va boshqariladigan tijorat korxonasi.
Xususiy tadbirkorlik - xususiy mulkka asoslangan, xodimlar yollash
huquqiga ega b o‘lgan yuridik shaxs k o‘rinishida tashkil etiladigan tadbirkorlik
shakli.
X o ‘jalik jamiyati - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir yoki
bir necha shaxsning mulkini birlashtirish y o ‘li bilan tuziladigan tashkilot.
X o ‘jalik shirkati-umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini
olib borish uchun bir necha shaxslarning shartnoma asosida birlashuvidir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik (yakka tadbirkorlik) - yuridik shaxsni tashkil
etmagan holda o ‘z xususiy mulki va shaxsiy mehnati asosida amalga oshiri
ladigan tadbirkorlik shakli.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o ‘zining ta’sischilari
o ‘rtasida yoki oldindan belgilab qo‘yilgan boshqa shaxslar doirasiga tarqati-
ladigan va ochiq savdoga chiqarilmaydigan jamiyat.
175
X BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
RASMiYLASHTIRISH ASOSLARI
10,1. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RO‘YXATDAN
0 ‘TKAZISH ASOSLARI, ORGANLARI, HUJJATLARI
Tadbirkorlik faoliyati amal qilayotgan qonunlar va boshqa m e’yoriy
hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. Tadbirkorlik
faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish v a 'ro ‘yxatdan o ‘tkazish
uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga
taqdim etish, mazkur organ tomonidan ro‘yxatga olish va hujjatlarni
rasmiylashtirish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini
rasmiylashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoli
yati erkinligi-ning kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, Fuqarolik kodeksi,
Vazirlar Mahkamasining 2003- yil 20- avgustdagi “Tadbirkorlik faoli
yatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibotlari tizimini
tubdan takomillashtirish to ‘g‘risida”gi Qarori va shu qaror bilan tas
diqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,
hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
to ‘g ‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 12- avgustda
gi “Tijorat faoliyati uchun m o‘ljallangan tovarlami olib keluvchi jis
moniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taritbga solish chora-tadbirlari
to ‘g‘risida”gi Qarori va 2004- yil 2- sentabrda tasdiqlangan “Tijorat
faoliyati uchun m o‘ljallangan tovarlami olib keluvchi yuridik shaxs
boTmagan yakka tartibdagi tadbirkorlami davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish,
hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish
kartalarini berish tartibi to‘g ‘rsida Nizom”, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006- yil 24- maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini dav
lat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy
etish to‘g‘risida”gi qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik
subyektlarini davlat ro ‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabar
dor qilish tartibi to ‘g‘risida Nizom” va boshqa hujjatlar asosida
amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarida tadbirkorlarga qulay
176
shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni, ayniqsa, xususiy tadbirkorlik
ni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash asosiy
vazifa qilib qo‘yilgan. Ularda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan
o ‘tkazishda rozilik beruvchi tashkilotlar sonini keskin qisqartirish va
barcha kelishib olish ishlarini “bir qanchada” amalga oshirish nazarda
tutilgan.
Yuqorida tilga olingan nizomlaming har biri turli tadbirkorlik sub
yektlarini ro ‘yxatdan o ‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
1. “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga
qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlami rasmiylashtirish tartibi to‘g ‘risida
Nizom” quyidagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish va hi
sobga qo‘yish tartibini belgilaydi:
a) yer uchastkasi ajratiladigan tadbirkorlik subyektlari;
b) kommunikatsiya tarmoqlariga ulanadigan tadbirkorlik subyekt
lari;
d)
litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlarini amalga oshira-
digan tadbirkorlik subyektlari.
2. “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluv
chi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlami davlat
ro‘yxatidan o ‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari sub
yektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to ‘g ‘risida Nizom”
tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro ‘yxatdan o ‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
3. “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga
qo'yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” quyidagi tadbir
korlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini
belgilaydi:
a) yuqoridagi 1- va 2- bandlarda kiritilmagan tadbirkorlik subyekt
lari;
b) banklar, kredit uyushmalari (ittifoqlari), ommaviy axborot vosi
talari.
Mazkur m e’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tadbirkorlik subyek
tlarini ro ‘yxatdan o ‘tkazish quyidagi uch darajada tegishli organlar to
monidan amalga oshiriladi.
1.Respublika darajasida. Bu darajada tadbirkorlik subyektlarini
ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirli-
gi hisoblanadi. U ro‘yxatdan o‘tkazadi:
177
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tegishli
qarorlari bilan tuzilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari shaklidagi
xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kom
paniyalari va xoldinglari;
b) Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyali kor
xonalar;
d) Toshkent shahrida tashkil etilayotgan bozorlar;
e) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar.
2. Mintaqalardarajasida. Bu darajada Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi va viloyatlar Adliya boshqarmalari quyidagi tadbirkor
lik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadilar:
a) tegishli mintaqalarda tuzilayotgan xorijiy investitsiyali korxona
lar;
b) tegishli mintaqalarda tashkil etilayotgan bozorlar;
d) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar.
3. Tumanlar va shaharlar darajasida:
a) tuman va shahar davlat soliq inspeksiyasi tovarlami import qiluv
chi va ularni sotuvchi jismoniy shaxslar - yakka tartibdagi tadbirkor-
lami ro‘yxatdan o‘tkazadi;
b) tuman va shahar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi inspeksiya yuqoridagi bandlarda ko‘rsatilgan korxonalar-
dan tashqari tegishli hududda joylashgan barcha tadbirkorlik subyekt
larini ro‘yxatdan o ‘tkazadi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlamng
vazifalari umumiydir. Tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi tu
man va shaharda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuning uchun tuman (shahar)
darajasida ro ‘yxatdan o‘tkazish organi va uning vazifalariga batafsil
to ‘xtab o‘tamiz. Mazkur organ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi”
deb ataladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni m o‘ljallayotgan shaxs-
laming ro‘yxatdan o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi arizasi va boshqa hujjatlarini
qabul qilish va qayd etish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik -
kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanalizatsiva, telefon) tar-
moqlariga ulanish, turar joyni noturar joy toifasiga o ‘tkazish, obyekt-
lami qurish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni
rasmiylashtiruvchi tashkilotlarni aniqlash;
178
- mazkur tashkilotlardan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiy-
lashtirib olish;
- ariza beruvchining o‘z hujjatlari va ruxsat beruvchi hujjatlarni
birgalikda jamlab, ekspertizadan o‘tkazish;
-tadbirkorlik subyektini davlat ro ‘yxatidan o‘tkazish;
- ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
- ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektini soliq va statisti-
ka organlarida hisobga qo‘yish uchun ularga xabar berish va kerakli
m a’lumotlami taqdim etish;
- tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritish.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir qator huj-
jatlar talab qilinadi. Ularni ta'sischilar xohishlariga ko ‘ra ikki yo‘l bilan
tayyorlash mumkin:
1) ta ’sischilar kuchlari bilan tayyorlash;
2) savdo-sanoat palatalari va ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyalari hu-
zurida tashkil etilgan axborot-maslahat markazlari, konsalting firmalari
va boshqalar tomonidan shartnoma asosida tayyorlash.
Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida ro ‘yxatdan o‘tkazish
uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g ‘risida belgilangan shaklda ariza (ariza-
xabarnoma);
- notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlarning asl ikki nusxasi;
- fiiTna nomining o ‘xshashi yoki almashtirib yuboradigan darajada
o‘xshashi yo‘qligi to‘g‘risida m a’lumotnoma;
- ruxsat beruvchi hujjatlar (qaysi korxonalar uchun kerak bo‘lsa);
- tadbirkorlik subyektining manzilini tasdiqlovchi hujjat (dehqon va
fermer xo'jaliklari, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksi
yadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
- ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan davlat boji yoki yig‘im
to ‘langanligi to'g'risida bank to ‘lov hujjati (dehqon xo'jaliklari va dav
lat korxonasi negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan
tashqari);
- muhr va tam g‘a eskizlari - uch nusxada.
Yuridik shaxs m aqom iga ega b o ‘lgan tadbirkorlik subyektlari
uchun muhim hujjatlardan biri ta ’sis hujjatlari hisoblanadi. Ularga
ustav va ta ’sis shartnom asi kiradi. Lekin ular turli shakldagi sub-
179
yektlar uchun turlicha talab qilinadi: to ‘liq va kommandit shirkatlari
uchun faqat ta’sis shartnomasi, m as’uliyati cheklangan va qo‘shimcha
m as’uliyatli jamiyatlarda ustav va ta’sis shartnomasi, aksiyadorlik
jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs bo‘lgan deh-
qon xo‘jaliklari uchun ustav.
Ustav - bu korxonaning tashkil etilishi rasmiylashtiriladigan, uning
huquqiy maqomi va tashkili - huquqiy shakli belgilanadigan yuridik
hujjatdir. Ustavning asosiy maqsadi mazkur korxona bilan munosabat-
ga kirishadigan organlar, tashkilotlar, shaxslami va boshqa qiziquvchi-
lami korxonaning faoliyat sohalari va turlari, huquqiy holati va im-
koniyatlari to ‘g ‘risida xabardor qilishdan iborat. Ustavda quyidagi
m a’lumotlar aks ettiriladi:
- korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;
- faoliyatining maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari;
- faoliyat sohasi, yo‘nalishlari va turlari;
- korxona manzili, telefon va telefaks raqamlari;
- korxonaning ustav jam g‘armasi va mol-mulki;
- korxonaning qonunlarga binoan haq-huquqlari;
- korxonaning boshqaruvi, rahbariyati, rahbari, ulaming huquqlari
va vazifalari;
- korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Agarda korxona ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil eti
ladigan bo‘lsa, uni tashkil etuvchi ta’sischilar o‘rtasida ta’sis shartno
masi tuziladi. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- korxonani tuzish bo‘yicha tomonlarning roziligi;
- korxonaning maqsadi;
- yuridik shaxs haq-huquqlarini egallash shartlari;
- ustav jam g‘armasi va egalik huquqi;
- tomonlarning ustav jam g‘armasida ulushlari;
- tomonlarning manfaatlari va nizolarni hal qilish tartibi;
- korxonani boshqarish tartibi.
Yuridik shaxsni-(korxonani) ro‘yxatdan o ’tkazish uchun uning fir-
ma nomi aniq va tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Bu masala tuman (sha
har) statistika organida hal qilinadi. Buning uchun ta’sischi (tadbirkor)
o ‘z korxonasiga firma nomini biriktirish maqsadida tuman (shahar)
statistika organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga o ‘z korxonasi
uchun tanlangan firma nomi va uning 5 tagacha muqobil variantlarini
180
ko‘rsatishi lozim. Tuman (shahar) statistika organi arizani olib, firma
nomi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan talabnomani viloyat
statistika organiga, u esa respublika statistika organiga yuboradi. U yer-
ga firma nomlari yagona axborot bazasini ko‘rib chiqib, shunday nom
yoki unga almashtirib yuborish darajasida o ‘xshash nom bo‘lmasa, u
axborot bazasiga kiritiladi va uni tegishli korxonaga biriktirish mum-
kinligi to ‘g ‘risida viloyat statistika organiga, u esa tuman (shahar)
statistika organiga yuboradi. Shundan so‘ng tuman (shahar) statistika
organi firma nomining o ‘xshashi yoki almashtirib yuboriladigan dara
jada o‘xshashi yo‘qligi to ‘g‘risida m a’lumotnoma beradi. Bu ishlar 2
ish kunida amalga oshirilishi kerak va buning uchun haq olinmaydi.
Agarda respublika firma nomlari yagona axborot bazasida o ‘xshash
nom bo‘lsa, ariza beruvchiga rad javobi beriladi va u boshqa nom tan-
lab, qaytadan ariza bilan murojaat qilishi kerak b o iad i va oldingi ope
ratsiyalar yana takrorlanadi.
Ruxsat beruvchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- muhandislik - kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanali-
zatsiya, telefon) tarmoqlariga ulanish uchun tegishli tashkilotlar tomo
nidan beriladigan texnik shartlar;
- arxitektura - rejalashtirish topshirig‘i;
- obyektlami qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun
ruxsatnoma;
- ko‘chmas mulkning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g ‘risida gu-
vohnoma;
- tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga
o‘tkazish to ‘g'risidagi qarori;
- yer uchastkasiga egalik huquqi berilganligi va ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to ‘g‘risida guvohnoma.
Shuni ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun yuqorida sanab o‘tilgan asosiy hujjatlardan tashqari bir
qator qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinadi. Ular quyidagilardir:
1. Bozorlarni davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun uni tashkil etishga
shahar (tuman) hokimining roziligi yoki qarori kerak.
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalami ro‘yxatdan
o4kazish uchun:
a)
xorijiy ta’sischi (muassis) ro‘yxatdan o‘tgan joydagi savdo reyes-
tridan uning to‘g‘risidagi m a’lumotlardan ko‘chirma;
181
b) belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bankning tavsiya xati;
d) korxonaning ustav jam g‘armasi 20 mln. AQSh dollari va un
dan ortiq bo‘lsa, bunday korxonani tashkil etish to‘g ‘risida Vazirlar
Markamasi qarorining nusxasi;
e) har bir muassis tomonidan korxona ustav jam g‘armasidagi
ulushining 30 foizi to ‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi
lozim.
3. M as’uliyati cheklangan va qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat-
lar, xo‘jalik shirkatlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun har bir ta’sischi
(muassis) tomonidan ustav jam g ‘armasidagi ulushining 30 foizi
to ‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (ulushi mulkiy shaklga ega bo‘lsa
mazkur hujjat kerak emas).
4. Dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o ‘tkazish
uchun shirkat xo‘jaligi yoki boshqa tegishli organning dehqon
xo'jaligini tashkil etish to‘g ‘risidagi qarori va tuman hokimining unga
yer uchastkasi berish tO‘g‘risidagi qarori.
5. Fermer xo'jaligini ro ‘yxatdan o‘tkazish uchun:
a) tuman hokimining yer uchastkasi berish to‘g ‘rsidagi qarori;
b) tanlov komissiyasining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi bayon-
nomasi;
d) biznes reja.
6. Q o‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o ‘zgartirish yo‘li bi
lan qayta tashkil etiladigan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
a) qayta tashkil etish to‘g‘risida barcha kreditorlar xabardor qilin-
ganligi va ommaviy axborot vositalarida e ’lon bo‘sib chiqarilganligini
tasdiqlovchi hujjat;
b) qayta tashkil etilayotgan korxonaning barcha majburiyatlari,
huquqiy voris to ‘g ‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish yoki bo‘lish
dalolatnomasi;
d) ro‘yxatdan o ‘tganlik to ‘g‘risida oldin berilgan guvohnomaning
asl nusxasi;
e) oldingi muhri va tamg'asi.
Yakka tadbirkorlar ro‘yxatdan o ‘tishlari uchun kerakli hujjatlarni tay-
yorlab, yashash joyidagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan
o ‘tkazish inspeksiyasiga shaxsan borib taqdim etishlari yoki pochta
orqali yuborishlari mumkin. Yakka tadbirkor ro ‘yxatdan o ‘tishi uchun
quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
182
- belgilangan shaklda ariza-xabamoma;
- 3x4 sm o ‘lchamli 4 ta fotosurat;
- pasportining nusxasi;
- belgilangan ro‘yxatdan o‘tish yig‘imini toiaganligi to‘g‘risidagi
bank to ‘lov hujjati;
- muhr va tamg‘a eskizlari- uch nusxada (tadbirkor xohishiga ko'ra).
Yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish
ham yakka tadbirkorlarni r o ‘yxatdan o ‘tkazish tartibid a am alga
oshiriladi. Faqat qo'shimcha ravishda dehqon xo'jaligini yuritish uchun
yer uchastkasi ajratilganligi to‘g ‘risida tuman hokimining qarori kerak
bo‘ladi, fotosurat esa kerak bo‘lmaydi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi m a’lumotlarning
to ‘g‘riligi va ta’sis hujjatlarining qonunchilikka mosligi uchun ta’sischi
javobgar hisoblanadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |