7. 4 BIZNES-INKUBATORLAR VA TADBIRKORLIKDA
ULARNING ROLI
Biznes-inkubatorlar birinchi bo‘lib XX asming 50- yillarida Buyuk
Britaniyada paydo bo‘lgan. Ammo Amerika Qo‘shma Shtatlarida,3 xu-
susan, 1983- yildan keyin tez rivojlanib, hozir 575 tadan, butun dun-
yoda esa 2000 tadan oshib ketgan. Biznes - inkubatorlaming bunday
tez rivojlanishiga quyidagi uch omil olib keldi:
- o ‘sha paytda inqirozga yuz tutgan shahar markazlarini qayta jon-
lantirish;
- investitsiyalarda innovatsiya faoliyati va tadbirkorlik faolligini
rag‘batlantirish;
- xususiy investorlar uchun jozibador shart-sharoitlar yaratib bera
digan inkubatorlar ochish bo‘yicha tashabbuskorlik.
Biznes-inkubator - bu kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish
va ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar
yaratishga ixtisoslashgan tashkilotdir. Ularning asosiy vazifasi yangi
tuzilgan korxonalar rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlarini oson-
lashtirish, tadbirkorlarni o'qitish, tadbirkorlik subyektlarini tezroq
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ayrim resurslar taqdim
etish hisoblanadi.
Biznes-inkubatorlaming asosiy maqsadi - biznes-inkubatorga kir-
gan va ikki yoki uch yildan so‘ng undan chiqib, mustaqil yashay
oladigan barqaror tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishdir. Yangi
korxonalar, ayniqsa, kichik korxonalar tuzilgandan so‘ng anchagina
muammolar va qiyinchiliklarga duch keladilar, ularni qo‘llab-quvvatla-
masa, ko‘pchiligi sinib ketishi mumkin. Ana shunday muammolar va
qiyinchiliklami osonroq yengib chiqishlari uchun biznes-inkubatorlar
turli yo'nalishlarda qo‘llab-quvvatlaydilar: ularga maqbul shartlarda bi-
nolar, inshootlar va boshqa ishlab chiqarish vositalari berish, tadbirkor-
lami o ‘qitish, ularga turli xizmatlar ko‘rsatish, moliyaviy va psixologik
qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.
123
Biznes-inkubatorlar mijozlari ikki guruhga - ichki va tashqi mijoz-
larga ajratiladi. Biznes-inkubatorlar hududida o ‘z ishlab chiqarishlari
va offislarini joylashtirgan kichik tadbirkorlik korxonalari ichki mijoz-
lar (subyektlar) hisoblanadilar. Biznes-inkubatorlar hududidan tashqa-
rida joylashgan, ammo biznes-inkubator xizmatlaridan foydalanishda
ichki mijozlar bilan teng huquqlarga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik
korxonalari tashqi mijozlar (subyektlar) hisoblanadilar. Tashqi mijozlar
doimiy va bir martalik bo‘lishi mumkin. Bir martalik mijozlar inku-
batsiya dasturiga kirmasdan, biznes-inkubator xizmatlaridan foydalan-
ishlari mumkin, lekin bozor narxlarida haq to‘laydilar.
0 ‘zbekistonda biznes-inkubatorlar tuzish respublika Davlat mulki
qo‘mitasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan
hamkorlikda 1996- yildan boshlab “O ‘zbekistonda biznes-inkubator-
lar tizimini tashkil qilish va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi asosida
amalga oshirilgan. 0 ‘zbekistonda hozirgi kunda 36 ta biznes-inkubator
faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning rivojlanishi va faoliyatini talablar
darajasiga ko‘tarish, qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qi
lish maqsadida respublikada 2000- yilda nodavlat notijorat tashkiloti
“Biznes-inkubatorlar va texnoparklar uyushmasi” tuzilgan.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslar ishni ni-
madan boshlashni bilmay, qiynaladi. Shunday paytda biznes-inkuba
torlar yordamga kelib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Kichik tadbirkorlik
korxonalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida, ularni
ikki yilgacha bo‘lgan muddatda biznes-inkubatsiya jarayoniga jalb
etish, tadbirkorlik subyektlariga tashkiliy yordam ko‘rsatish, ularning
iqtisodiy savodxonligini oshirish, ular uchun kadrlarni qayta tayyorlash
va kasb-hunarga o ‘rgatish yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslarini
tashkil etish biznes-inkubatorlarning asosiy vazifalari hisoblanadi. Ular
o‘zlariga tegishli tushuncha va m a’lumotlami egallab olgach, ushbu
yo‘nalish bo‘yicha m a’lum bir ijobiy natijalarga erishishlari mumkin.
Aslida maqsad ham shu - tadbirkorlik subyektlarini bozor iqtisodiyoti
sharoitida erkin faoliyat yurita oladigan yetuk xo‘jalik yurituvchi sub-
yekt sifatida shakllantirishdan iborat. Mazkur sohada erishilgan bir qa-
tor ijobiy natijalar buning yorqin dalilidir. Masalan, biznes-inkubatorlar
va ulaming subyektlari tomonidan 2005- yilda 5 mlrd so‘mdan ortiq
miqdorda mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu
ko‘rsatkich rejalashtirilgan darajadan 1,5 barobar ko‘pdir.
124
0 ‘tgan davr mobaynida biznes-inkubatorlar tarmog‘idan 167 ta
subyekt chiqarilgan bo‘lsa, ulardan 146 tasi mustaqil faoliyat yuri
tish uchun chiqib ketgan. Shu tufayli biznes-inkubatorlarda inkubatsi-
ya davrini o‘tashni xohlovchi subyektlar soni ortib borgan. Biznes-
inkubatorlar rahbarlarining malakasini oshirish uchun maxsus o‘quv
seminarian tashkil etib turiladi. Tadbirkorlar kichik tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash xalqaro dasturlari va aloqalarda ishtirok etib, o‘z
malakalarini oshirib bormoqdalar.
Biznes-inkubatorlar o‘z faoliyatlarini ikki yo'nalishda olib boradi-
lar:
1) ichki faoliyat bo‘lib, biznes-inkubatorlarda joylashadigan ichki
subyektlarga tayyorlangan binolar va xonalar, komputer va aloqa vosi-
talaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va inkubatsiya
davrini o‘tishni xohlovchilar sonini aniqlash;
2) tashqi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun
amaliy texnik yordam va maslahatlar majmuasini taklif etish va amalga
oshirish.
0 ‘zbekistonda bugungi kunda biznes-inkubatorlar subyektlarining
24 foizi (140 tasi) ichki va 76 foizi (394 tasi) tashqi subyektlar hisob
lanadi.
Biznes-inkubatorlar konsalting xizmatlaridan foydalangan tad-
birkorlarning 105 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
894 mln so‘m va 213 ming AQSh dollari miqdorida kredit va grant
mablag4lari jalb qilingan. Masalan, “Registon” biznes-inkubatori sub
yekti “Karvon” xususiy firmasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash investitsiya loyihasini moliyalash uchun Buyuk ipak yo'li
bankining 20 mln so‘mlik imtiyozli krediti jalb qilindi. “Angor” biznes-
inkubatori subyekti “Biznesga-ko‘maklashish” markaziga Yevropaning
“Qishloqlami rivojlantirish” dasturidan 10000 yevro miqdorida grant
ajratilgan. “Jizzax” biznes-inkubatori subyekti “Munira-Sherzod” xu
susiy firmasiga kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 10 mln
so‘mlik imtiyozli kredit olishga yordam berildi.
Umuman olganda, 2005- yilda 1500 dan ortiq tadbirkorlar, dehqon
va fermer xo‘jaliklari, kichik tadbirkorlik subyektlariga katta miqdorda
konsalting xizmatlari ko‘rsatilgan. Inkubatsiya davrining jozibadorligi-
ni va bu jarayonga tadbirkorlaming qiziqishini oshirish maqsadida sub
yektlar umumiy sonining kamida 50 foizini qamrab olish uchun tegishli
125
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada biznes-inkubatorlar va ulaming
hududiy boMinmasiga bino ajratish, uni ta’mirlash bo‘yicha muayyan
ishlar amalga oshirildi. Buning uchun kerakli mablag‘lar 0 ‘zbekiston
Davlat mulki qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot das
turi, mahalliy hokimiyatlar tomonidan ajratib berilgan. Tadbirkorlik
subyektlariga xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini tashkil etish maqsa
dida xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalar
amalga oshirilmoqda.
Osiyo Taraqqiyot banki “Kichik korxonalarni rivojlantirish bi
lan yangi ish o'rinlari yaratish” loyihasining “lizing” komponenti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi biznes-inkubatorida yaxshi yo'lga
qo‘yilgan. Lizing jam g‘armasi 200 mln AQSh dollarini tashkil etib,
tadbirkorlaming 197 mln so‘mlik 13 ta loyihasini moliyalash hisobidan
152 ta asbob-uskuna xarid qilindi, qisloq hududlarida 208 ta yangi ish
o‘rinlari yaratildi. “Pragma” korporatsiyasi bilan “Tadbirkor” biznes-
inkubatori hamkorligida “Mintaqaviy savdo-sotiqni rivojlantirish” lo-
yihasiga ko‘ra Xorazm viloyatida ishlab chiarilgan mahsulotlami elek
tron savdo orqali eksportini kengaytirishga m o‘ljallangan, ishlab chiqa-
riladigan eksportbop mahsulotlar to'g'risidagi m a’lumotlar internetda-
gi maxsus saytga joylashtirilgan. “Muborak” biznes-inkubatori qoshi-
dagi “Yangiliklarga ko‘maklashuvchi markaz” tomonidan Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining grant mablag‘lari evaziga
Muborak tumanida yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyo -
jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sexi, “Angor” biznes-inku
batorida mikrolizing xizmati tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi korxonala-
rini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Boyovut” biznes-inkubatori tuman
dehqon-fermer uyushmasi va bir necha fermer xo‘jaliklari bilan ham
korlikda kichik mashina-traktor parki (MTP) tuzildi. Biznes-inkubator
mijozlari ishtirokida biznes-inkubatorlarda kredit uyushmalari va sav
do maydonchalari tashkil etish bo‘yicha o ‘quv seminarian o ‘tkazildi.
Tadbirkorlik subyektlarini axborot-maslahat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlashni yaxshilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
biznes-inkubatsiya va kichik tadbirkorlik korxonalarini qo'llab-quvvat-
lash jarayoniga tadbiq etish maqsadida jahon banki dasturining grant
mablag‘lari hisobiga va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda
kichik biznes va tadbirkorlik uchun m o‘ljallangan internet portal ishlab
chiqildi. Mazkur portal tadbirkorlami biznesni tashkil etish tartib-qoi-
126
dalari bilan tanishtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, zamo-
naviy texnika, texnologiya va investitsiyalami jalb qilish, qo‘shma
loyihalami amalga oshirish uchun hamkorlar va sarmoyadorlar bilan
aloqa o ‘matishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Taraqqiyot dasturining molyaviy ko‘magida barcha hudud-
lardagi biznes-inkubatorlar qoshida xususiy tadbirkorlikni axborot bi
lan ta’minlash markazlari tuzilgan. Markazlarda 400 dan ortiq tadbirkor
intemetdan foydalanish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qib chiqdi, 300
dan ortiq tadbirkor esa doimiy tarzda internetdan m a’lumot olmoqda.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |