‘shma korxona tashkil etgan “ona” korxonalardagi 
mulkchilik shakli va xarakteri, qo‘shma korxona joy lashgan mamlakat- 
dagi ijtimoiy - siyosiy tuzum va u uerda hukmron bo‘lgan ishlab chiqa­
rish munosabatlari asosiy rol o ‘ynaydi.
162


Q o‘shma korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxs bo‘lib, 
boshqaruv, direktorlik va taftish komissiyasi kabi boshqarish organ­
lariga ega bo‘ladi. U turli tashkiliy-huquqiy shaklda bo‘lishi mumkin 
(mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat, ak- 
siyadorlar jamiyati va boshqalar). Shunday qilib, qo‘shma korxonalar 
turli-tuman bo'lib, quyidagicha tasniflanadi. (9. 2- chizma).
X

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish